Elektron hukumat Bajardi: Maxmudov.M Tekshirdi: Jabborov. R E - Government - O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida” qonuniga muvofiq, elektron hukumat - bu jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik bilan foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimidir. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar.
Elektron hukumat afzalliklari Markazlashtirish; Korruptsiyaning kamayishi (shaffof jarayonlar, byurokratlarning ixtiyoriy vakolatlarining qisqarishi), boshqalar qatori hukumatga ishonchning oshishi; Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hukumat turlati: Hukumat-Axoli (G2C) (Government to Citizens) Hukumat-Biznes (G2B) (government to biznes) Hukumat-Hukumat (G2G) (Government to Government) G2C (Government to Citizens) Davlat fuqarolarga bu tizimda fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari , turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy xujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shunungdek turli xil to’lovlar bo’yicha tranzaksiyalarni online usulda amalga oshirishlari mumkin. G2B (Government to biznes) Davlat biznsga – mazkur tizim yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish , turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshrish, shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va hokazolarni online amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni online yuborish imkonini berish ko’zlanadi. G2G (government to Government) Davlat –davlatga bunda Davlat boshqaruv apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muasassalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron xijjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi. G2F (Government to Foreigners ) Davlat xorijliklarga – bu tizimda , Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan xolda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori qabul qilingan Shuningdek, yuqoridagi hujjatga asosan O'zbekistonRespublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalaridavlat qo'mitasiqoshida 2 ta yangi markaz - "Elektron hukumat"tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlashmarkazlarini tashkil etildi. 2013 yilning 1 iyulida respublikamizda "elektron hukumat"tizimning eng muhim vositalaridan biri bo'lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagonaportalning shiori "Xizmatlar yangiqiyofada" deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqtrejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqalitaqdim etishni anglatadi. - Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik sub'ektlariYagona portal orqaliquyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
- · tekshirishlarreja-jadvalidan elektron ko'chirma olish;
- · tashqisavdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalaribo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish;
- · tadbirkorliksub'ektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnikshartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
- · "SMS-To'lov"to'lov tizimi orqali ba'zi turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
- · tadbirkorlisub'ektlari uchun to'lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransportvositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
- · faoliyatningba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdimetish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |