2- seminar mavzusi: Tuproqning kimyoviy tavsifi



Download 1,91 Mb.
Sana24.07.2021
Hajmi1,91 Mb.
#127715
Bog'liq
2-SEMINAR MIRZAMATOVA MUNISA AGRO

2- seminar mavzusi:Tuproqning kimyoviy tavsifi

201-guruh o’quvchisi

MIRZAMATOVA MUNISA

REJA:

  • Tuproq eritmasi va uning tarkibi.
  • Tuproq havosi. Tuproqning kimyoviy tarkibi.
  • Tuproq fazalari. Tuproqning mineralogik tarkibi.

TUPROQ ERITMASI NIMA?

Tuproq eritmasi - tuproqning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tuproqqa kelib tushadigan yomg‘ir va sug‘orish suvlari tarkibida doim ma’lum miqdorda erigan moddalar, atmosfera gazlari (02, CO2, N2, NO) va boshqalar bo‘ladi. Tuproqning qattiq fazasi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan bu suvlar tuproq tarkibidagi moddalarni eritadi. Shuning uchun ham tuproq namligining kimyoviy tarkibi juda murakkab va o‘zgaruvchandir.

Tuproq eritmasi – uning suyuq qismi bo‘lib, yog‘ingarchilik va ekinlarga berilgan suv hisobiga shakllanadi. Tuproq tarkibidagi har xil tuzlar va minerallashgan organik birikmalar suvda eriydi va uning konsentratsiyasini oshiradi. Tuproq eritmasi uning eng harakatchan va faol qismi hisoblanib, sodir bo‘layotgan biokimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarning jadalligi, yo‘nalishi, o‘simliklarning oziqlanishida muhim.

TUPROQ HAVOSI NIMA?

Tuproq havosi. Tuproq mikroorganizmlari tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi, organik moddalarning parchalanishi va ildiz tizimining nafas olishi natijasida karbonat angidrid (C 0 2) hosil bo‘ladi. Shu sababdan atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% bo’gani holda tuproq havosida bir foiz atrofida, ba’zan 2—3% ga yetadi.

Tuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproqdagihavo almashinuvi (aeratsiya) jadalligiga monand o ‘zgaradi. Hosil bo'ladigan karbonat angidridning bir qismi atmosferaga tarqaladi, bir qisrni esa tuproqdagi namlik ta ’sirida erib, karbonat kislotaga aylanadi. Atmosferaga uchib chiqadigan karbonat angidrid o'simliklar tomonidan o'zlashtirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota tuproq eritmasining nordonligini oshiradi.


Tuproqning mineralogik tarkibi

MAGMATIK


METAMORFIK

CHO’KINDI JINSLAR

Magmatik tog‘ jinslari yuqori harorat, bosim, suv yetishmovchiligi sharoitida hosil bo‘lib, o‘zining yuqori zichligi, kristallik tuzilishi, barqarorligi, kimyoviy va mineral tarkibi bilan ajralib turadi.

Cho‘kindi tog‘ jinslari magmatik jinslarining atmosfera agentlarining, ya’ni haroratning o‘zgarishi, yog‘in-sochin, suv, shamol, muzlash ta’sirida mexanik yemirilishdan hosil bo‘ladi.

Metamorfik tog‘ jinslari, ya’ni gneys, slanets, marmar va boshqalar yerning chuqur qatlamlarida yuqori harorat va bosim ostida cho‘kindi va magmatik jinslarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir.

MINERALLAR

TUPRoq organik qismi

Tuproqning organik qismi uning sifatini, unumdorligini belgilovchi asosiy omil. Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Ви organik moddalar o'simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan, ular metabolizmining mahsulotlaridan hamda tuproqning o'ziga xos moddasi - gumus yig'indisidan iborat. Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo'lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir. Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va tuproq faunasi Uonivorlari) ham ishtirok etadi. Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o'simlik qoldiqlari 10 foiz, tuproq tlorasi va faunasi (tirik zamburug'lar, suv o'tlari, bakteriya va aktinomisetlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo'ladi

TUPROQ SINGDIRISH QOBILYATI.

Tuproq komponentlari (qattiq, suyuq, gazsimon va biologik fazalari) ning tevarak -atrof muhitdan turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ayrim molekulalar, kationlar va anionlarni almashinib yoki almashmasdan singdirish xossasiga uning singdirish qobiliyati deyiladi.

Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o'z tabiati bilan nihoyatda murakkab bo'lib, jumladan, turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib, ushlanib qolinishi yoki ularning bevosita singdirilmasligi kabi xilma-xil hodisalar yig'indisini o'z ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy, fizikaviy, tizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta'sirida го'у beradi.


MEXANIK-atmosfera yog’inlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarining tuproq qatlamlarida to’liq yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi.

KIMYOVIY-kimyovy reaksiyalar natijasida qiyin eriydigan holda cho’kmaga tushib tuproqda ushlanib qoladi.

FIZIK-KIMYOVIY-tuproqning kolloid zarrachalari yuzasida turli ionlarning singdirilishi va eritmadagi ionlarni ekvivalent miqdorda o’rin almashinishiga fizik-kimyoviy singdirish deyiladi.

FIZIKAVIY-tuproqning mayda dispers zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentratsiyasi oshirilishiga fizikaviy singdirish qobilyati deyiladi.

BIOLOGIK- o’simliklar va tuproq dagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq.

Tuproqning singdirish qobilyati turlari


TUPROQ BUFERLIGI

Tuproq eritmasining muhiti (pH) doimiy emas. Tuproqda sodir bo'ladigan biologik, kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida kislota yoki asoslar hosil bo'ladi, natijada tuproq eritmasining muhiti o'zgaradi.Tuproq muhitining keskin o'zgarishi tabiiyki, o‘simliklarning rivojlanishi va mikroorganizmlarning faoliyatiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Lekin tuproqda shunday bir qarshilik ko‘rsatish mavjudki, yuqorida aytib o ‘tilgan salbiy holatlarning to ‘la ta’sir etishiga im kon bermaydi. Tuproqlarni eritma muhitining nordonlashuvi yoki ishqoriylanishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatiga ularning buferligi deyiladi.


Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish