Xonqa pedagogika kolleji


Tarbiyachi lug'atining boy bolishi



Download 428,78 Kb.
bet32/76
Sana10.03.2022
Hajmi428,78 Kb.
#488577
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Bog'liq
Nutq o\'stirish Majmua

6. Tarbiyachi lug'atining boy bolishi. Tarbiyachi o‘z nutqida so’zlarni to‘g’ri va aniq ishlata olsa, u holda uning nutqi bolalarga tushunarli bo’ladi. O‘zbek tilining lug‘ati juda ham boy, u doimo yangi so‘zlar bilan to'ldirib boriladi, iste’moldan chiqqan sokzlar yokqolib boradi. Tarbiyachi bolalar bilan nutqiy muloqotda bo‘lganda, ularning yoshini hisobga olib, ona tilining lugkat boyligidan keng foydalanmogki lozim.So‘zlarni to‘g‘ri tanlash tarbiyachi nutqini ifodali, mazmunli bo'lishim ta’minlaydi. Yangi so‘zlarni ishlatishga juda ehtiyotlik bilan yondashish kerak. Bunda ushbulami hisobga olish lozim:
— birinchidan, bolaning yoshini hisobga olib so‘z tanlash;
— ikkinchidan, doimo yangi so‘zlami lug'atiga kiritish, lug‘atida bor bo‘lgan so'zlarni faollashtirish, ularning ahamiyatini tushuntirish. Xulosa qilib aytganda, tarbiyachining hikoyasi to‘liq, chiroyli, so‘zlari to‘g‘ri tanlab olingan, grammatik tomondan to‘g‘ri shakllangan, mazmunli va ifodali, mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak. Tarbiyachi hikoya qilib berishda sinonimlardan, o‘xshatish va hikoya so‘zlardan foydalanishi zarur. Bu tarbiyachi nutqining ifodali, jozibali, mazmunan boy bolishini ta’minlaydi. Shuningdek, tarbiyachi o‘z nutqida xalq og‘zaki ijodidan (maqol, matal, tez aytish, topishmoq va h.k.), frazeologik so‘zlardan o'rinli foydalanishi kerak.
7. Tarbiyachi nutqining samimiy bo'lishi. Tarbiyachi bolalar bilan ishlash jarayonida nutqining quyidagi jihatlariga e’tibor berishi lozim:
1. Ona tilidagi hamma tovushlarni tolgkri talaffuz etishi, nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishi.
2. Sof, aniq-ravshan nutqqa ega bolishi, ya’ni diksiyasi yaxshi bolishi.
3. Nutqida adabiy talaffuzdan (so'zlardan) foydalanishi, ya’ni orfoepik normalarga rioya qilishi.
4. Bayon etiladigan fikrlarning mazmuniga qarab intonatsiya vositalaridan (ovoz kuchi, tempi, urg‘u, to‘xtam, ritm, temp, ohang) to‘g‘ri foydalanishga harakat qilishi.
5. Bolalar bilan nutqiy muloqotda bolganda yengil, sekin tempdagi, o‘rtacha baland ovozdagi nutqdan foydalanishi.
6. Bolalarning yoshiga qarab hikoya matnining mazmunini bayon etishda sinonim, omonimlardan va kinoya so’zlardan, xalq og‘zaki ijodiyotining namunalaridan foydalanishi.
7. Nutqning grammatik tomoniga e'tibor bergan holda fik- rini izchillik bilan, bir-biriga bog‘lab bayon etishi.
8. Bolalar bilan so'zlashganda baland tonda gapirmaslik, qo‘pol so‘zlardan (adabiy til normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, mantiqsiz so‘zlardan) foydalanmaslik.
Nutqdagi kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etmaslik natijasida yillar o‘tishi bilan bu nuqsonlar mustahkamlanib, kishilar uni sezmay ham qoladi. Nutqida kamchiligi bo’lgan tarbiyachi bolalar bilan ishlashi mumkin emas. Ko‘pchilik kattalar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Lekin bu fikr to‘g‘ri emas. O‘z nutqi ustida doimiy va qat’iy ishlagan tarbiyachi nuqsonlarini bartaraf etishi mumkin. Ayniqsa, tarbiyachi o‘z nutqida sirg'aluvchi (s, z), shovqinli (sh, j, ch), sonor (1, r) tovushlar talaffuziga e ’tibor berishi kerak. Agar tovush talaffuzida nuqsoni bo‘lsa, artikulatsiya apparati a'zolarining harakatiga, tovush talaffuzini takomillashtirishga yordam beruvchi mashqlarni bajarishi kerak. Buning uchun maxsus adabiyotlardan foydalanishi lozim. (T.B. Filicheva, L S . Volkova, G.Chirkina, L.M o‘minova. „Logopediya“ . T., ,,O‘qituvchi“, 1993; Q.Shodiyeva. „Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish“. T., ,,0‘qituvchi“, 1994).
To‘g ‘ri nafas olish va nafas chiqarish ustida ishlash. Tarbiyachi so’zlashganda to‘g’ri nafas olib, uni to‘g‘ri chiqarishi nutqning jarangdor, ohangdor bo’lshiga yordam beradi. U normal holdagi ovoz va tovushning hosil bo’lishini ta'minlaydi, nutqning bir xilligi va musiqaviyligini saqlaydi, nutqning mazmundorligiga qarab ovoz kuchi va balandligini o‘zgartirish imkonini beradi. Nutq jarayonida to‘g‘ri nafas chiqarishda kamchiligi bo’lgan tarbiyachi doimiy ravishda to’g‘ri nafas chiqarishga yordam beruvchi quyidagi mashqlarni bajarib borishi zarur:
1. Tarbiyachi o’ziga qulay bo’lgan holatni (turgan holda, chalqancha yotgan holda, o‘tirgan holda) tanlaydi. Bir qoiini qorniga, ikkinchi qo‘lini esa yondan ko‘krak qafasining pastki qismiga qo‘yib, burni orqali chuqur nafas oladi (bunda qorin yuqoriga ko'tariladi, oldinga chiqadi, ko‘krakning pastki qismi kengayadi). Bu qorin va ko'krak qafasiga qo‘yilgan qo‘l yordami- da his etiladi — shu vaqtning o'zida havo erkin, bir tekisda chiqariladi (qorin va ko'krak qafasining pastki qismi awalgi holatiga qaytadi).
2. Burun orqali qisqa havo olib, uni 2 — 3 soniya davomida o'pkada ushlab turib, so'ngra og'iz orqali bir tekisda chokzib chiqarish.
3. Og‘izni ochgan holda qisqa nafas olish va cho‘zib, ashula qilib unli tovushlardan (a, o, i, u) birontasini talaffuz etish.
4. Bir nafas chiqarishda bir nechta unli (a-o-u) tovushlarni talaffuz etish.
5. Bir nafas chiqarishda 3 dan 5 gacha sanash (bir, ikki, uch...), sekin-astalik bilan sanashni 10— 15 tagacha yetkazish. Bir nafas chiqarishda teskari (o‘n to‘rt, o‘n uch, o‘n ikki) sanash.
6. Bir nafas chiqarishda (avval qisqa, so‘ngra cho'zib) tez aytish aytib, bir jumla bilan ikkinchi jumla o‘rtasidagi to’xtam vaqtida havoni yutish (nafas olish):
a) Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
b) Chovli simdan, chovgun misdan.
d) Lola arralaydi, Sora allalaydi.
e) G ‘uj chumchuqlar g‘ujum ustida chug'urlashib, g‘uj chumchuqqa g‘ujum cho‘qilatmaydi.
7. Bir nafas chiqarishda yonib turgan shamni puflab okchirish, shoxdagi barglarni, qoqigulni, yupqa qog‘ozdan qirqilib, ipga osilgan kapalak shakllarini puflash va hokazolar.
Diksiya ustida ishlash. Diksiya deganda — sof, aniq, ravshan nutqni, tovush talaffuzini tushunamiz. Yaxshi diksiyani hosil qilish uchun artikulatsiya apparati a’zolarining harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash kerak (lablarni sust harakatlanishini, tilning kam harakatchanligini va hokazolarni bartaraf etish), to‘g‘ri nafas olish va chiqarishga ahamiyat berish lozim. Buning uchun pastki jag’ til, lablar harakatini rivojlantiruvchi maxsus mashqlarni bajarish kerak. Tarbiyachi bu mashqlarni oyna oldida o'tirib bajaradi. Pastki jag‘ muskullari harakatini rivojlantirish uchun tarbiyachi quyidagi mashqlarni bajarishi mumkin:
1. Pastki jag‘ni tishlar orasidagi oraliq ikki barmoq kengligida bolguncha erkin ravishda qo‘yib yuborish.
2. Bir nafas chiqarishda unli tovushlarni talaffuz etish.
3. Unli tovushlarni (a, o, u, i) ovoz qo’shib aytish.
4. Bir nafas chiqarishda bir nechta unli tovushni birgalikda cho’zib talaffuz etish.
5. Unli tovushlarga boy boigan maqollar, tez aytishlar, topishmoqlar, so‘z o‘yinlarini aytish. Tez aytishlar:
a)Juvarini chumchuq yeb ketdi. Egasi ertaga kelaman deb ketdi. Kelmay ketgur ko‘r chumchuq juvarini egasi kelguncha vayron qilib ketdi.
b)To‘rt laylak tog‘ga chiqib, lakalakalamoqchi bolibdi. Lakalakalasa ham lakalakalamoqchi bo‘libdi.
So'z o'yinlari:
a) Olmaxon olmani ol, ma! Olmani olmaxondan olma.
b) Menman sizning olmangiz, Xomligimda olmangiz, Nortojiga o‘xshab so‘ng Voy qornim deb qolmangiz.
Topishmoqlar:

  1. Yurar tekis egatdan,

Barmoqlari po‘latdan,
Yelkasida qopi bor,
Katta temir savatdan. (Paxta terish mashinasi)

  1. Kelsangiz ham,

Ketsangiz ham,
Har zamonda qo‘l berishni,
Yo‘l berishni, Qilmas kanda. (Eshik)

  1. Tarvuzim bir oyoqli,

Po‘sti rangdor bo‘yoqli.
Ko‘rsatar hamma yoqni,
Ham yaqin, ham yiroqni. (Globus)
IV. Maqollar:
a) Birlashgan yovni yengar.
b) Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama.
d) Avval o‘yla, keyin so‘yla.
Yuqoridagi vazifalarni bajarishda pastki jag‘ning erkin tarzda pastga tushishini nazorat qilib turish kerak. Pastki labning harakatini rivojlantirish uchun mashqlar Pastkilabning yetarli darajada harakat qilmasligi sababli ayrim tarbiyachilarda ko’pgina unli va undosh tovushlar aniq, ravshan talaffuz etilmaydi. Har bir tovushni talaffuz etishda artikulatsiya apparatining ma'lum bir a’zosi harakat qiladi. Masalan, ,,S“ tovushini talaffuz etganda artikulatsiya appa- rati a’zolari quyidagi holatda bo'ladi: — lablar kulgu holatida, ochiq; — pastki va ustki tishlar bir-biriga yaqinlashgan, orasi biroz ochiq; — tilning uchi pastki tishlar orqasida, yuqori qismi esa yuqori tishlar tomon biroz ko'tarilgan. ,,Sh“ tovushini talaffuz etganda esa artikulatsiya apparati a’zolari quyidagi holatda bo'ladi: — lablar biroz oldinga naychaga o‘xshab cho'zilgan; — tishlar bir-biriga yaqinlashgan, ammo birikmagan (ular orasidagi masofa 1 mm ga teng); — tilning uchi yuqorigi tishlar tomon ko'tarilgan.
Nutq orfoepiyasi (to‘g‘ri talaffuz etish qoidalari) ustida mashq qilish. Nutq orfoepiyasi ustida mashq qilish, nutqning adabiy talaffuzini o‘zlashtirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki talaffuz har doim ham qoida talabi asosida, ya’ni adabiy til normasi talablari darajasida bo’lmaydi. Shuning uchun ham adabiy til normalari darajasidagi nutqni suxandonlardan, badiiy so’z ustalaridan, namunali madaniy nutqqa ega bolgan kishilardan o‘rganish kerak. Ularning nutqlariga taqlid qilish lozim. Agar ayrim so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz etilishiga, urg‘ularning ishlatilishiga shubha bo’lsa, lug‘atdan foydalanish kerak. Nutqning ifodaliligi ustida ishlash. Nutqning ifodaliligi ustida ishlashda og‘zaki nutq uchun ifodalilikning intonatsion vositalaridan to‘g‘ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tarbiyachi o‘z nutqida urg‘ularni to‘g‘ri ishlatish, ovoz tempini va kuchini o‘zgartirish bilan so'zlarning mazmunini ajratish, to‘xtamlardan nutqda ovozni vaqtincha to‘xtatish (o‘rinli foydalanish, nutqda ovozning balandligi va kuchiga qarab harakati, nutq tempi, ma’lum vaqt ichida aytiladigan so‘zlar miqdori), ovoz balandligini o‘zgartirish ustida mashq qilish lozim. Intonatsiya nutqni jonli, jo‘shqin qiladi, fikrni to’liq va tugallangan holda bayon etishga yordam beradi. Tarbiyachi o‘z lug'atini, uning grammatik tomonini badiiy, ilmiy, maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o‘qib borish bilan boyitadi va takomillashtiradi.

Download 428,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish