Monarxiya va uning ko’rinishlari. Monarxiya davlat boshqaru- vining alohida shakli sifatida bir qancha davlatlarda tarixiy an’analarga hurmat (g’arb va sharqning rivojlangan mamlakatlariga xos) yoki jamiyatda feodal munosabatlarning saqlanib kelayotganligi (masalan, Yaqin Sharqning monarxiya davlatlarida) natijasida amal qilmoqda.
Monarxiya davlat boshqaruv shakli sifatida o’zining aniq yuridik belgilariga ega. Agar oliy davlat hokimiyati bir shaxsning (monarx, qirol, podsho, imperator, shoh, sulton) qo’lida to’plangan bo’lsa va u avloddan- avlodga meros qilib qoldirilsa, bunday davlat boshqaruv shakli monarxiya deb ataladi.
Monarxiya tuzumi hukmron bo’lgan jamiyatda, davlat boshlig’ini xudoning yerdagi vakili deb qaraladi.
Masalan, Yaponiya imperatori 1945 yilga qadar quyosh xudosi Amaterasning o’g’li deb hisoblangan. Hozirgi zamonda, podsholarning xudolar avlodidan kelib chiqqanligi hyech kimni qiziqtirmaydi. Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, feodal tuzum hukmron bo’lgan davrda, katta yer egalari hokimiyatni egallashga harakat qilib kelgan. Ayrimlari bu maqsadlariga erishib o’zlarini oliy hukmron deb e’lon qilganlar.
Demak, hozirgi monarxiya tuzumi saqlanib qolgan davlatlarning hukmdorlari feodal tuzum davridan avloddan-avlodga o’tib kelgan nasl egalari hisoblanadi. Lekin ular hozirgi zamonda oldingi davrdagidek, davlat hokimiyatiga ega emaslar. Ammo monarxning millat birligini namoyon etuvchi mavqyei hozir ham yuqori baholanmoqda. Masalan, 1946 yilgi Yaponiya Konstitusiyasining 1-
moddasida «Imperator xalq birligi va davlat ramzi hisoblanadi, mustaqil hokimiyatga ega bo’lgan, xalqning xohish irodasi uning maqomini belgilab beradi», deyiladi. Shuningdek, 1978 yilgi Ispaniya Konstitusiyasining 56-moddasida ham millat birligi va davlat hokimiyatining mavjudligi qirol nomi bilan bog’lanadi. 1707 yilgi Buyuk Britaniyaning Shotlandiya bilan qo’shilish haqidagikonstitusiyaviy qonunida ham qirolichaning ikki davlat hokimiyati tizimida tutgan o’rni belgilab berilgan. Mazkur qonunning 1,2- moddalari qirol hazrati oliylarining bundan keyingi maqomi ikkioliy davlat birligi ramzi sifatida doimo hokimiyat tepasida bo’lishi va taxt vorisligi masalalarini mustahkamlab bergan.Tarixiy manbalardan ma’lumki, ushbu konstitusiyaviy akt qabul qilingunga qadar, Shotlandiyaning o’z qirolligi mavjud bo’lgan. Bu qonun qabul qilinganidan keyin ikki davlat qirolligi birlashib yagona qirol, ya’ni birlashgan qirollik davlatning ramzi va millat birligi maqomida, ayrim vakolatlari saqlanib qolgan. Masalan, qirol jamoa palatasini tarqatib yuborishi, Bosh vazir lavozimiga jamoa palatasi vakilidan birortasini tayinlashi, amnistiya va avf etish to’g’risidagi farmonlarini qabul qilishi mumkin.
Eng muhimi shundan iboratki, aksariyat monarxiya tuzumi hukm- ronlik qilayotgan davlatlarda, monarxning maqomi konstitusiyadamustahkamlangan bo’ladi. Lekin 1931 yil qabul qilingan BelgiyaKonstitusiyasida monarx to’g’risidagi qoidalar belgilanmagan.
Eng asosiysi, monarx vakolatlari, uni konstitusiya yoki boshqa qonunlarda belgilanishining ahamiyati yo’q.
Mana shu prinsip asosida monarxiya ko’rinishidagi davlat shaklini o’rganib tahlil qilinadi.
Monarx davlat hokimiyatining jonli timsoli hamda davlat boshlig’i bo’lib, mamlakatning tashqi va ichki siyosatini shakllan-tiruvchi xalq vakili, millat «otasi», fuqarolarni jipslashtiruvchi,ularni mamlakat miqyosida birlashtiruvchi shaxs sifatida namoyonbo’ladi. Monarxiya davlat boshqaruv shakli azaldan yakkahokimlik asosida hokimiyatni amalga oshiruvchi shaxsning hokimiyatiga asoslangan bo’lib, hozirgi kunda esa tom ma’nodagi mutlaq monarxiya boshqaruv shaklidagi davlatlarni juda kam uchratish mumkin. Shuning uchun monarxiya davlat boshqaruv shaklining bir necha zamonaviy ko’rinishlariga ham asos solingan. Ularga misol qilib mutlaq va konstitusiyaviy monarxiya davlat boshqaruvidagi mamla- katlarni keltirish mumkin.
Mutlaq monarxiya davlat boshlig’ining yakka hukmronligi bilan tavsiflanadi. Huquqiy ma’noda monarx – har qanday hokimiyatning manbai va uning o’z fuqarolariga berilgan doirasini normativ hujjatlarda faqat o’zi belgilaydi. Qonun asosini monarxning irodasi tashkil etadi. Mutlaq monarxiya boshqaruv shakli sifatida feodalizm davrining so’ngi paytida keng tarqalgan edi. Bugungi kunda u ancha eskirib qolgan boshqaruv shakli hisoblanib, u faqat jamiyat hayotining an’anaviy-patriarxal va feodal shakli ustuvor bo’lgan Sharqning ayrim davlatlarida saqlanib qolgan (masalan, Ummon, Qatar, Bruney). Biroq, iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo’lgan va ijtimoiy infrastrukturasi yuksak taraqqiy etgan mamlakatlarda ham sanoatlashgan davr demokratiyasiga partiarxalurug’-qabila an’analari singdirilgan shakl sifatida mutlaq monarxiya o’ziga xos boshqaruv shakli sifatida uchraydi (Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn).
Mutlaq monarxiya monarxning qonunchilik, ijroiya va sudlov sohalaridagi keng va salmoqli vakolatlari bilan tavsiflanadi. Qonunlar monarx nomidan chiqariladi va davlatning barchama’muriy apparati unga bo’ysunadi. Qoida tariqasida, mutlaqmonarxiyada biron-bir saylanadigan organ bo’lmaydi, lekin unda turli xil maslahat organlari mavjud bo’ladi (masalan, hukmron dinastiya – saudiy qabilalarning vakillaridan tuzilgan Saudiya Arabistoni Devoni). Istisno tariqasida, bu mamlakatlarning ayrimlarida konstitusiya deb ataladigan hujjatlar qabul qilingan (masalan, 1970 yil Qatarda), biroq ular umume’tirof etilgan konstitusiya tushunchalaridan ancha yiroqdir.
Mutlaq (absolyut) – monarxiya shaklidagi davlatlarning boshqaruv shakli uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’sha davrdan boshlab,o’z davlat hokimiyatini qo’ldan bermay kelayotgan monarx hukmron- ligi, nasldan- naslga o’tib, hozirgi davrda mutlaq monarxiya maqomi bilan boshqaruv shaklini namoyon etadi. Uning qo’lida butun davlat hokimiyati to’plangan bo’ladi. O’zi qonun qabul qiladi, davlat boshqaruv apparatini tuzadi, oliy sud hokimiyatini amalga oshiradi.Uning hokimiyatini chegaralab bo’lmaydi, yuridik va siyosiy, ma’naviy jihatdan nomigagina, din peshvolari va boshqa o’zitayinlagan mansabdor shaxslar hokimiyat masalalari hal etilayotganda, ishtirok etishi mumkin. Chunki monarx ularning davlat hokimiyatiga bo’lgan huquqlarini oyoq osti qilayotgani yo’q va o’zi ham bunday huquqlarga bugun ega bo’lmagan. Hozirgi davrda
ta’kidlaganimizdek. mutlaq monarxiya davlat boshqaruv shakli kam uchraydi. Bunga misol sifatida Saudiya Arabistoni va Ummon davlatlarini keltirish mumkin. Bu davlatlarda monarx eng oliy dinpeshvolari hisoblanadi, shu bilan ular o’z davlat hokimiyatini kuchaytiradilar. Mutlaq monarxiyada, siyosiy rejim avtoritar xususiyatga ega bo’lib, davlat rejimi esa cheklanmagan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |