Mustabidlik rejimi – yakka shaxs hukmronligiga asoslangan. Mustabid hokimiyati odatda, zo’ravonlik, bosib olish, ba’zan esa,qonuniy hokimiyatni ag’darib tashlash natijasida o’rnatilishi bilan despotiyadan farq qiladi. Unda ham huquqiy va axloqiy asoslar bo’lmaydi, u zo’ravonlik, ba’zan esa terror va genosid asosiga qurilgan bo’ladi. Mustabid hokimiyati shafqatsizdir. U ham dahshat va qo’rquvga asoslanadi. Mustabid har qanday qarshilikni darrov, bostirishga harakat qiladi. Boshqa mamlakat hududi va aholisini zabt etish nafaqat jismoniy va axloqiy zo’ravonlikni, balkiasoratga solingan xalq an’analari va urf-odatlarini tahqirlashga ham olib keladi.
Mustabid rejimlar qadimgi Yunoniston polislarida, ayrim O’rta asr shahar-davlatlarida mavjud bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |