Prezident – davlat boshlig’i. Ko’pgina manbalarda ta’kidlanga-nidek, respublika prezidentining monarxdan eng asosiy belgi va farqi shundaki, prezidentlik saylanadigan lavozim hisoblanadi.Respublikada davlat rahbari bo’lib rasman va yuridik jihatdan belgilangan barcha senzlarga muvofiq keladigan har bir fuqaro saylanishi mumkin Monarxiyadan farqli ravishda prezident muayyan muddatga saylanadi, bu lavozimni egallash vaqtinchalik xususiyatga ega.
Respublikaning uchta asosiy turi mavjud: prezidentlik respublikasi, parlament respublikasi va aralash respublika. Bu respublikalarning nomi davlat rahbari lavozimi bilan bekorga
bog’langan emas. Prezidentlik respublikasi deyilishiga sabab, unda davlat rahbarining alohida maqomi – prezidentlik mustahkamlab qo’yilgan.
Darhaqiqat, prezidentlik respublikasida davlat rahbari davlat boshqaruv ishlarida muhim rol o’ynaydi. Prezident ijroiya hokimiyatini boshqaradi, davlat rahbarligi bilan hukumat rahbarligi bir shaxs timsolida qo’shib olib boriladi. Prezidentlikrespublikalari AQSh, Meksika, Venesuella va boshqa mamlakatlardahaqiqiy vaziyat ana shunday.
Boshqaruvning aralash shakli bo’lgan mamlakatlarda ham (Fransiya Portugaliya, Polsha va boshqalar) prezident muhim rol o’ynaydi. Prezidentlik va aralash respublikalarda davlat rahbari asosiy iqtisodiy ustuvorlik va yo’nalishlarni tanlashda, xalqaro muammolar va ittifoq tuzish bo’yicha mamlakatning siyosiy rahbari sifatida katta vakolatlarga ega. Prezident haqiqiy ijroiya hokimiyatiga egalik qiladi, ayni chog’da, qurolli kuchlarga rahbarlikqilish, tartibni saqlovchi kuchlar va boshqa turli fuqarolik xizmati, ya’ni minglab davlat xizmatchilari bilan ishlashda, muhim vakolatlarga ega.
Davlat rahbarligi va ijroiya hokimiyati rahbarligi vazifalari-ning bir odam qo’lida to’planishi prinsipiga turlicha baho berish mumkin, ammo ko’pchilik mamlakatlarda uni risoladagidek holat deb e’tirof etiladi. Bundan tashqari, ba’zi bir davlatshunoslar hisoblaganidek, prezidentlik lavozimi ijroiya hokimiyati bilan qo’shib olib borilgandagina maqsadga muvofiq bo’ladi. Parlamentar respublika prezidenti, yuqoridagi holatdan farqli ravishda, iqtisodiyot, ichki va tashqi siyosat sohasida biron-bir haqiqiy hokimiyatga ega emas.
Parlamentar respublikada prezidentning rolini parlamentarmonarxiyadagi monarxning roli bilan qiyoslash mumkin. Har ikki holatda ham davlat boshlig’i amalda davlatni boshqarmaydi. Bunday holatda ularning davlat ishlariga rahbarligi nisbiy, ammo bari bir ikkinchi rejali ishlarni bajarsa-da, davlat ramzi hisoblanadi.
Ba’zan hollarda bunday «zaif» parlamentar respublika prezident- lik mamlakatidagi vaziyatga, davlat ishlari oqimiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Odatda, bunday holatlar favqulodda hodisalar –tabiiy halokatlar kelib chiqqanida kuzatiladi.
Parlamentar respublikada prezident hukumatda, ko’pchilikni tashkil etgan partiyaga mansub bo’lsa, siyosiy jarayonning borishiga
jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Vaholanki, ba’zi mamlakatlarqonunchiligida, prezident lavozimini egallaganlarga rasman siyosiy partiya safidan chiqib ketishi talab etiladi.
Shu o’rinda, muhim bir jihatni e’tiborda tutish kerak. Parlamentar respublikada prezidentning rasmiy huquqi, ya’nikonstitusiyada yozilgan huquqi va vakolati prezidentlik respublikasining «kuchli» prezidenti vakolatlaridan katta farq qilmaydi. Parlamentar respublika prezidentiga konstitusiyabo’yicha katta vakolatlar yuklangan bo’lsa ham amalda bu vakolatlar ijroiya hokimiyat, Bosh vazir va hukumat qo’lida bo’ladi.
Masalan, agar parlamentar respublika prezidenti o’z nomidan biror akt qabul qiladigan bo’lsa, bunda ushbu aktlar konstrassignasiyadan o’tishi, ya’ni ijroiya hokimiyati rahbariningimzosi tasdiqlanishi talab etiladi. Prezident imzosi yonida bosh vazir yoki prezident akti bilan tartibga solinadigan mazkur sohaga javob beradigan vazirning imzosi turishi kerak. Vazirning (bosh vazirning) imzosisiz prezident buyrug’i qonuniy kuchga ega emas.
Italiyada (parlamentar respublika) prezident rasman oliy bosh qo’mondon hisoblanadi. Konstitusiya bo’yicha u parlamentni tarqatib yuborishi mumkin; favqulodda hodisa yuz bersa, Bosh vazir tashabbusi bilan parlament fraksiyasi rahbarlari bilan maslahat- lashib parlamentni tarqatish mumkin. Prezident esa parlamentni tarqatish to’g’risidagi tayyor hujjatga imzo chekadi. Prezident faqat parlament ishonchini qozongan shaxsni ijroiya hokimiyati rahbari qilib tayinlashi mumkin, chunki, yuqorida ta’kidlanganidek, ishonchsizlik bildirish instituti prezidentning har qanday tashabbusini yo’qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham bu prezident ijroiya hokimiyat tomonidan tayyorlangan hujjatlarga (shu jumladan, hukumatini tayinlash va bo’shatish) imzo qo’yish bilankifoyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |