Xorazm ma ’ mun akademiyasi axborotnomasi – /2020 Ўзбекистон республикаси фанлар



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/400
Sana14.06.2022
Hajmi3,93 Mb.
#671925
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   400
 
UO’K 81
-139 
CHET TILI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
O. Mo’minova, o’qituvchi, Farg’ona Politexnika Instituti, Farg’ona
 
Annotatsiya.
 
Ushbu maqolada ta’limning ajralmas qismiga aylanib qolgan zamonaviy 
pedagogik texnalogi
yalar va ularni chet tili darslarida samarali tarzda qo’llash usullari haqida fikr 
yuritiladi. 
Kalit so’zlar:
 
pedagogik texnalogiyalar, o’qitish metodlari, innovatsi
ya, texnik vositalar 
Аннотация.
 
В данной статье рассматриваются современные педагогические 
технологии, которые стали неотъемлемой частью образования, и способы их 
эффективного использования на уроках иностранного языка.
 
Ключевые слова:
 
педагогические технологии, методика обучения, инновация, 
технические средства
 
Abstract. 
This article discusses modern pedagogical technologies that have become an 
essential part of education, and how to use them effectively in foreign language lessons. 
Key words: 
pedagogical technologies, teaching methods, innovation, technology, technical 
means 


XORAZM MA

MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI 

9/2020
159
Hozirgi 
kunda ta’l
im jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik 
texnologiyalarni qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan kunga ortib bormoqda,
bunday bo’lishiga 
sabablardan biri shu kungacha ta’limda
o’q
ituvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga 
o’rgatgan bo’lsa,
zamonaviy 
texnologiyalarni o’rgatish esa, ularni mustaqil tanqidiy fikrlashga, 
kerakli narsalarni izlab topishga, tahlil va xulosa qilishga o
’rgatadi. O’quvchi bu jarayonda
boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini 
bajaradi, t
a’lim o’quvchi talabalarga to’g’ridan
-
tog’ri yo’naltiriladi. Innovatsiya –
inglizcha 

innovation

- yangilik kiritish, 
yangilik ma’nosini 
bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda 
o’q
ituvchi va talaba faoliyatiga 
yangilik kirit
ish bo’lib
, uni amalga oshirish jarayonida 
asosiy interaktiv metodlardan to’liq 
foydalanish imkoniyati mavjud. Interaktiv metodlar bu talaba bilan talaba, talaba va internet, talaba 
va o’qituvchi o’rtasidagi
fikrlash demakdir, ya’ni pedagogik ta’sir etish
usullaridi
r va ta’lim 
tizimining 
asosiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarni qo’llashda pedagog
va o’quvchi
- talabalar 
birgalikda faoliyat ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Oliy o’quv
yurtlarida zamon talabiga mos malakali 
kasb egalarini yetishtirishda zamonaviy o
’qitish
me
todlari, ya’ni pedagogik texnologiyalar, 
inovatsion texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etish bilan bir qatorda ular talabalarni jahon 
standartlari darajasidagi malakali 
kasb egalari bo’lib yetishishini ta’
minlaydi. Ayniqsa, chet tillarni 
o’rgati
shda hozirgi zamon 
axborot va pedagogik texnologyalarni ahamiyati katta. Til o’rgatish 
jarayonida 
turli xildagi texnologiyalarni qo’llash mumkin. Misol uchun, “Tarmoqlar” (klas
ter), 
“Bumerang”, “Loyiha”, “3x4”, “Blits
-
o’yin”, “Aqliy hujum”, “Axborot
uzatish
” kabi met
odlar 
ushbu jarayonni yanada qiziqarli va samarali tashkil qilishga yordam beradi. Bu texnologiyalardan 
birini qo’llash oqituvchi
ixtiyorida, chunki maqsad aniq, 
ya’ni bu o’quvchi
-talabalar bilim 
saviyasini oshirishda yaxshi natijaga erishishdir. 
O’qitish 
jarayonida pedagogik texnologiyalarni 
qo’llash
oldindan loyihalashtiriladi, bunda o’qituvchi
o’quv predmetning o’ziga xos tomonini, joy 
sharoitini, o’quvchining imko
niyati hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga 
olishi kerak, chunki bu
lar yaxshi natijaga erishishga yordam beradi. Dars jarayonida o’tilayotgan
mavzuni yangi texno
logiya asosida o’tishdan oldin o’qituvchi tanlangan
texnologiyaning texnologik 
xaritasini tuzib olishi kerak bo’ladi. Ushbu
texnologik xarita mavzuning maqsadi va vazifalarini 
o’ziga xos xususiyatlarini va eng asosiysi,
talabalarning imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan 
holda tuziladi. Pedagogik texnologiyalarni qay darajada samarali tarzda dars jarayoniga tatbiq etish 
o’qituvchidan psixologiya, met
odika, pedagogik va axborot texnologiyalari kabi bir qator 
ko’nikmalarga ega bo’lishni talab qiladi. Yuqorida aytib o’tilgan metodlardan birini misolda ko’rib 
chiqamiz. Masalan
, “3x4” metodi. Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, mustaqil fikr va 
g’oyalar
ini ifoda etib berishga qaratilgan. 3x4 metodni quyidagi 
misolda ko’rib chiqish mumkin. 
Bunda o’tilgan biror bir mavzu tanlanadi. Masalan
, nemis xalqining bayramlari, noaniq zamon 
fe’llari va h.k. Dars mavzusini
o’qituvchi doskaga yozib qo’
yadi. Guruhni 3-g
a bo’lib t
arqatma 
material beradi va 
vaqt belgilaydi. Bu materialda bayram nomlari yozilgan bo’ladi, masalan Ostern
(Pasxa), Weihnachten. Bu guruhlar o’zlariga tushgan mavzu bo’yicha ma’lumot
tayyorlashadi. 
O’qituvchi berilgan vaqt davomida guruhlarning i
shlashini kuzatib boradi. Vaqt tugashi bilan 
o’qituvchi guruhlarni tinchlantirib ulardan tayyor
bo’lgan ma’lumotlarni guruhdan tanlangan vakil 
orqali navbatma-navbat doskaga ch
aqirib eshitadi. Ma’lumotni eshitgach, bir
-biridan farqlarini 
aytib baholaydi va 
so’ngra qolib ketgan kamchiliklarni to’ldirib ko’proq ma’lumot berib o’tadi. Bu
metodning maqsadi o’tilgan mavzuni mustahkamlash
, tarqatilgan materiallar orqali tarqatma 
mater
ialdan matn qay darajada o’zlashtirilganini nazorat qilish, ularning bilimini ba
holash. Dars 
jarayonida turli xil metodlarni qo’llash o’qituvchi uchun ham, o’quvchi talaba uchun ham katta 
ahamiyatga ega. Bunda o’qituvchi o’tilgan mavzuni qisqa vaqt ichida 
barcha talabalar tomonidan 
o’zlashtirilishiga erishadi. Talabalar faoliyatini os
hiradi, ula
rda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi, 
bir vaqtda ko’pchilik talabalarni baholaydi, o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Talaba esa 
yangi bilimlarni egallaydi, 
yakka va guruh bilan ishlashga o’rganadi, nutqi rivojlanadi, eslab qolish 
qobiliyati kucha
yadi, o’z
-
o’zini nazorat qilishni o’rganadi, qisqa vaqt ichida bir qancha 
ma’lumotlarga ega bo’ladi. 
Ta’lim
texnologiyalari pedagogik faoliyatning 
ma’lum sohasini q
amrab oladi. Faoliyat sohasi, 
bir tomondan, tanlangan texnologiyaga muvofiq uning asosini tashkil etuvchi qatorlar tizimini hosil 
qilsa, ikkinchi tomondan, faoliyatning tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadi. Texnologik 
yondashuv turli sohalari konseptual 
va loyihali o’zlashtirish, ta’limiy, pedagogik, ijtimoiy faoliyat 
qirralarini ochishda yangi imkoniyatlarni yaratadi. Jumladan: 
- natijalarni yuqori aniqlikda qayd etish va pedagogik jarayonni samarali boshqarish; 
- mavjud amaliy tajribani ilmiy asosda tah
lil etish va qo’llash;

ta’limiy va ijtimoiy
-tarbiyaviy muammolarni yaxlit hal etish; 



Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish