Mavzu : O’zbekistonda prezidentlik insituti tashkil topishi



Download 183,77 Kb.
bet1/5
Sana25.06.2023
Hajmi183,77 Kb.
#953317
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5190454478133801235


MAVZU :O’ZBEKISTONDA PREZIDENTLIK INSITUTI TASHKIL TOPISHI
REJA:

KIRISH


1 ÓZBEKISTON PREZIDENTLIK INSTITUTI TASHKIL TOPISHI VA BOSQICHLARI

2 PREZIDENTLIK INSTITUTI ASOSIY XUSUSIYATLARI VA PREZIDENTLIK INSTITUTI TUSHUNCHASI

3 PREZIDENTLIK INSITUTI BOYICHA QABUL QILINGAN HUJJATLAR(QONUN ,FARMON,LOYHA VA B.Q)
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




KIRISH
Ózbekiston prezidentlik instituti tashkil topishi mavzusida prezidentlik intituti tashkil topish bosqichlari ,uning davlat ahamiyatidagi orniva roli ahamiyati togrisida mukkamal tushunchalarga ega bolish nazarda tutilgan bolib shu bilan birga jahon hamjamiyatidan ozlashtirilgan malum bir konikmalar bilan ortoqlashish kozlangan.


Ózbekiston prezidentlik instituti tashkil topishida quyidagilar bilan ortoqlashmiz:

  • Tashkil topishi va bosqichlari

  • Tutgan orni va roli

  • Muhim rol oynagan shaxslar

  • Prezidentlik instituti mohiyati

  • Prezidentlik saylovlari haqida batafsil malumotlar tafsivi

  • Ózbekistoj Respublikasi prezidentlik instituti haqidagi Ózbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Abduganiyevichning aytgan fikrlari va ushbu insonning bu borada amalga oshirgan ishlari

  • 1991-yil tafsilotlari.Mustaqillik sari surilgan tashviqotlar

  • Ózbekiston Respublikasi prezidentlik instituti boyicha qabul qilingan qaror ,farmon ,qonun,loyha va boshqa bir qator hujjatlar haqida

Malumotlar bilan tanishtirish nazarda tutilgan.
1 ÓZBEKISTON PREZIDENTLIK INSTITUTI TASHKIL TOPISHI VA BOSQICHI
O'zbekoston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining zbekiston yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yo’lga qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi1.
Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 2015-yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi.
Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi qonunga muvofiq, muqobillik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etibsaylandi.
Prezident Respublika boshqaruv shaklidagi mamlakatlarda xalq tomonidan saylanadigan davlat rahbaridir. Parlament respublikalarida esa Prezidentning roli faqat davlat boshlig’i vazifalari bilan cheklangan. Prezidentlik respublikalarida Prezident ijro hokimiyati boshlig’i hisoblanadi va jamiyatni demokratiyalashda faol siyosat yuritishi mumkin.[1] Prezidentlik eng oliy lavozim. Konstitutsiyaviy-huquqiy ma’noda u davlat boshlig’i ma’nosini anglatadi. Prezidentning vakolatlari har qanday zamonaviy demokratik respublikalarda nihoyatda katta. Demokratik huquqiy davlatda Prezidentning maqomi, vakolatlari Konstitutsiya va u asosda qabul qilinadigan qonunlarda juda aniq qilib belgilab qo’yiladi. Prezident davlatni jipslashtiradi, ya’ni davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatliligini ta’minlaydi. Jahon prezidentlik amaliyotining ko’rsatishicha, davlat bir shaxs orqali muvofiqlashib, uning ayrim mamlakatlarda yo’qotilgan maqsad va vazifalari o’zaro birlashadi, yagona kuchga aylanadi. «Jahon konstitutsionalizmida prezidentlik institutiga quyidagicha tavsif beriladi.
Birinchidan, Prezident muayyan davlatning boshlig’i va xalq birligining ramzi hisoblanadi. Uning birligini oliy davlat organlari mamlakatning ichida ham, tashqi xalqaro siyosatda ham namoyon etadi.
Ikkinchidan, Prezident o’z xalqi nomidan ish tutadi, uning milliy mafaatlarini himoya etadi, partiyaviy, ijtimoiy, milliy va boshqa manfaatlar, ayniqsa, kelishmovchiliklardan yuqori turadi, jamiyatni o’zaro muvoflashtiradi, ijtimoiy-siyosiy hayotni mustahkamlaydi.
Uchinchidan, Prezident mamlakatning umumiy holati uchun mas’ul bo’lib, siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi, huquqiy targ’ibotni va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatni boshqa davlatlar oldidagi majburiyatini bajarish uchun qarorlar qabul qiladi, tezkor chora-tadbirlar ko’radi.
To’rtinchidan, Prezident ijro hokimiyatini boshqaradi va uning faoliyatini yo’naltiradi.
Beshinchidan, Prezident mamlakatning Oliy bosh qo’mondoni hisoblanadi va davlat mudofaasi va fuqarolarning harbiy xizmatni o’tashi uchun rahbarlik qiladi.
Oltinchidan, Prezident ijro hokimiyati tizimida oliy lavozimga tayinlash vakolatini amalga oshiradi, fuqarolik masalalarini hal qiladi, fuqarolarni davlat nishonlari bilan mukofatlaydi va aybidan o’tadi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning hamda mamlakatda Konstitutsiya va qonunlarning kafoloti hisoblanadi.
Tabiiyki, bu sanab o’tilgan holatlar prezidentlikning umumiy xususiyatlari hisoblanadi. Ular har bir mamlakatda o’ziga xos ravishda qo’llanishi mumkin».[2]
«O’tmishda O’zbekistonda davlat boshlig’i lavozimi yo’q edi. 1927, 1937 va 1978 yillardagi Konstitutsiyalarda davlat boshlig’i instituti nazarda tutilmagandi. Davlat boshlig’i vazifasini Oliy Sovet Prezidiumi amalga oshirardi. «O’zbekiston davlatchiligi tarixida prezidentlik instituti juda qisqa tarixga ega. O’zbekiston sobiq sho’rolar Ittifoqi tarkibida ekanligida prezidentlik lavozimini joriy etish to’g’risida so’z yuritish mumkin emas edi. Chunki respublikada hokimiyat faqat rasmiy ravishda bitta organ-sho’rolar qo’lida bo’lib, sho’rolar qonun chiqarish va ijro etish hokimiyatini birlashtirgan, hokimiyatining bo’linish printsipi amalga oshirishga yo’l qo’yilmagan edi».
1990 yilda O’zbekiston Respublikada Oliy Kengashi sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasida birinchi bo’lib prezidentlik lavozimini joriy etdi. Bu juda qaltis va xatarli davr edi. Hali Markaz o’ta kuchli va dahshatli bo’lib turgan kezlarda O’zbekistonda prezidentlik lavozimini ta’sis etish katta jasorat edi. O’sha paytda «Islom Karimov millat tarixining tub burilish-taqdirilomon sifat bosqichi ibtidosida turdi. Davlat feodalizmi bo’lmish totalitar mafkura hukmron SSSR davridayoq sobiq ittifoqchi respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib, mavjud siyosiy-ijtimoiy tuzumning boshqaruv tizimlarini dadil ravishda demokratik isloh qilishdek mardona siyosiy yo’lni tanladi va sobiq ittifoqdosh respublikalar rahbarlari oldida ilk bor O’zbekistonda boshqaruvning eng demokratik shakli-Prezidentlik institutini joriy etdi (1990). Bu siyosiy demokratik qadam bo’lajak istiqlol sari tashlangan birinchi amaliy odim edi. Mavjud totalitar tizimni demokratik isloh qilishda izchil davom etgan Islom Karimov Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi tashabbuskoriga aylandi. Tub siyosiy-ijtimoiy mlhiyati bilan bu hujjat bo’lajak milliy mustaqil davlatchilikning dastlabki huquqiy asosi bo’ldi».
Islom Karimov juda katta va murakkab siyosat maydoniga siyosiy kurashlar junbushga kela boshlagan, O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy, madaniy, tazyiqlar, inqirozlar yuz berib turgan og’ir bir sharoitda etuk siyosiy hodim sifatida maydonga kirib kelgandi2.
M.V. Gafarali va A.Ch. Kasaevning «Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik-taraqqiyot asosi» (T., «O’zbekiston» 2001 yil) asarida to’g’ri ta’kidlaganidek, 80-yillar oxirida jamiyatda hukmron doiralardan norozilik kuchayib bordi va xalq nazarida obro’sizlanib bo’lgan boshqaruv tuzilmalarini, eng avvalo, butun sho’ro siyosiy tizimining yadrosi bo’lgan xo’jalik vazifalarida ishlab kelgani, Karimovning sog’lom texnogratizmi va pragmatizmi uning taomillarini chetlab, partiya piramidasining cho’qqisiga ko’tardi. 1989 yil iyun oyidagi Karimov Qashqadaryo viloyatidan Toshkentga O’zbekiston Kompartiyasi Markazqo’mining birinchi kotibi sifatida qaytib keladi. Lekin, afsuski, respublikaning o’sha vaqtdagi partiya rahbariyati no’noq siyosat yuritganligi va harakatsizligi tufayli O’zbekiston fuqarolar urushi yoqasiga kelib qolgan edi (11-12-betlar).
Islom Karimovning o’zi bir intervyusida O’zbekiston rahbari etib tayinlashini, o’sha paytdagi siyosiy vaziyatning naqadar og’irligini quyidagicha hikoya qiladi: «Men qanday qilib O’zbekiston Kompartiyasi Markazqo’mining birinchi kotibi bo’ldim? 1989 yilning iyuni edi. Tahlikali kunlar. Farg’ona, Qo’qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo’kada qonli to’qnashuvlar payti edi.
Xuddi bug’ qozonni qopqog’i otilib ketgandek. Xo’rlik va tahqirli yillarda yig’ilib qolgan alamlar butun respublikada to’lqin bo’lib ko’tarilgan. Hokimiyat vaziyatni boshqarolmay qolgandi.
Bu boshboshdoqlikni to’xtata oladigan odamni axtarishardi.
Natijada menda to’xtashdi. Men, albatta, qanday mas’uliyatni bo’ynimga olayotganimni bilardim. Nafaqat mansab, obro’yimni, balki butun hayotimni garovga qo’yayotganimni bilardim».[5]
Islom Karimovning siyosiy donishmandligi va tadbirkorligi tufayli O’zbekiston qisqa vaqt ichida to’fon bo’lib bostirib kelayotgan falokatdan saqlanib qoldi, millatlararo qarama-qarshiliklarga barham berildi, fuqarolar urushi yong’ini o’chirildi, ko’p millionli aholi yashaydigan respublikada va mintaqada tinchlik va osoyishtalik ta’minlandi, ko’pmillatli respublikamizda millatlar va dinlar o’rtasida totuvlik va barqarorlikka erishildi. Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgan mamlakatda tartib o’rnatildi. Buning uchun hech bo’lmaganda Farg’ona fojiasining va O’sh viloyatidagi o’zbeklar bilan qirg’izlar o’rtasidagi qurolli qarama-qarshiliklarni oldi olinganligini eslashning o’zi kifoya.
Islom Karimov tashabbusi bilan Oliy Kengashda 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya» o’zbek davlatchiligi tarixida birinchi tinch yo’l bilan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi to’g’risidagi hujjat edi. Unga ko’ra o’zbek xalqining davlat boshqaruvida har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb o’z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib, o’zining «Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiyasi» ni e’lon qildi. Bundan buyon O’zbekiston o’zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o’zi ta’sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma’lum qildi.
O’zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mamlakatimiz xalqlari hayotida ro’y bergan buyuk tarixiy voqea bo’ldi.
O’zbekistonda prezidentlik lavozimining ta’sis etilishini tasodifiy hodisa deb bo’lmaydi. Buni ob’ektiv zaruriyatga aylantirgan, kun tartibiga keltirib qo’ygan bir qancha sabablar mavjud edi. Ana shu sabablar, zaruriyatlar haqida batafsilroq to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
2 PREZIDENTLIK INSTITUTI ASOSIY XUSUSIYATLARI VA PREZIDENTLIK INSTITUTI TUSHUNCHASI
O’zbekistonda prezidentlik lavozimini joriy etishning sabablari quyidagilardan iborat:
«Birinchidan, davlat mustaqilligiga intilish, respublikada boshqaruv jarayonlarini demokratlashtirish aynan prezidentlik institutini taqozo etar edi. Chunki parlament uzoq bahs va munozaralarga berilib ketib, operativ qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham mamlakatni bir kishi tomonidan boshqarish ehtiyoji paydo bo’ldi3.
Ikkinchidan, prezidentlik lavozimini joriy etish sabablaridan yana biri hokimiyatlarning bo’linish printsipini rivojlantirishdan kelib chiqadi. Prezidentlik davlat hokimiyati organlarining tizimini tashkil etishda demokratik printsiplarni amalga oshirishga yordam berishga qaratilgan edi. Qonunchilikda ijro va sud hokimiyati faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish ehtiyoji paydo bo’ldi.
Uchinchidan, Prezident o’z zimmasiga hukumatni shakllantirish va uning ishiga rahbarlik qilishdek ulkan mas’uliyatni olishi uchun ob’ektiv zaruriyat tug’ildi.
To’rtinchidan, vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlikni ta’minlash va murakkab muammolarni tezlikda hal etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Mavjud davlat strukturasi bu masalalarni hal etishga qodir emas edi».[6]
Prezidentlik lavozimining joriy etilishi O’zbekiston Respublikasi uchun tamomila yangilikdir. Prezidentlik lavozimi respublikada ijroiya hokimiyatni mustahkamlash maqsadida vujudga keltirilganligini alohida qayd etishga to’g’ri keladi. Bu haqda Islom Karimov shunday degan edi: «Tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida, har holda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligi va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo’lish zarur, bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman. Ta’bir joiz bo’lsa, demokratiya sari harakat qilish uchun ham shunday bo’lishi zarur».[7]
Respublika Oliy Kengashining o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida xalq deputatlari O’zbekistonning birinchi Prezidentini yashirin ovoz berish yo’li bilan sayladilar. O’zbekiston xalqi tarixida ilk bor Prezident bo’lib Islom Abdug’anievich Karimov saylandi. Ana shu Oliy Kengash sessiyasida Islom Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, respublika iqtisodiy mustaqilligini, o’zini o’zi idora qilishga va o’zini o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni e’tirof etdi. O’zbekiston Prezidentlik lavozimining ta’sis etilishi mustaqillik sari qo’yilgan eng muhim qadam edi.
O’zining halolligi, chuqur bilimdonligi, o’ta mehnatsevarligi, uzoqni ko’zlab ish qilishi, yuksak talabchanligi bilan el-yurt nazariga tushgan, xalq dardi, millat qayg’usi yo’lida kuyib -yonib yashaydigan, Vatani istiqboli uchun jon kuydiradigan Islom Karimovdek benazir inson va ulug’ zotning respublika oliy rahbari, O’zbekiston Prezidenti bo’lib saylanishi mamlakatimiz xalqlarini behad quvontirdi. Chunki xalq dardi, g’am-tashvishi, orzu-niyati yo’lida tinim bilmay harakat qiladigan bu insonni o’zbek xalqi o’ziga tog’dek tayanch deb bilar, najotkor deb hisoblardi. Iqtisodiyoti inqirozga yuz tutgan, qanchadan-qancha fidoyi farzandlari nohaqdan-nohaq qamalib ketgan, milliy, ma’naviy qadriyatlari, tili, dini, urf-odatlari oyoqosti qilingan o’zbek xalqi bu ajoyib farzandi sharofati bilan qaddini tiklab olishni orziqib kutardi. Ana shu ezgu ishlarga boshchilik qilishni o’zi uchun oliy maqsad deb bilgan Islom Karimov yuksak martabaga ko’tarildi4.
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, tarixning eng qiyin, o’ta og’ir, o’ta murakkab, burilish davrlarida tarixiy shaxslar, siyosiy yo’lboshchilar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xalqning ko’p yillik taqdiri siyosiy yo’lboshlovchining, davlat boshlig’ining ezgu maqsadlar yo’lida qabul qiladigan qarorlariga, ilmiy-amaliy faoliyatiga, millati, xalqiga azaliy xos bo’lgan barcha noyob xislat va fazilatlariga ham ma’lum darajada bog’liqdir. Ulug’ zotlarning dono siyosati va qat’iyati mamlakatni chuqur tanglikdan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy inqirozlardan eson-omon olib chiqqan, uni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko’targan hollar tarixda ko’p bo’lgan. Butun bir davlatni qayta tiklab, istiqlol va taraqqiyot yo’lini belgilab bergan, uni ilg’or mamlakatlar darajasiga ko’targan, ilm-fani, madaniyati-ma’naviyati, texnika va texnologiyasini o’stirgan siyosiy etakchilarning hayoti va ijtimoiy faoliyati nafaqat ular mansub bo’lgan millat va xalq vakillarida, balki jahon jamoatchiligida ham katta qiziqish uyg’otishi tabiiy, albatta.
Buyuk shaxslarni tarix yaratadi, millat qayg’usi, xalq dardi dunyoga keltiradi, deydilar. Bu-ayni haqiqatdir. «Zotan, muayyan millat, yohud bani bashar tarixan taqdirilomon tub o’zgarishlar pallasiga kirganda buyuk shaxslarga tabiiy muhtojlik sezishi-qonuniyat. Milliy kamolotning yangi sifat bosqichi, tarixiy qismat aynan shunday. Shaxslarni kashf etsagina favqulodda taqdirilomon mohiyat-maqsadlarga erishadi. Topolmasa yo’q...
Tarixiy vaziyatning o’zi, davrning siyosiy-ma’naviy zarurati o’z tabiiy ehtiyojlarini qondirishga qodir buyuk arboblik salohiyati- sohiblarini, tafakkur daholarini kashf etadi, muqarrar istiqbolni ular taqdiri bilan bog’laydi. Bunday arboblar favqulodda Insoniy qudratlari, yuksak aqliy- shuuriy, teran quvvai hofizalari, xarakter va tafakkur kuchi bilan inkishof etgan tsivilizatsiya, davr taraqqiyotiga mislsiz buyuk ta’sir ko’rsatishadi. Tarixiy bu qonuniyat shu bois ham ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotning hal qiluvchi taqdirilomon mohiyat chorrahalari, yangicha tsivilizatsiya ibtidolari uchun alohida qimmat kasb etadi».[8]
O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xalqimiz orasidan etishib chiqqan benazir inson va ulug’ yo’lboshchidir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Vatanimiz taraqqiyoti, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi, ichki va tashqi siyosatda erishgan ulkan yutuqlari Islom Karimovning oqilona va amaliy siyosati bilan uzviy bog’liqdir. «Dunyoda har qanday etakchining nomi ham o’z mamlakati timsoliga aylanavermaydi. Bu-faqat noyob shaxslarning ne’mati. Mustaqil O’zbekiston uchun XX asr oxiri va XXI asr boshida Islom Karimov haqli ravishda o’z mamlakatining siyosiy timsoliga aylandi.
O’zbekiston tarixan g’oyat qisqa muddatda milliy rivojlanishning qator hal qiluvchi bosqichlarini boshdan kechirdi. Har bir bosqich demokratiya va taraqqiyot sari yangi qadamdir. Ayni paytda, har bir bosqich-yangi muammolar, demakki, ularni bartaraf etish bilan bog’liq yangi vazifalar hamdir.
O’zbekistondagi islohotlar ortga qaytmas tus oldi. Barcha yangilanishlarning tashabbuskori va amalga oshiruvchisi Prezident Islom Karimov bo’ldi. Uning yurtimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish va uni rivojlantirish nazariyasi butun dunyoda tan olindi».[9]
Islom Karimovning O’zbekiston Prezidenti, davlat boshlig’i bo’lib saylanishini Markaz, birinchi navbatda, Gorbachev va uning atrofdagilar nihoyatda qahr-g’azab bilan kutib olishdi. O’sha paytlarda yuz bergan voqealarni, Islom Karimovga bo’lgan nosamimiy, o’ta sovuq munosabatlar haqida Leonid Levitin Donal’d S. Karlayl bilan hamkorlikda yozgan «Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti» nomli kitobi (T., «O’zbekiston», 1996, 11-bet) da quyidagilarni yozadi: «1990 yilning mart oyida u o’sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib Prezidentlikka saylandi. Moskva buni juda salbiy qabul qildi. Gorbachev ochiqdan -ochiq g’azablandi. Boshqa respublikalar rahbarlari esa Karimovning Prezidentlikka saylanganini qalban - quvvatlasa-da, unga havas qilsa-da, televidenie va minbarlarda Gorbachevning «16 ta prezidenti bor davlat qanday davlat bo’ladi» degan so’zlarini qaytarish bilan band bo’ldilar. (Bu Gorbachevning navbatdagi mantiqiy fikri edi-yangidan paydo bo’layotgan davlatlar ittifoqida 16 ta parlament raislari bo’lishi mumkin emishu, 16 ta Prezident bo’lishi mumkin emas emish).
Karimovdan qutulish uchun, uning o’zining gapiga qaraganda, tazyiqning barcha yo’llardan foydalanib ko’rishdi. Gorbachev uni o’ta ketgan amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov haqoratlangan O’zbekistonning obro’sini ko’tarish haqida o’ylardi. «1990 yil 26 martida O’zbekiston Oliy Soveti Prezidentlikni joriy etdi va meni shu lavozimga sayladi. Shundan so’ng men Moskvaga SSSR Davlat Kengashi yig’ilishiga keldim. Gorbachev meni O’zbekiston Prezidenti deya piching, haqoratomuz so’zlar bilan kengash a’zolariga tanishtirdi va tartibga solib qo’yishga va’da berdi. Bu erda u prezidentlikni bekor qilishni nazarda tutdi. Men unga shunday davom etadigan bo’lsa, men kengashni tashlab ketaman» dedim. So’ng Moskva har qanday yo’l bilan bo’lsa ham meni olib tashlashga urindi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Kuchlar endi boshqacha edi. Meni qo’llab-quvvatlagan xalq ham boshqacha fikrlay boshlagandi».
Va bu kurashda Karimov o’zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yo’lboshchi sifatida g’olib chiqdi».
Islom Karimov juda qaltis paytda hokimiyat tepasiga keldi. Chunki u vaqtlarda SSSR ning taqdiri hal bo’layotgan edi. «Markaz» rahbarlari butun kuch va vositalarni, harbiy kuchlarni, iqtisodiy imkoniyatlarini, ayg’oqchilarni, ichki ishlar xizmatchilarini, butun boshli sud va prokuratura xodimlarini, ommaviy axborot vositalarini ishga solib, chirib borayotgan totalitar tuzumni qanday qilib bo’lmasin saqlab qolishga, umrini cho’zishga tish-tirnog’i bilan harakat qilardi. G’azabga kelgan Markaziy hokimiyat rahm-shafqat nimaligini bilmasdi, insonlarning qonini to’kishdan tap tortmasdi, yo’q joydan milliy mojarolarni, qirg’inborotlarni, xunrezliklarni keltirib chiqarardi. Qolaversa, sodir etilayotgan qonli to’qnashuvlar, ularning kelib chiqish sabablari haqida hech kim aniq ma’lumotga ega emasdi, minglab yillar davomida yonma-yon yashab, birodarlashib ketgan, tili tiliga yaqin, urf-odatlari deyarli aynan bo’lgan qardosh-qarindosh bo’lgan xalqlar va millatlar o’rtasidagi qonli nizolar va to’qnashuvlarning asosiy sabablari, negizlari, manbalari odamlardan, jahon afkor ommasidan ataylab sir saqlanardi. Holbuki, barcha mudhish voqealarning hammasi yuqoridan, Markazdan turib tashkil etilardi, boshqarib, alangalatib, olovga kerosin sepilib turilardi5.
Voqealar rivojlangan sari rivojlanib, kun sayin keskinlashib, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar tobora avj olib, chuqurlashib, alal-oqibat Markazning tinka-madori qurib, umri qisqarib, vaqt-soati yaqinlashib borardi.
Ana shunday o’ta qaltis, nihoyatda xatarli sharoitda taqdir Islom Karimov zimmasiga jamiyatning murakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat, huquq masalalarini hal qilishga da’vat etilgan qayta o’zgartiruvchisi bo’lishidek nihoyatda og’ir vazifani yukladi. Shunday vaziyatda Islom Karimov o’zini buyuk davlat rahbari sifatida namoyon etdi.
Haqiqatan ham O’zbekistonning o’z Prezidentini, keyinroq borib boshqa sobiq ittifoqchi respublikalarning bundan o’rnak olib o’z Prezidentlarini saylashlari SSSR ning sekin-asta parchalanib, tarix qa’riga abadul-abad ketishining asosiy sabablaridan biri bo’ldi. Yakkalanib qolgan, mamlakatdagi tobora og’irlashib borayotgan iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan garang bo’lib qolgan Gorbachev esa bu qonuniy jarayonni oldini ololmay qoldi. Yagona markaz zaiflashib, ulkan mamlakatning hayoti butunlay izdan chiqdi. «Aytish mumkinki, bu jarayon XX asrning eng asosiy, eng muhim ijtimoiy-siyosiy tamoyili sifatida ajralib turadi.
Va, nihoyat, asr adog’iga kelib tarix taqozosi bilan olamdagi yirik va so’nggi imperiyalardan biri bo’lmish SSSR emirildi. Har qancha olijanob shiorlar bilan bejab-bo’yalsa-da, mohiyat e’tiboriga ko’ra mustamlaka saltanati bo’lgan Sovet Ittifoqi besamar kommunistik tajriba qurboni bo’ldi.
Dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan mamlakatda mutelik holatida yashagan xalqlar qaramlik kishanlaridan halos bo’ldilar. Ularning har biri o’z imkoniyati, o’z aql-zakovati darajasida milliy davlatlarni barpo etishga kirishdi.
O’zbekiston xalqi ham asriy orzusiga erishdi. Aziz Vatanimiz uzra istiqlol bayrog’i hilpiradi».[10]
O’zbekistonning o’z Prezidentiga ega bo’lishi uning uchun mustaqillik yo’lidagi eng muhim, hal qiluvchi qadam bo’ldi.
Birinchilardan bo’lib O’zbekistonning, undan so’ngroq esa sobiq ittifoqchi respublikalarning ham o’z Prezidentlarining saylashi vaqtdan e’tiboran SSSR ning parchalanib ketishidagi burilish nuqtalaridan biri edi.
1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi chaqirildi. Unda tarixiy ahamiyatga molik hujjatlar qabul qilindi. Bular «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti» va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonunidan iboratdir.
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy Qonun ham favqulodda ahamiyatlidir.
Qonun favqulodda ahamiyatga ega ekanligining ma’no-mohiyati shundaki, o’sha davrda amalda bo’lgan O’zbekiston SSR Konstitutsiyasida respublikaning mustaqilligi umuman nazarda tutilmagan edi. «Demak, mustaqillikning e’lon qilinishi mutlaqo yangicha konstitutsiyaviy asosni taqozo etdi. Konstitutsiyaviy asossiz e’lon qilingan mustaqillik esa rasman tan olinmas edi. Bu xalqaro huquqning mutlaq talabi. Shu sabab mustaqillikni rasman e’lon qilishdan oldin uning konstitutsiyaviy baza-asosi bo’lib, zudlik bilan Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi konstitutsiyaviy qonun xizmat qildi.
Konstitutsiyaviy qonun O’zbekistonning huquqiy holatini tubdan o’zgartirdi. O’z mohiyatiga ko’ra bu hujjat vaqtincha Konstitutsiya rolini o’ynadi».[11]
Ushbu qonun Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston SSR ning mustaqillik Deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonotiga asoslanib qabul qilingan va 17 moddadan iborat.
Mazkur qonun O’zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishganligini uzil-kesil mustahkamladi. 1-moddada, O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil demokratik davlatdir, deyiladi. 2-4-moddalarda O’zbekiston xalqining suverenligi va u respublikada davlat xokimiyatining birdan-bir sohibiligi, davlat hokimiyati uning xohish-irodasiga muvofiq vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirilishi, hududi va chegaralari daxlsiz va bo’linmasligi, u O’zbekiston xalqining roziligisiz o’zgartirilishi mumkin emasligi belgilab qo’yilgan. 5-moddada O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilishi qonunlashtirildi. 6-moddada O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat qilish huquqiga ega, deb belgilab qo’yilgan bo’lsa, 7-moddada O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir, respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi tabiiy va boshqa resurslar, uning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb mustahkamlandi. 10-moddada belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasi o’z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o’z oltin zahirasini yaratadi.
Oliy Kengashning «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonuni yuqorida qayd etilganlar bilan birga, O’zbekiston Respublikasi o’z hududida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish va tartibga solishda inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq inson qadr-qimmati ulug’lanishini, o’z taraqqiyot yo’lini, o’z davlat ramzlari va davlat tilini o’zi belgilaydi, deb e’lon qildi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan yutuqlarning natijasidir. Shuning uchun ham bu qonunga O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabr qarori bilan konstitutsiyaviy maqom berildi. Qarorda bu haqda shunday deyilgan edi: «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi 1991 yil 31 avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
O’zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiyaviy moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi qonunning qoidalariga amal qilinsin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan bu tarixiy hujjatlar xalqimizning mustaqillik haqidagi asriy orzu-umidlari ro’yobga chiqqanligi va amalga oshganligining konstitutsiyaviy-huquqiy asosi bo’lib xizmat qildi.
1991 yil 31 avgustda e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi mamlakatimiz xalqlari tarixida tengi va qiyosi yo’q buyuk voqea bo’ldi. O’zbekiston suveren, mustaqil davlat deb e’lon qilindi. O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining nomi o’zgartirilib, O’zbekiston Respublikasi deb atala boshlandi. O’zbek xalqi ham dunyodagi juda ko’plab hur va erkin xalqlar qatoridan joy oldi, o’z taqdirini o’zi hal qilish imkoniyatiga ega bo’ldi, millatlar hamdo’stligining haqiqiy a’zosi bo’ldi. O’zbekiston xalqi jonajon o’lkadagi beqiyos boylikning abadul-abad haqiqiy egasi bo’lib qoldi. Mustaqillik-xalqimizning ko’p asrlik tarixida buyuk voqeadir6.
O’zbekiston Oliy Kengashining Qarori bilan 1991 yil 1 sentyabr-O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi. Bu kunni O’zbekiston mehnatkashlari eng ulug’ va eng buyuk bayram sifatida har yili nishonlaydilar.
1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qilib yoshi 35 dan kam bo’lmagan va 65 dan ortiq bo’lmagan, saylanish huquqiga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Qonunda shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti xalq deputati bo’lishi mumkin emasligi ham ta’kidlangan.
Konstitutsiyaning 89-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytda ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning o’zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo’ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo’lib, davlat hokimiyati organlarining o’zaro uyg’un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi”[12]
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga muvofiq, «...O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan etti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi».
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bo’lib, O’zbekiston Respublikasining fuqarosigina saylanishi mumkin; davlat tilini yaxshi biladigan, O’zbekiston Respublikasi hududida kamida 10 yil muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi ham Prezidentlikka saylanishi mumkin.
O’zbekistonda Prezident saylovlari umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’zbekistondagi 1991 va 2000 yillardagi Prezident saylovlari aynan shu yo’l bilan o’tkazildi.
Respublika Konstitutsiyasining 91-moddasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi belgilangan. Unga ko’ra, «Prezident o’z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to’lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo’lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi».
Prezident O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig’ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o’z lavozimiga kirishgan hisoblanadi. Prezident qasamyodining matni Konstitutsiyaning 92-moddasida berilgan: «...O’zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman»
Konstitutsiyaning 93-moddasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga uning davlat hokimiyati organlari tizimidagi o’rniga mos ravishda ko’plab vakolatlar beradi. Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari davlat va jamiyat hayoti faoliyatining eng muhim sohalarini qamrab oladi.
Asosiy qonunda belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishning kafilidir. O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi.
Prezident mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi.
Prezident muzokaralar olib boradi hamda O’zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, Respublika nomidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti o’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi.
Prezident O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi. Prezident O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi.
U ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi, vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig’igi kiritadi.
Bundan tashqari Prezident O’zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig’i bilan mukofotlaydi, O’zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi.
Prezident amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O’zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi.
Respublika Prezidenti, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig’iga kiritadi.
Prezident ushbu Konstitutsiya va O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O’zbekiston Prezidenti o’z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Asosiy Qonunning 94-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va Qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli7.
Belgilab qo’yilganidek, Vazirlar Mahkamasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. «O’zbekiston Respublikasi hukumati o’z faoliyatida bamaslahat ish ko’rish, demokratizm, qonuniylik, ijtimoiy adolat, O’zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoyalash kabi printsiplarga rioya etadi».[13]
O’zbekistonda Islom Karimov etakchi bo’lib ishlagan yillar tarixiy unutilmas voqealarga, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy-huquqiy sohalarda qilingan ishlarga nihoyatda boy ekanligini alohida eslatib o’tishga to’g’ri keladi.
Shular ichida eng unutilmas tarixiy voqealardan biri-XXI asr bo’sag’asida O’zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishidir. «Bu tabarruk kun,-Islom Karimov ta’biri bilan aytganda,-O’zbekistonning ko’p asrlik tarixidan porloq sahifa bo’lib joy oldi. Mustaqillik bizni mustabid va mafkuralashgan tuzum kishanlaridan ozod qildi, o’zbek xalqiga o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurish, o’z madaniyati va an’analarini, qadr-qimmati, dini va e’tiqodini, ona tili va ma’naviyatini qayta tiklash imkonini berdi».[14]
Mustaqillik sharofati bilan ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi, ona tilimizni tikladik. Dinga munosabat o’zgardi. O’zligimizni angladik.
Mustaqillik tufayli siyosiy yo’lda burilish bo’ldi, necha yillik orzu-umidlarimiz ro’yobga chiqdi, iqtisodiy sohada burilish boshlandi, ijtimoiy adovat joyiga tusha boshladi. «Bir so’z bilan aytganda, istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan yaratadigan bo’ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga, umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo’ldik. Bu juda katta boylik. Biz uning qadriga etishimiz, ko’z qorachig’idek asrab-avaylashimiz kerak».[15]
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning davlat va ijroiya hokimiyati boshlig’i sifatida yurgizib va amalga oshirib kelayotgan dono siyosati va qat’iyati mamlakatimiz taraqqiyotiga olib keldi. Ayni paytda uning davlat boshlig’i sifatida chuqur o’ylangan oqilona ichki va tashqi siyosati ham dunyoda allaqachonoq e’tirof etildi.
Shunday qilib, Islom Karimov katta siyosat sahnasiga ko’tarilganidan hozirga qadar davlatni mustahkamlash, fuqarolar tinchligi, xavfsizligini ta’minlash, O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatni yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish yo’lida turli siyosiy-ma’naviy vosita va usullardan foydalanib kelmoqda. Uning Vatan, xalq millat, barcha o’zbekistonliklar oldida olijanob xizmatlari beqiyos.

Bundan yigirma yetti yil avval, 1990 yil 24 martda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida MDH davlatlari ichida esa birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti lavozimi ta’sis etildi(16).


O‘zbekiston tarixida ilk daf’a joriy etilgan Respublika Prezidenti lavozimi yangi O‘zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimida markaziy o‘rinni egalladi. U siyosiy tizimning o‘zagi bo‘lib qoldi. Prezidentlik hokimiyatida Prezidentning davlat boshlig‘i ... vakolatlari mujassamlashgan. Bu hokimiyat jamiyatdagi barqarorlikning va O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan muvaffaqiyatli olg‘a borishining kafolati bo‘lgani holda, yangi o‘zbek davlatchiligi binosining asosiy tayanchiga aylanib qoldi (17). O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik lavozimi milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz bilan rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida vujudga keldi.
O‘zbekistonda ta’sis etilgan Prezident lavozimining huquqiy asoslarini tahlil qilib baralla aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda Prezidentning saylanishi, vakolatlari demokratik standartlarga mos to‘la keladi.
Dunyoda prezident lavozimi mavjud bo‘lgan davlatlarni shartli ravishda 3 ga ajratilib, prezidentlik va parlamentar, aralash respublikalar degan tasniflash mavjud. Bunda asosiy mezonlardan biri bo‘lib, Prezidentning saylanish usuli hisoblanib, bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangan Prezident kuchli vakolatlarga ega bo‘ladi. Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanganda fuqarolar uning saylovoldi dasturi bilan bevosita tanishish, mamlakat va fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalarga nomzodlar e’tiborini qaratish imkoniyati mavjuddir. Konstitutsiyamiz 90-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.
Prezidentni umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash dunyoning 110 ta davlatida qabul qilingan usuldir. O‘zbekistondagi Prezidentlik institutining o‘ziga xosligi shundaki, bizda davlat boshlig‘ining vakolatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafillik belgilanganligi, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi, Prezident saylovi kuni Konstitutsiyada aniq belgilab qo‘yilgani, saylov komissiyalarining a’zolari saylovdan manfaatdor biron bir partiya a’zosi, yoki nomzod, uning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin emasligi, Prezident saylovining moliyaviy ta’minoti davlat mablag‘lari tomonidan qoplanishi va teng taqsimlanishi, nomzodlardan hech qanday saylov garovi, saylov fondini tashkil etish talab qilinmasligi, nomzodlarga saylovoldi tashviqotini o‘tkazish uchun davlat hisobidan teng efir vaqti va bosma maydon ajratilishi, yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt hamda joy haqida saylovchilarga barvaqt xabar qilinishi, davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shartligi kabilarda ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekistonda Prezidentlik institutining xalqimiz hayotiga yaqinligini mustaqillik yillarida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida saylovchilarning 90 % dan ortig‘i ishtirok etganligidan ham bilib olishimiz mumkin8. Jahonning ko‘plab davlatlarida bu raqam odatda o‘rtacha 50-60 %dan oshmasligini ko‘rishimiz mumkin. Shu ma’noda prezidentlik instituti demokratik institut hisoblanib, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li saylanadi va fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda vakilligini ta’minlashdek konstitutsiyaviy funksiyani bajaradi. Ikkinchidan, Prezident lavozimiga nomzod bo‘lishda O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
3 PREZIDENTLIK INSITUTI BOYICHA QABUL QILINGAN HUJJATLAR(QONUN ,FARMON,LOYHA VA B.Q)
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi. Uchinchidan, Prezident saylovi demokratik standartlarda belgilangan holda halollik bilan ochiq, shaffof o‘tishi, erkin, ixtiyoriy, haqiqiy va adolatli tashkil etilishi va o‘tkazilishi Konstitutsiya va qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. To‘rtinchidan, Prezident vakolatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yiladi. Ya’ni bunda demokratik saylovlar orqali saylab qo‘yilgan vakillari orqali xalq ishtirok etadi. Beshinchidan, monarxiyadan farqli o‘laroq, Konstitutsimiz 1-moddasiga asosan O‘zbekiston – suveren demokratik respublika bo‘lganligi bois Prezidentning lavozimda bo‘lish vaqti konstitutsiyaviy asosda ma’lum muddatlar bilan chegaralangan. Ya’ni Asosiy qonunimizga asosan besh yil muddatga saylanadi. Bu ham demokratik standartlardan bo‘lib, xalq davlat hokimiyatining manbai sifatida davriy asosda o‘z nomidan, ya’ni xalq nomidan ish olib borishi mumkin bo‘lgan shaxsni muqobillik asosida saylab turish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Oltinchidan, respublika Prezidenti lavozimga kirishish oldidan xalq saylagan oliy vakillik organi – Oliy Majlisda qasamyod qabul qilishi ham o‘z qasamyodida birinchi jumla “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga” degan jumlaning o‘ziyoq demokratiyaning belgilari sifatida aytilgan: demokratiya xalqdan chiqishi, demokratiya xalq tomonidan va xalq manfaatlari yo‘lida oshirilishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Yettinchidan, prezidentlik instituti huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi – hokimiyat bo‘linishi prinsipining tarkibiy qismidir. Prezident lavozimining joriy etilishi o‘zbek davlatchiligi tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi. Chunki shunchaki emas, balki haqiqiy davlatchilik hokimiyatning bunday tuzilmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. ... Prezident boshqaruvini hayotning o‘zi, qayta qurishning mantig‘i, mohiyati, uning murakkab va ziddiyatli jarayonlari taqozo etdi” (18).
Dastlabki bosqichda prezidentlik instituti davlat hokimiyati tizimida markaziy o‘rinni egallab, siyosiy tizimning o‘zagiga aylandi. Demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevorini barpo etish hamda davlatning bosh islohotchi bo‘lishi zarurati o‘tish davrida Prezident zimmasiga katta mas’uliyat va strategik vazifalarni hal etish zaruratini yuklash barobarida uning keng vakolatlarga ega bo‘lishini taqozo etdi. Prezident davlat va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatida islohotlarning tashabbuskori, yangilanish va o‘zgarishlar jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylandi.
Demokratiyaga o‘tish jarayoni strategiya va taktik jihatdan kuchli prezidentlik bo‘lishini taqozo etadi, Prezident nafaqat modernizatsiyalashni amalga oshirishi, balki demokratik huquq va erkinliklarning haqiqiy kafili bo‘lishi, jamiyatda buzg‘unchi jarayonlarning ta’sirini yo‘q qilish, bartaraf qilish imkoniga ega bo‘lishi lozim” (19) edi. Milliy davlatchilik asoslarini shakllantirishga qaratilgan islohotlar natijasida siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam poydevori yaratilib, demokratik islohotlar ortga qaytmas jarayonga aylandi.
Ushbu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri (20) hisoblanmish ushbu bosqichda davlat hokimiyati tizimida o‘zaro mutanosib va barqaror muvozanatni ta’minlash, hokimiyat tizimida prezidentlik institutining o‘rni va roliga oid muhim demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy davlatchiligimiz va biz uchun yangi bo‘lgan erkin bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va qaror topayotgan dastlabki yillarda Prezidentga berilgan huquq va vakolatlarning bir qismini hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tuzilmalariga berish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Agar mustaqillik (21) yillarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 7 marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning 5 tasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga oid XIX bobdagi qator moddalarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani prezidentlik institutining huquqiy asoslari sezilarli takomillashayotganidan dalolat qiladi.
Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda prezidentlik instituti O‘zbekistonni davlat mustaqilligiga erishishining asosiy omili bo‘ldi, respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildirdi hamda prezidentlik instituti qaysidir ma’noda davlat mustaqilligi kafili hamda davlat ramziga aylandi.

Prezidentlik instituti ta’sis etilishini hayotning o‘zi, murakkab va ziddiyatli jarayonlar yechimi taqozo etdi. Prezidentlik instituti huquqiy davlatning muhim belgisi bo‘lgan hokimiyat bo‘linishi prinsipining tarkibiy qismi sifatida huquqiy tizimimizga kiritildi. Prezident lavozimi ta’sis etilishi bilan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari faoliyatini o‘zaro kelishtirish, avvalo qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratildi.


Prezidentlik instituti jamiyatdagi barqarorlikning kafolati bo‘lgani holda, yangi o‘zbek davlatchiligi binosining asosiy tayanchi vazifasini bajarmoqda.
Bundan salkam chorak asr oldin o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston mana bugungi kunda tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yilning 12 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida “Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda(22) – deya ta’kidlab o‘tdi. 

Download 183,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish