Respublika davlat boshqaruv shakli. Respublika – bu davlat boshqaruvining muayyan shakli bo’lib, davlat hokimiyati aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qo’yiladigan idoralar (davlatboshlig’i (odatda prezident), parlament) tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning ushbu shakli hozir dunyoda ancha keng tarqalgan. Unga ko’ra, hokimiyatning yagona manbai xalq hisoblanadi va odatda, davlat boshlig’i – prezident saylov yo’li bilan lavozimga ega bo’lishibilan tavsiflanadi. (shuningdek, ayrim respublikalarda kollegial organ ham davlat boshlig’i sifatida namoyon bo’ladi). Prezidentlikkaqonunda belgilangan (mazkur mamlakat fuqaroligi, uning hududida ma’lum vaqt davomida yashagan bo’lishi, fuqarolik va siyosiy huquqlarning to’liq ko’lamiga ega bo’lishi, ma’lum yoshga to’lganligi va boshqalar) talablarga javob beruvchi shaxslar ma’lum muddatga saylanadilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin boshqaruvning monarxiya shakli Bolgariya, Italiya, keyinroq esa – Liviya, Gresiya, Efiopiya, Afg’oniston, Eronda respublika shakli bilan almashdi. Buyuk Britaniyaning bir qator sobiq mustamlakalari Hindiston, Malta, Shri-Lanka va boshqalar respublika boshqaruvi shakliga o’tdi.
Respublika davlat boshqaruvi sharoitida, demokratiktamoyillar, tenglik, fikrlar xilma-xilligi, hokimiyatning
taqsimlanishi prinsiplari mustahkamlanib, mamlakatda demokra-tiyaning qaror topishi tezlashadi.
Respublika boshqaruv shaklining yana bir muhim xususiyati shundaki unda oliy ijroiya hokimiyat yo xalq tomonidan, yoxud parlament tomonidan rasmiylashtiriladi (parlamentar respublika) yoxud tasdiqlanadi (prezidentlik respublikasi). Respublika boshqaruv shaklida xalq davlat hokimiyatining manbai sifatida namoyon bo’ladi. Respublikada davlat boshlig’i saylanadigan mansabdor shaxs (prezident) yoki kollegial organ hisoblanadi.Respublika xalq oldidagi mas’uliyat bilan rasmiy bog’liq bo’lmagan har qanday davlat muassasasini rad qiladi.
Boshqaruvning respublika shakli hozir eng ko’p va keng tarqalgan boshqaruv shakli hisoblanadi. Uning uch asosiy ko’rinishi mavjud – prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika va aralash(yarim prezidentlik) respublika.
Prezidentlik respublikasi. Bunday davlat boshqaruv shaklidaprezident mamlakatda siyosiy mustaqil bo’lib, o’zining mas’uliyati ostida qaror qabul qiladi. Prezidentlik respublikasida davlat boshlig’i, u boshchilik qiladigan ijro etuvchi hokimiyat va ikkinchi tomondan qonun chiqaruvchi organ parlament o’rtasida «o’zaro muvozanatda saqlash» va «bir-birini tiyib turish» tamoyili tizimio’rnatiladi. Masalan, AQSh, Meksika, Misr, Braziliya va boshqa ko’pgina davlatlarda prezidentlik respublikasi boshqaruvi amal qiladi.
Umuman, «prezident» so’zi lotincha, «oldinda o’tiruvchi» degan ma’noni bildiradi. Dunyo tarixida birinchi bo’lib prezidentlik lavozimi Amerika Qo’shma Shtatlarida joriy etilgan. Uning huquqiy asosi 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitusiyasida o’z ifodasini topgan bo’lib, mazkur Konstitusiya asosida 1789 yili AQShda ilk marotaba prezident saylovlari o’tkazilgan. Mazkur saylovlarda qo’shma shtatlarning birinchi prezidenti etib Jorj Vashington saylandi. Yevropada esa birinchi bo’lib, prezidentlik instituti 1848 yilda Fransiya va Shveysariyada paydo bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |