Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllarining asosiy


Parlamentar respublikada prezidentni saylashning uch xil usuli mavjud



Download 104,68 Kb.
bet10/28
Sana17.01.2022
Hajmi104,68 Kb.
#382334
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28

Parlamentar respublikada prezidentni saylashning uch xil usuli mavjud:


  1. Prezident faqat parlament tomonidan saylanadi, boshqa mansabdor shaxslar yoki hokimiyat vakillari ushbu jarayonda ishtirok etmaydi. Prezidentni bunday saylash tizimi Turkiya va Isroilda mavjud. Masalan, Turkiya Konstitusiyasining 102-moddasiga ko’ra, Respublika Prezidenti Turkiya Buyuk Milliy Majlisi a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.

  2. Prezidentni saylash uchun parlament deputatlari yoki mahal- liy o’zini o’zi boshqarish organlarining vakillaridan iborat maxsus saylov kollegiyasi tuziladi. Bular hokimiyatning turli darajadagi vakillaridir. Bu borada klassik misol sifatida Italiyani keltirish mumkin. Italiya Respublikasi Prezidenti parlamentning har ikkala palatasi qo’shma majlisida saylanadi. Parlament a’zolariga viloyatlardan vakillar qo’shiladi (har bir viloyatdan uchta vakil; eng kichik viloyat – Vale d Aostadan – bitta vakil

yuboriladi). Amaliyotda davlat boshlig’i parlamentning har ikkala palatasi a’zolari tomonidan saylanadi, chunki viloyatlardan kelgan vakillarning soni 58 nafar, parlament a’zolarining soni esa 900 nafardan oshiq (935 nafar). Shunday qilib, prezidentni saylash jarayonida faqatgina oliy vakillik hokimiyati emas, balki mintaqaviy hokimiyat vakillari ham ishtirok etadi.

  1. Ba’zi federativ davlatlarda prezidentni saylash uchun fede- ral parlament deputatlari va federasiya subyektlari vakillaridan tashkil topgan maxsus kollegiya shakllantiriladi. Bu qaysidir ma’noda Italiya modeliga o’xshab ketadi, lekin Italiyada prezident saylovlarida hududiy tuzilmalar (viloyatlar)dan vakillar qatnashadi. Mazkur holatda esa davlat tuzilmalari – federasiya subyektlaridan vakillar ishtirok etadi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida federalprezident Bundestag (parlamentning quyi palatasi) a’zolari va proporsional vakillik prinsipi asosida saylangan yerlarning qonun chiqaruvchi organlari (landtaglar) tomonidan saylangan vakillardan tashkil topgan Federal Majlis tomonidan saylanadi. Prezident saylanishi uchun Federal Majlis a’zolarining mutlaq ko’pchilik ovozini olish talab qilinadi1.

Prezidentlik va parlamentar davlat boshqaruv usulini tahliliyo’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, ular orasidagi asosiy farq hukumatning javobgarlik masalalari va uning tartibiga bog’liq. Agar hukumat prezident oldida javobgar bo’lsa, bunday davlat boshqaruvi usuli prezidentlik, agar parlament oldida javobgarligi belgilangan bo’lsa, parlamentar respublika deb ataladi. Javobgarlik ma’nosi, ko’p jihatdan hukumat a’zolarining iste’foga chiqarilishi qaysi organ tomonidan hal etilishiga bog’liqmasalalarni qamrab oladi.

Prezident oldida javobgarlik masalasining ko’rilishi asosan, hukumat faoliyati prezidentning xohishi bilan bog’liq bo’lib, u xohlagan vaqtda hukumatni yoki alohida vazirni iste’foga chiqarishi mumkin.



Aralash respublika. Bunday davlat boshqaruv shakli o’zida ham prezidentlik, ham parlamentar respublika elementlarini ifoda-laydi. Aralash respublika davlat boshqaruv shakli ayrim mualliflar tomonidan yarim prezidentlik respublikasi, yarim parlamentar respublika, dualistik respublika nomlari bilan ham ataladi.
1 Chudakov M.F. Konstitusionnoye (gosudarstvennoye) pravo zarubejnыx stran: Ucheb.posobiye. – M., 2001. – S.417.

Aralash respublika qator xorijiy mamlakatlar uchun «klassik» boshqaruv shakli hisoblanadi.

O’z davrida Germaniyada Veymar respublikasi ham ma’lum vaqt o’zida mazkur boshqaruv shakli elementlarini aks ettirgan edi. (1919

– 1933 yillar). Aralash respublikalar alohida mazmunga ega bo’lgan, boshqaruvning mustaqil shakli sifatida ko’rib chiqishga yo’l molik bir qator xususiyatlarga ega.

Aralash respublika modeli mazmunan prezidentlik respubli- kasiga o’xshasa-da, biroq hokimiyat bo’linishi sharoitlarida amalga oshiriladigan kuchli prezidentlik hokimiyatiga olib keladi. Bu yerdaprezident ma’lum vaziyatlarda parlamentni tarqatib yuborishi mumkin, parlament esa hukumatga nisbatan ishonchsizlik

votumini bildirishga haqli.

Bevosita xalq tomonidan saylanadigan va keng hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan davlat boshlig’i aralash respublikada ijroiya hokimiyatining yagona sohibi bo’lishi shart emas, ko’pincha esa bu vakolatlarni hukumatni boshqaruvchi Bosh vazir bilan bo’linadi. Davlat boshlig’i va hukumat boshlig’ining vakolatlari ba’zan juda jipslashib ketadi va qarorni rasman qabul qilish uchun harbirining roziligi talab qilinadi. Davlat boshlig’i aksariyat hollarda hukumatning ayrim faoliyat doiralarini nazorat qila turib (masalan, tashqi siyosatda), ko’pincha umumiy, strategik masalalarning hal etilishi uchun javob beradi, ayni vaqtda Boshvazir kundalik, amaliy boshqaruv uchun javobgar bo’ladi.

Fransiyada prezidentga muxolif bo’lgan partiyalarning (partiyalar blokining) parlament saylovlaridagi g’alabasi ijroiya hokimiyati dualizmini to’satdan kuchaytirib yuboradi va davlat boshlig’i vakolatlarining

cheklanishiga olib keladi. Bunday vaziyat (Fransiya siyosiy adabiyotlarida «birga bo’lish» deb atalgan) 1997 yilda bo’lib o’tgan muddatidan avvalgi parlament saylovlarida J.Shirakka o’ng partiyalarning ko’magiga tayangan va muxolif bo’lgan fransuz sosialistik partiyasi g’alaba qozonganidan keyin yuzaga kelgan.

Yarim prezidentlikka yaqin bo’lgan boshqaruvning aralash shakli ba’zi yangi konstitusiyalarda (Afrikaning ba’zi fransuz tilida so’zlashuvchi mamlakatlari va b.) o’zining keng ifodasini topgan. Biroq, bu mamlakatlarda shakllangan boshqaruv shakli parlament saylovlarini, ya’ni unda g’alaba qozongan partiyalarni

(partiyalar blokini) hisobga olib hukumat shakllanishining «klassik» yarim

prezidentlik modeli uchun har doim ham xarakterli deb ko’zda tutilmaydi. O’zining dualizmi sababli yarim prezidentlik respub- likalarining ijroiya hokimiyati mexanizmi odatda prezidentlik respublikalariga nisbatan murakkabroq hisoblanadi.

Boshqaruvning aralash shaklidagi respublikalarda prezidentlik respublikasi va parlamentar respublikaga xos bo’lgan ayrim umumiyxususiyatlar respublika prezidentining maqomida o’z aksini topadi. Masalan, prezidentlik respublikasidagi kabi prezidentning xalq tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida saylanishi, shuningdek parlamentar respublikadagi kabi prezident tomonidan chiqarilgan aktning hukumat boshlig’i yoki tegishli vazir imzosi bilan tasdiqlanishi (masalan, Polsha, Portugaliyada) va hokazo.

Aralash respublikalarda ko’pincha prezidentni bevositato’g’ridan-to’g’ri saylash tizimi ishlatiladi (Fransiya, Portugaliya, Polsha va boshqa davlatlar). Bunday holatda prezident o’zining mandatini – hokimiyatga bo’lgan huquqini bevosita xalqning qo’lidanoladi. Shuning uchun ham aralash respublikalarda prezident davlat boshqaruvi tizimida prezidentlik respublikalaridagi singari muhim o’rin tutadi. Bu holat uning vakolatlari doirasi kengligi bilan izohlanadi.

Dualistik respublika shaklidagi davlat boshqaruvida prezident davlat boshlig’i funksiyasini amalga oshiradi.1 Shunday qilib, prezident yo’l boshlovchi va davlat rahbari bo’lib, kuchli siyosiy arbob sifatida maydonga chiqadi. Uning xalq tomonidan saylab qo’yilishi yuqori vakillik instituti ekanligidan dalolat beradi.

Aralash respublikada hukumat tarkibi parlament sessiyalarida deputatlar tasdig’iga qo’yiladi. Bu jarayonda deputatlar prezident tomonidan ko’rsatilgan nomzodlarni tasdiqlashlari shart. Agar biror-bir ko’rsatilgan nomzodning bunday lavozimga loyiq emasligiasoslab berilsa, prezident boshqa bir shaxsning nomzodini ko’rsatishga majbur bo’ladi. Shuning uchun ham hukumat faqat prezident boshchiligida faoliyat yuritadi. Barcha hokimiyat masala- larida hukumat a’zolari tavsiya beruvchi xarakterdagi qarorlar qabul qilishi mumkin, qat’iy qarorni prezidentning yakka o’zi hal qilishi mumkin.


1 Alebastrova I.A. Konstitusionnoye (gosudarstvennoye) pravo zarubejnыxstran: Uchebnoye posobiye. – M., 2000. – S.72.

Ushbu davlat boshqaruvi shaklining asosiy belgisi - hukumatning o’z siyosiy faoliyati to’g’risida parlament oldida javobgarligining belgilanmaganligidir. Parlament hukumata’zolarini qonunni buzgan

taqdirda ham o’z lavozimidan ozod etishgahaqli emas. Hukumat o’z faoliyatini olib borishda, parlamentning ishonchini yo’qotishdan qo’rqmaydi. Rivojlangan davlatlarda prezident va hukumat a’zolari bir partiyaning vakillari hisoblanadi. Ular o’z faoliyatini bo’ysunish asosida tashkil etadilar va davlatning siyosiy rejimini belgilaydilar. Agar ularning qonunga xilof xatti-harakatlari davlat ahamiyatiga molik masalalarda salbiy oqibatni keltirib chiqarsa, parlamentningimpichment (ishonchsizlik) huquqi kuchga kirishi mumkin.

Aralash respublika boshqaruv shaklida, ayniqsa, qonunni amalga kiritish jarayoni mukammal tenglik prinsipida belgilangan. Prezident qonunni tasdiqlash yoki qayta ishlash uchun o’z e’tirozini bildirib

parlamentga qaytarishi mumkin. Agar qayta ishlashga yuborilgan qonun loyihasi har ikkala palata a’zolarining ko’pchilikovozi bilan qabul qilinishi lozimligi tasdiqlansa, prezident qonunni imzolashga majbur bo’ladi.

Shuningdek, prezident tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar, parlament yig’ilishidaratifikasiya (tasdiqlanishi) yoki denonsasiya (barvaqt bekor qilinishi) qilinishi mumkin.

Sud hokimiyati esa parlament tomonidan qabul qilingan aktlarning konstitusiyaviyligini nazorat qiladi va shu bilan boshqa qonunchilik, ijroiya organlar ustidan nazorat o’rnatiladi va mamlakatda tartib-intizomga

rioya qilish ta’minlanadi.




Download 104,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish