Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllarining asosiy



Download 104,68 Kb.
bet11/28
Sana17.01.2022
Hajmi104,68 Kb.
#382334
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Sosialistik Respublika – bunday davlat boshqaruv shakli, sovet tuzumi o’rnatilgan mamlakatlar hisoblanib, ularda hokimiyat bo’linishi prinsipi rad etilgan, ya’ni hokimiyat mehnatkash xalqning yagona vakillik organi – sovetlarga saylangan vakillari orqali amalga oshirilishi konstitusiyalarda mustahkamlangan.

Sovet respublikasi boshqaruv shakliga misol qilib sobiqittifoq hamda uning tarkibiga kiruvchi sosialistik respublikalarni ko’rsatish mumkin. Mazkur davlat boshqaruv shakliga xos bo’lgan xususiyatlar bunda

mamlakat markazlashgan hokimiyat tomonidan boshqarilgan, ko’pincha bitta siyosiy partiyaning mavjudligi va davlat hokimiyatining avtoritarligi bilan xarakterlanadi.

Mazkur respublikalarda davlat boshqaruv shaklining yuridik nuqtai nazardan quyidagi umumiy belgilari ko’rsatiladi:1



  1. Sovetlarning davlat hokimiyatini tashkil etishdagi vakolatlarining ustuvorligi. Hududlar bo’yicha tashkil etilgan sovetlarning o’ziga tenglashtirilgan davlat organlarini shakllanti- rishda, (prokuratura va sud organlaridan tashqari) yuqori vakolatlarga ega bo’lib, barcha davlat organlari ularning oldida hisobdordirlar;

  2. Barcha pog’onadagi sovetlar bir tizimni tashkil etib, o’zaro munosabatlarda bir-biriga bo’ysunish prinsipi asosida amalga oshiriladi;

  3. Xalq deputatlari Sovetlari o’zining asosiy ishidan tashqari faoliyat yuritadi, sessiyalari kam va qisqa vaqtda o’tkaziladi, undan keyingi vakolatlarining amalga oshirilishi joylardagi ijroiya organlarga yuklanadi va ularning qabul qilgan qarorlari Sovetlarda tasdiqlanadi.

Sosialistik respublika davlat boshqaruv shaklining ayrim elementlarini hozir Kuba, Vyetnam va Xitoy davlatlarida ham uchratish mumkin. Xususan, Vyetnam Xalq Respublikasida Kubada joylarda sovetlar va Milliy Majlis, Xitoy Xalq Demokratik Respublikasida xalq vakillik organlari deb ataladi. Mazkur davlatlar siyosiy rejimi sosialistik davlat rejimining ayrim elementlarini o’zida ifodalaydi.

Teokratik Respublika. Teokratiya (lot. «teo» – xudo, «kratos» - hokimiyat) so’zi «ilohiy boshqaruv» ma’nosini berib, diniy boshqaruvga asoslangan hokimiyatni anglatadi. Teokratiya - bu siyosiy hokimiyat ruhoniy boshliqlarga, ilohiyotga mutlaq tegishli bo’lgan rejim bo’lib, jamiyat, shu bilan birga, siyosiy munosabatlar ham diniy norma, qonun-qoidalar bilan tartibga solinadi.

Teokratik respublika boshqaruv shaklining eng muhim xususiyatibarcha hokimiyat diniy ulamo qo’lida to’planishi, diniy hokimiyategasining eng avvalo xudo oldidagi javobgarligi bilan tavsifla- nadi. Shuning uchun u dindoshlari oldidagi siyosiy mas’uliyatdan, ular o’rnatishi lozim bo’lgan nazoratdan ozod bo’ladi. Teokratiya turli dinlar asosida yaratilishi mumkin. Iudaizmteokratiyaning vujudga kelishiga ancha moyil bo’lgan konfessiyanio’zida mujasamlashtiradi yahudiylarning davlati boshqa davlatlar-


1 Konstitusionnoye (gosudarstvennoye) pravo zarubejnыx stran. Uchebnik. V4-x tomax. Toma 1-2. Otv.red. B.A.Strashun. – M., 1995. – S.316.

dan keskin farq qiladi, zero, teokratiyaga asoslangan hamda undacherkov bilan davlat o’rtasida Masihdan keyingi davrdagiday farq bo’lmagan.

Masalan, hozirgi kunda teokratik respublikaga Eron Islom respublikasini kiritish mumkin. Eronda davlat boshlig’i prezident hisoblansa-da, u rasman dunyoviy hokimiyat egasi hisoblanadi. Diniyhokimiyat esa ulamolar kengashiga tegishli bo’lib, mazkur kengash bevosita barcha masalalar ustidan nazorat olib borish vakolatiga ega.


Download 104,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish