O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI
XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
“Tasdiqlayman”
GulDU huzuridagi XTXQTMOHM
direktori: ___________Sh.Turdimetov
_____________ 2019-yil
MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM METODIKALARI KAFEDRASI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI MALAKASINI
OSHIRISH KURSINING ISHCHI O’QUV-MAVZUIY REJA VA DASTUR
Jami o‘quv soatlari 144/16-soat
Ma’ruza 44-soat
Amaliy 64/16-soat
Ko‘chma mashg‘ulot 12-soat
Mustaqil ta’lim 24 soat
“Kelishildi”
O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor
o‘rinbosari: ____________ A. Berikbayev
Кafedra mudiri:___________G.Berdaliyeva
GULISTON-2019
Mazkur ishchi o‘quv-mavzuiy reja va dastur “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasining 1-sonli yig’ilishida ko‘rib chiqilgan va markaz ilmiy metodik Kengashning 2019 yil “3” yanvar №-1 -sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Asos: XTVning 2018 yil 29-dekabrdagi 334-sonli buyrug’i.
Tuzuvchi: B.Atayeva
Kirish
Ishchi o‘quv dasturi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi.
Ishchi o‘quv dastur mazmuni ta'lim-tarbiya jarayonlarining huquqiyme'yoriy asoslari, ilg‘or ta'lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta'lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, boshlang‘ich ta'lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Ishchi o‘quv dastur doirasida berilayotgan mavzular xalq ta'limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari va o‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarini fanga oid zamonaviy ta'lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetentsiyalari rivojlantiriladi.
“Boshlang‘ich ta'limni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” fanning ishchi o‘quv dasturi boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari malakasini oshirish kursining o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, u boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ta'limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarning mazmun va mohiyatini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |