O‘QITISH SHAKLLARI
Mazkur modul bo‘yicha quyidagi o‘qitish shakllaridan foydalaniladi:
ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab olish, aqliy qiziqishni rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);
davra suhbatlari (ko‘rilayotgan loyiha echimlari bo‘yicha taklif berish qobiliyatini oshirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);
bahs va munozaralar (loyihalar echimi bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar echimini topish qobiliyatini rivojlantirish).
BAHOLASH MEZONI
|
|
№
|
Baholash turlari
|
Maksimal ball
|
Ballar
|
1.
|
|
|
Keys topshiriqlari
|
2
|
1.5 ball
|
2.
|
|
|
Mustaqil ish topshiriqlari
|
0.5 ball
|
2.3 “Amaliy xorijiy til” moduli
№
|
Modul mavzulari
|
Hammasi
|
Jami o‘quv soati
|
Jumladan
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
Xorijiy til o‘rganish talablari va imkoniyatlari
|
2 /2
|
2/2
|
-
|
2/2
|
-
|
2
|
Xorijiy tillardan ijtimoiy
vaziyatlarda foydalanish
|
2/2
|
2/2
|
-
|
2/2
|
-
|
3
|
Xorijiy tillarni o‘rganishda kommunikativ kompetentsiyalarni shakllantirish
|
2/2
|
2/2
|
|
2/2
|
|
4
|
Til ko‘nikmalarini rivojlantirish
|
2 /2
|
2/2
|
-
|
2/2
|
-
|
Jami
|
8/8
|
8 /8
|
|
8/8
|
|
AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI
1-Mavzu: Xorijiy til o‘rganish talablari va imkoniyatlari
Chet tillarni o‘rganish, o‘rgatish, baholash bo‘yicha Umumevropa tavsiyalari (CEFR) haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish. Tizimning tashkil etish tarixi bilan tanishtirish. Uning talablari va darajalari haqida tasavvurga ega bo‘lish. Tinglovchilar o‘zlariga qo‘yilgan talablarni bilishi va o‘rganishi, shuningdek o‘rgatish va baholashga doir masalalari haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy va texnologik vositalar yordamida tinglovchilarni xorijiy hamkasblari bilan aloqa o‘rnatishni o‘rgatish, internet yordamida o‘z mutaxassisligiga tegishli ma’lumotlarni ola bilish. Uzluksiz ravishda internet tarmog’ida berilib borilayotgan ma’lumotlar bilan tanishib borish. Mashg’ulotlar jarayoniga internet resurslaridan olingan ma’lumotlarni tadbiq etish, ulardan o‘z mutaxassisliklari doirasida keng foydalanish.
Grammatika: kishilik va egalik olmoshlari, “to be” va “to have got” fe’lining shakllari va ishlatilishi.
2-Mavzu: Xorijiy tillardan ijtimoiy vaziyatlarda foydalanish
Ingliz tilida o‘z mutaxassisligiga tegishli terminlarni tushunish, ularni qo‘llay bilish, maxsus kasbiy matnlarni asosiy ma’nosini tushuna olish. Mutaxassislikka oid mavzularda matn tuza olish, muloqotga kirishish, taassurotlarini, voqealarni, muammolarni, intilishlarni ta’riflab bera olish, o‘z fikrini va kelajakdagi rejalarini bayon qila olish. Ta’lim muassasasi haqida ma’lumot, ta’limga oid so‘zlar, so‘z birikma va atamalar. O‘z ish joyi va lavozim majburiyatlari haqida ma’lumot bera olish.
Grammatika: There is/are konstruktsiyasi. Sanoq sonlar 1-1000. Tartib sonlarning yasalishi. In/on/at/under – o‘rin-joyni anglatuvchi predloglar.
3-Mavzu: Xorijiy tillarni o‘rganishda kommunikativ kompetentsiyalarni shakllantirish
Til ko‘nikmalari gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuvga tegishli bo‘lgan mashqlarni bajara olish. Savollarga javob berish, berilgan mavzuni yoritib, gapirib bera olish. Matnni tinglab uning mazmuni buyicha savollarga javob berish. O‘qish, test savollariga javob berish. Berilgan mavzuni yoritib, matn yozish.
O‘zi va yaqinlari, do‘stlari, yashash joyi va qiziqishlari haqida ma’lumot berish va so‘rash. Tanishuv va tanishtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z va iboralardan to‘g’ri foydana olish. O‘z oila a’zolarini tanishtira olish, ularning yoshi va kasbi haqida ma’lumot bera olish. Kundalik hayotda ishlatiladigan so‘z va iboralar bilan tanishtirish. Kun tartibi, ish joyi kabi turli mavzularda suhbatlashish. Maxsus kurs yakuni bo‘yicha sinov (og’zaki) o‘tkazish. Vaqtni so‘rash va javob berish. Xafta kunlari nomlari bilan tanishtirish.
Grammatika: In/on/at - paytni anglatuvchi predloglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |