Matematika fanini o‘qitish metodikasi
NAZARIY VA AMALIY MAShG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-mavzu: Boshlang‘ich ta'lim matematika fanidan kompetentsiyaviy yondashuv asosidagi o‘quv dasturi, darslik, multimedia ilovali qo‘llanmalar tahlili (2 soat ma'ruza).
Matematika fanidan o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgarishlar, o‘quv dasturidagi fanga oid kompetentsiyalarning mazmun mohiyati. Boshlang‘ich 1-4-sinf matematika fani darsliklari, ularga yaratilgan multimedia ilovali metodik qo‘llanmalar tahlili va ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati, ulardan ta'lim sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanish.
2-mavzu: Matematikadan algebraik (tenglik va tengsizlik, arifmetik amallar, harfiy ifodalar, tenglamalar yechish) materiallar ustida ishlash texnologiyasi (4 soat amaliy mashg‘ulot).
Tenglik va tengsizlik va arifmetik amallarning tasnifi va ularning turlari. Arifmetik amallar bilan ishlash qoidalari. Algebraik amallarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni matematika va boshqa sohadagi masalalarni yechishda qo‘llash. Harfiy ifodalarning qo‘llanishi. Tenglamalar va tenglamalarning turlari. Sodda va murakkab tenglamalar. Tenglamalarni yechishdagi qulay usullar. O`quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borish. Matematik tushuncha va munosabatlarni o‘quvchilar tomonidan ongli o‘zlashtirilishiga hamda hayotga tatbiq etilishiga erishish masalasi.
3-mavzu: Ulush va kasr. Og‘zaki va yozma hisoblash va taqqoslash usullari (2 soat ma'ruza, 2 soat amaliy).
Ulush va kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi. Butunning ulushi va uni topish. Ulushga ko‘ra butunni topish. Kasr tushunchasining ma'nosi, uning elementlari. Mahrajlari bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash, qo‘shish va ayirishning ma'nosi. Sonning kasr qismi va kasrga ko‘ra sonni topishga doir masalalar yechish. Og‘zaki va yozma hisoblash usullari.
4-mavzu: Geometrik materiallar ustida ishlash texnologiyasi (2 soat amaliy mashg‘ulot).
Geometrik materiallarni o‘rganish metodikasi. Geometrik (burchak, nur, simmetriya, perimetr, yuza, diagramma...) materiallar ustida ishlash texnologiyasi haqida tasavvurni shakllantirish va ularni chizish, ayrim xossalari bilan tanishtirish metodikasi. Sodda geometrik figuralarni yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish. Figuralarni farqlay olish, qismlarga bo‘lish, qismlardan figuralar hosil qilishga, diagramma tuzish va tahlil qilishga, ko‘pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblashga, perimetr, yuza o‘lchov birliklari va ular orasidagi bog‘lanishga doir masalalar yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |