Nazorat savollari:
Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqini o’stirish fanining vazifalari nimalardan iborat?
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog‘langan holda qaysi vazifalarni bajaradi?
Ona tili haqida qaysi chet el pedagoglarining fikrlarini bilasiz?
Bolalar nutqini rivojlantirish ishlariga hissa qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz?
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish masalalari O’zbekistonda qachondan boshlangan va kimlar hissa qo’shgan?
2-Mavzu:Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan pedagogik talablar
Reja:
Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to’g’ri rivojlantirish uchun namuna sifatidagi ahamiyati.
Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan pedagogik talablar.
Tarbiyachi o’z nutqini takomillashtirish ustida ishlashi zarurligi.
Tayanch tushuncha va iboralar:Ta'lim, tarbiya, bilish faoliyati, fan, shaxs, til, tafakkur, nutq, mantiqiy, ijodiy fikrlash, usul, og‘zaki usul, ko‘rgazmalilik usuli, amaliy usul, o`yin, ijodiy ish, evristik, o‘zaro hamkorlik, kuzatish, suhbat.
Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo’li bilan egallab olishlarini isbotlab berdi. Tarbiyachining nutqi ona tilini endigina o'rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta’sir etish vositasidir. Bolalar hali tajribalari yo'qligi, nutqlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlarga ham, yomon tomonlarga ham bir xilda taqlid qilaveradilar. Har bir yosh guruhidagi bolalar, o‘z tarbiyachilari bilan maishiy-xo‘jalik, mehnat, o‘yin faoliyatida muloqotda bo‘ladilar. Tarbiyachi bolalar o‘yinini tashkil etadi, badiiy asarlarni o'qib beradi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo'ladi va bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o‘z aksini topadi. Demak, bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining nutq xususiyatlari to’laligicha tarbiyachi nutqiga bog’liq. Doimo bolalarning diqqat markazida bo'lgan tarbiyachining nutqi bolalar uchun madaniy nutq namunasi hisoblanadi. Tarbiyachi har doim o‘z nutqiga tanqidiy nuqtayi nazardan qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf etishga harakat qilishi lozim. Biroq u har doim ham o‘z nutqidagi kamchilikni aniqlashga muvaffaq bo‘lmaydi, chunki uning diqqati nutqining shakliga emas, balki mazmuniga qaratilgan boladi. Bundan tashqari, uzoq vaqtgacha o‘z nutqiga ehtiyotsizlik, e’tiborsizlik bilan qaraganligi tufayli, ayrim kamchiliklar nutqiga mustahkam o‘rnashib qolishi va bu nuqson o‘ziga mutlaqo sezilmasligi mumkin. Buning uchun tarbiyachi hamkasblarining ko’rsatmalariga amal qilishi va bu kamchilikni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.
Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash — bu uning o’z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o‘rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.I.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog’chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog‘bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g‘oyat samarali va nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatadigan hamma narsalarni o’zida birlashtiradigan bo‘lishi kerak. Bog‘bonning tili bekam-u ko’st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo‘lishi lozim“.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o‘z nutqidagi nuqsonlami aks ettiruvchi daftar tutishi, unga kamchiliklarini belgilab borishi, so‘ngra ularni bartaraf etish bo‘yicha reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak. Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qokyilgan talablami juda yaxshi bilgan holda o‘z nutqidagi kamchiliklarm bartaraf etib borishi kerak. Tarbiyachi nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |