Xonqa pedagogika kolleji


Bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish



Download 428,78 Kb.
bet38/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

Bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish. Bu jarayon ma'nosiga tushunadigan so'zlar to‘plamini kengaytirish bolib, uning mazmuniga quyidagilar kiradi:
1) o‘z ismini, yaqin kishilari ismini;
2) kiyim-kechaklar, mebellar, idish-tovoqlar nomini;
3) bir joydan ikkinchi joyga borishda transport vositalari nomini;
4) o‘ziga tanish bolgan hayvonlar va o’simliklar nomini;
5) o‘z tanasining, o‘yinchoq-hayvonlar tanasining ayrim qismlari (qol-oyoqlar, bosh, og‘iz, ko‘z, quloq) nomini bilib olishi. Maishiy hayotda bajariladigan oddiy ish-harakatlarni bildiruvchi so‘zlarni (yot, uxla, o'tir, kiyinamiz, o'ynagani boramiz va hokazo), o‘yin va mashg'ulot jarayonida ishlatadigan so‘zlarni (o'chir, kiydir, och, bekit va hokazo) bilib olish hisobiga bolada ma'nosiga tushunadigan so‘zlar to‘plami kengayib boradi. Faol nutqni o‘stirishga bola tomonidan tez-tez eshitib turiladigan tovush birikmalari va so‘zlarga taqlid qilish orqali erishiladi. 1 yoshdan 1 yosh-u 6 oylikkacha bo‘lgan bola ajablanish, shodlik, norozilik, xafalik va shu kabilarni ifodalovchi ba’zi bir intonatsiyalarni takrorlay bilishi, yaqin kishilarni (oyi, dada, opa, aka va hokazolar) hamda tanish buyumlar va o‘yinchoqlarni (piyola, karavot, stol, ayiqcha, qo’g‘irchoq va boshqalar), tanish ish-harakatlarni (o'tir, tur, menga ber, qo‘yib yubor va boshqalar) bildiruvchi so‘zlarni aytib, o’z lug‘atini faollashtirib boradi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar qisqa hikoyalarni, she'r, hazil- mutoyibalarni tushunadilar; uncha murakkab bo'lmagan topshiriqiarni bajaradilar. Endi bola lug'at to‘plamining kengayishi asosida, ilgari tushunib, bilib olgan so’zlarini faol ishlata boshlaydi, qisqa gaplarni va ayrim jumlalarni takrorlaydi. Bola 1 yosh-u 6 oylik bo’lganida ba'zi narsalarning sifatini, holatini va vazifalarini bilib olishga harakat qiladi. Lekin o‘zi bu belgilarni ayta olmaydi. Shuning uchun kattalar yordamiga muhtoj bo‘ladi. Masalan, kattalar (hamshira-tarbiyachi) shunday deydilar: „Qara, menda kichkina kubik, senda katta kubik bor“, „Mana bu — olma, uning rangi qizil, o‘zi shirin“ va hokazo. Bolalar 1 yosh-u 6 oylik bo‘lishlari bilan kattalarning bolib o’tgan hodisalar haqidagi gaplarini tushuna boshlaydilar. Masalan: „Bugun sayrda bolalar quyonchalarni ovqatlantirdilar. Gulchehra quyonchaga sabzi berdi“. Bola sekin-astalik bilan kattalarning nutq ko‘rsatmasi asosida uncha murakkab bo’lmagan topshiriqlarni bajara boshlaydilar. Bu topshiriqlar „Ko'rpani top. Qo‘g‘irchoqni o‘ra“ kabi yumushlardan iborat boklishi mumkin. Bola 1 yosh-u 6 oylik bo’lganda u talaffuz etadigan so’zlar miqdori 30 — 40 taga yetadi. (Masalan, „oyi” „xola“ , „amma“, „buvi“, „tog‘a“, „aka“ , „opa“ va boshqalar.) Ana shu so'zlar bilan bir qatorda, bolalar o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan so’zlarni ham bilib oladilar. Chunonchi, „ma“, „ol“ , „ber” va boshqalar. Odatda, bu yoshdagi bola ayrim so‘zlarni uzuq-yuluq qilib, imo-ishora bilan bir amallab aytib beradi. Bunday nutq „situativ nutq“ (vaziyat nutqi) deb ataladi. Chunki bunday chala- chulpa nutqning ma’nosini bolaga yaqin odamgina, ya'ni uning onasi yoki otasigina tushuntirib bera oladi. Bola nutqi taraqqiyotidagi bu davrning xarakterli belgisi shundan iboratki, bola aytib bera oladigan so‘zlar miqdori juda kam bo‘ladi. Bu davrda, ya’ni bolaning 1 yoshdan 1 yosh-u 6 oylik davrigacha faol lug‘ati g‘oyat sekin to’lib boradi. Bu davrda nutqning o’sishi asosan tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishi, o‘ziga qarata aytilgan so’zlarni yaxshiroq tushuna borishi asosida sodir bo’ladi. Uning passiv lug‘ati boyib boradi, bola o’zi hali gapira olmaydi, boshqalarning so‘zlarini ko‘proq eshitadi, so‘z va jumlalarni o’zlashtirib boradi. 1 yosh-u 6 oylikdan 2 yoshgacha bolgan davr nutq o'sishining ikkinchi davri hisoblanadi. Bu davrda nutqni tushunish qobiliyatlari ularning faol nutqi taraqqiyotidan ancha o‘zib ketadi.

Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish