Xonqa pedagogika kolleji



Download 428,78 Kb.
bet37/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

4-bob. Yakuniy qoidalar
17. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
18. Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila” Respublika ilmiy- amaliy markazi bilan kelishilgan.
4-Mavzu:MTTda ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi
Reja:

  1. Tug’ilganidan bir yoshgacha bo’lgan bolalarning rivojlanishida nutqning ahamiyati.

  2. Bolalar nutqini rivojlantirishda kattalarning bir maqsadga qaratilgan rahbarligining zarurligi.

  3. Ilk yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari.

Tayanch tushunchalar: Uslubiyat, ilk yosh, muloqot, emotsional muloqot, nutqning rivojlanishining ikki davri,chinqirish,guvrash,til chiqarish davri.
Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ijtimoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalalilik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarur. Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakatga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga javob bermaydi, suratlarda odamlarni «ko‘rmaydi», odamlar va hayvonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida o‘ziga nisbatan tajovuz tug‘uladi.
Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi pedagogikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalalar nutqini rivojlantirish bo`yicha uzoq va ko`p yillar davomida tadqiqot ishlari olib borildi. Bu masala bo`yicha mashhur olimlar, amaliyotchi-pedagoglar, metodistlardan Y. I. Tixeyeva, N M. Shelovanov, N. M. Aksarina, N. F. Lasigina, Y. K. Kaverina, I . Rozengart-Pupko, G. M. Lyalina, V. A. Petrova, N. S. Karpmskaya, I. A. Panina, S. L. Novoselova, Y. V. Zvorigina, I. M. Kono­nova, N. N. Palagina, M. Popova, Y. I. Radina va boshqalar tadqiqot ishlari olib bordilar.
Bola hayotining birinchi yili eng mas`uliyatli davr bo`lib, bu davrda bola nutqida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Bu bolaning umumiy rivojlanishida namoyon bo`ladi.Bola tayyor nutq apparati bilan tug`iladi, lekin u gapirmaydi. Uuning sabablari bir qancha:
1.Yangi tug`ilgan chaqaloq (go`dak) o`zining nutq apparatidan foydalanish ko`nikmasiga ega emas, bu ko`nikmani unda hosil qildirish kerak.
2. Unda nutq uchun mavzu (obyekt) yo`q, u bu mavzuni (obyektni) to`plashi kerak.
3. Unga nutqning so`z shakllari tanish emas, bola ular bilan tanishishi kerak.
4. Nutq tafakkur bilan bog`liq, shuning uchun bolaning tafakkurini rivojlantirish kerak.
5. Nutq kishilarning bir-birlari bilan bo`lgan munosabatida rivojlanadi, go`dak hali atrofini o`rab olgan kishilar bilan aloqa o`rnatgan emas. Mana shu yuqoridagi
yo`nalishlarga qarab, bolalar nutqining rivojlanishiga rahbarlik qilish kerak. Bola nutq apparatining takomillashishiga va nutqining ravojlanish jarayoni tezlashishiga ta`sir etishi lozim.
Bolada nutq ilk yoshidanoq shakllana boshlaydi. Bu davrda egallangan nutq bolaning kelgusida ona tilini mukammal egallashida asosiy zamin bo`lib xizmat qiladi. Bola tug`ilishi bilan atrofdagilar bilan nutqiy munosabatga kirishadi, bu munosabat orqali o`zidagi hamma kuch va qobiliyatni rivojlantiradi.
Ilk yoshidagi davr bolaning jismoniy va ruhiy tomondan tezkorlik bilan (intensiv) rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Bu yoshda markaziy nerv sistemasining rivojlanishida sezilari o`zgarishlar sodir bo’ladi va miya fiziologik jihatdan yetilib bo`ladi. Masalan, 7 oylikda bolaning miyasi ikki baravar, bir yoshida uch baravar o`sadi. 2 yoshida esa katta yoshdagi kishilar miya og`irligining 70 foizini tashkil etadi.
Bola ikki yoshli davrida aniq harakatlarni shakllantirish uchun javobgar bo`lgan markaziy nerv sistemasining bo’limi-miyacha 5 baravar, xotira, tafakkur, nutq va xayol kabi ruhiy jarayonlar hamda ixtiyoriy harakatning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan bosh miya po`stlog`ining maydoni esa 2,5 baravar kattalashadi.
Bolaning uch yoshgacha bo`lgan davri uning nutqi, tafakkuri va bilish faoliyatining rivojlanishi uchun eng qulay bosqich hisoblanadi. „Bu davrga kelib miyaning nutq bo`limi anatomik tomondan yetilib bo`ladi, bola ona tilining asosiy grammatik shakllarini egallaydi, ko`p so`z to`plamiga ega boiadi.
Ilk yoshdagi bola nutqining o`z vaqtida va to`g`ri rivojlanishi aqliy rivojlanishning asosidir. Nutq vositasida bola bilan kattalar o`rtasida turli munosabatlar o`rnatiladi. Yaxshi rivojlangan nutq ruhiy jarayonlarning (xotira, tafakkur, xayol va boshqalar) rivojlanishiga, bolalarning bog`cha davridagi va undan keyingi faoliyatlariga katta ta`sir ko`rsatadi. Bolalar nutqining rivojlanishi bilan kattalar nutqining tarbiya vositasi sifatidagi roli ortib boradi.Aksincha, bolaning bog`cha yoshigacha bo`lgan davrida nutqning rivojlanishiga tarbiyachi-hamshiraning yetarlicha ahamiyat bermaganligi, unga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatmaganligi natijasida bolalar bog`cha yoshida (3-4 yoshda) ham nutqni yaxshi egallay olmaydilar. Bolalar nutqni ancha kechikib egallashlari sababli, ularning nutqida, so`zlar miqdori yetishmaydi, grammatik xatolar, talaffuzida nuqsonlar juda ko`p bo`ladi. Buning oqibatida bola o`z flkrini boshqalarga bildirishga qiynaladi, atrofdagilar bilan muomala qilish imkoniyatlari cheklanadi. Natijada tarbiyachilar, ota-onalar nutq vositasida bolalarga ta`lim-tarbiya berish imkoniyatlaridan foydalana olmaydilar.
Ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishi ikki davrdan iborat:
1) Tayyorgarlik davri. Bu davr bir yoshgacha bo`lgan bolalar hayotini o`z ichiga qamrab oladi;
2) Nutqning mustaqil rivojlanishi davri. Bu davrga ikki va uch yoshdagi bolalar kiradi.
Bolaning tug`ilgandan keyin bir yoshgacha bo`lgan davri nisbatan kam harakat va ,,nutqsiz“ taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o`sishi va taraqqiyoti oila va yaslidagi sharoitga va tarbiyaga bog`liq bo`ladi. Lekin shunday bo`lsa ham bu davr har jihatdan juda ildam rivojlanish davridir.Bola hayotining birinchi yilida bolaning har tomonlama tarbiyasiga katta ahamiyat berish va quyidagilarni amalga oshirish lozim: ko`ruv, eshituv organlari, sezish taassurotlarini, emotsio­nal his-tuyg`ularni bolaning jilmayishi, kulishi, narsa-buyumlar bilan harakat qilishini shakllantirish.
Nutqqa tayyorgarlik davrining o`zi uch bosqichdan iborat:
1. Chinqirish davri (tug`ilgandan 2,5 — 3 oylikkacha).
2. Guvrash davri (2,5 — 3 oylikdan 5 — 6 oylikkacha).
3. Til chiqarish davri (5 — 6 oylikdan 9—10 oylikkacha va 9 —10 oylikdan 1 yoshgacha).
1yoshu 6 oy - 2 yoshga kelib bolaning so‘z zahirasi 200-300 tagacha o‘sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita muloqotga kirishgan vaziyatda esa nutqiy muloqot yetakchi muloqot turiga aylanadi. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy muloqotning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilishni o‘rganadi.
Ikki yoshgacha bo'lgan bolalarda nutqni egallash jarayoni ikki davrdan iborat bo’ladi: 1 yoshdan 1 yosh-u 6 oygacha. 1 yosh-u 6 oylikdan 2 yoshgacha.
1yoshdan 1 yosh-u 6 oygacha bo'lgan davrda nutqni rivojlantirishning muhim vazifasi:
1) bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish;
2) kattalar nutqiga taqlid qilish orqali faol nutqni o‘stirish.

Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish