Taqlid qilishning o‘sishi natijasida ikki yoshga qadam qo‘ygan bolalarning talaffuz etadigan so'zlari soni ortib, 200 — 300 taga yetadi; ularning lug‘atidagi so‘zlar tarkibida tevarak-atrofdagi kishilarni anglatadigan so‘zlar (qiz bola, o‘g‘il bola, xola, amma, tog'a, amaki, buvi, buva) uyda va uydan tashqarida (bog‘da, hovlida, ko‘chada) bo’ladigan narsalarni anglatuvchi so‘zlar, ba’zi bir hayvonlar va o‘simliklarni, kunda ko‘rib turadigan xatti- harakatlarini anglatuvchi so'zlar mavjud bo’lib, ular lug‘at to‘plamini kengaytirib boradi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar iboralar (kosa stol ustida turibdi; sut kosada; u yerda; bu yerda) ma’nosini to'g'ri tushunish qobiliyatiga ega bo’ladilar va ularni o‘z o‘rnida ishlata olish ko'nikmasi sekin-asta shakllana boradi. Endi bolalar katta va kichik narsalarni bir-biridan farq qiladilar, ranglarni ajrata oladilar (qizil, ko’k, sariq, zangori), buyumlarning boshqa sifatlarini (toza, iflos, mazali, shirin va hokazolarni) bilishga intiladilar. Bola nutqining bu xususiyatlari lug‘atining boyib borishiga, faollashishiga katta ta'sir etadi. Bolalar ikki yoshga qadam qo‘yganlarida ularda umumlashtirish qobiliyati tarkib topa boshlaydi. Bu nutq faoliyatini xarakterlovchi asosiy xususiyatdir. Masalan, bola 10 oylik va 1 yosh bo‘lganda „Kosa qani?“ degan savolga faqat o'zining har doim ovqat yeydigan kosasini ko'rsatadi. Ikki yoshga qadam qo‘yganda esa u muomala qilish, tevarak-atrofdagi buyumlar bilan tanishish jarayonida bu savolga javoban turli rangdagi va kattalikdagi kosalarni ko‘rsatadi. Kosalarni suratlar ichidan ham tanib oladi. Ikki yoshli bola buyumlar o'rtasidagi bog‘lanish va munosabatlarni ham tushuna boshlaydi. Shuning uchun kattalar bolalar diqqatini buyumlar bilan harakatlar orasidagi o‘zaro aloqadorlikka jalb qilishi kerak. Masalan, qog‘ozga rasm chizish uchun qalam kerak, ovqat yeyish uchun qoshiq kerak va hokazo. Bolaning nutqi ma’noli bo’lib boradi. Ilgari uning so‘zlari faqat ehtiyojlarini ifodalagan bo‘lsa, endi nutqning nom berish xizmati tobora kuchayib boradi. Bu bolaning „Bu nima?“, „Nomi nima?“ degan savollarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Endi u sekin-astalik bilan imo-ishora orqali o‘z istak hamda talablarini ifoda etadi. Katta yoshdagi kishilar talaffuz qilgan so‘z va iboralarga taqlid qilib, ularni takrorlaydi, ashula, she’r, ertaklarni eshitib, undagi ayrim ohanglarni kuylashga, ayrim so’zlarni takrorlashga odatlanadi. Uning nutqi grammatik jihatdan ancha shakllanadi. U ba'zi bir olmoshlarni (men, sen, biz, menga kabi) qo'llay boshlaydi, ravishlarni (u yerda, bu yerda), sifatlarni (katta, kichkina, yaxshi, yomon, shirin) o‘z o‘rnida ishlatishga harakat qiladi. Ular ish-harakatlarni bildiruvchi fe'llarni ham to‘g‘ri qo’llay boshlaydilar. Nutqida bosh gap bilan ergash gapdan tuzilgan dastlabki qo'shma gaplar ham paydo bo'ladi. Bola tovushga taqlid qilishdan odatdagi so‘zlarni ishlatishga o’tadi (soatni „chiq-chiq" deyish o‘rniga soat deb, kuchukni „vov-vov“ demasdan, kuchuk deb ishlatadi va hokazo). Bola o‘ziga berilgan savollarga tushunib, javob qaytaradi, kattalarga ko‘proq savollar beradigan bo'ladi. Kattalar bolani savollarga javob berishga o‘rgatishlari zarur. Buning uchun bolaga savol berib, so‘ngra o‘zi shu savolga javob qaytarishi lozim. Bola hayotining ikkinchi yoshi uning nutqini rivojlantirishning muhim davri hisoblanadi. Shuning uchun pedagogik jarayonning butun tizimida nutqni rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Bola nutqini rivojlantirishga ta'sir etishda kundalik tartib daqiqalaridan, mustaqil o‘yinlardan, maxsus mashg'ulotlardan, narsa-buyumlar bilan qilinadigan harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg'ulotlardan foydalaniladi. Kattalar (hamshira- tarbiyachi) ikki yoshgacha bolgan bolalar nutqini rivojlantirishda ular bilan so‘zlashishni tokg‘ri tashkil etishi kerak. Bola bilan so‘zlashganda turli xil usullardan foydalaniladi. Masalan:
1) buyumning nomi aytiladi (mana paypoqcha, mana shippak va hokazo);
2) nimanidir qayerdaligini ko’rsatishni so'raydi (ko‘ylakning cho‘ntagi qayerda, kuchukchaning quloqlari qani, mushukning dumi qani va boshqalar); 3) buyumlarning sifatini tushuntiradi (katta ayiq, kichkina ayiq, shirin choy, issiq suv, sovuq suv);
4) ,,Bu kim?”, — deb savol beradi, bolaga topshiriq beradi (ko’rsat, olib kel, olib bor, top, so'ra va hokazo);
5) bolaga faol nutqni talab etuvchi topshiriqlar beriladi: („Komildan mushukchasini so‘ra?, „Sharifa xolangga, uyqum kelyapti deb ayt“ va hokazo). Bunday topshiriqlarni bergandan so’ng, albatta uning bajarilishini nazorat qilib turish kerak. Buning uchun „Sen aytdingmi?“, „Sen so’radingmi?“, „Sen bajardingmi?“ degan savollardan foydalanish lozim. Shunday qilib, 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalar nutqining o‘sishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, „Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi“ bolalarda tevarak-atrofdagilar bilan asosiy aloqa vositasi bolgan nutqni o‘stirishga; bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga turli munosabatlar bilan murojaat qilishga undash, savollar bera olishga, o‘zining istaklarini va iltimoslarini, ko‘rgan-bilganlarini 2 - 3 gap bilan ifodalashga, atrofdagilarning gapiga diqqat bilan quloq solishga, ularning so‘z bilan ifodalangan talablarini bajarishga, savollarga (Bu kirn?, Bu nima? va hokazo) javob berish qobiliyatini o‘stirishga alohida o‘rin ajratgan.
Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi.Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi.Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlarining hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi.
Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va bilan bolalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ ko‘nikma rivojlanadi:bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga tushib ketdi»). Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining «men»ini anglash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |