9. Uyg’ur millati (维吾尔族) 8 mlndan oshiq aholiga ega bo’lgan uyg’ur millatining asosiy istiqomad qiladigan hududi Shinjiong- uyg’ur avtanom rayoni(新疆维吾尔自治区)dir. “Uygur”so’zi xalq tilidagi ma’nosi “ahillik” degan ma’noni bildiradi. Uyg’urlar avaliga chorvachilik qilishadi , keyinroq esa ya’ni IX asrda dehqonchilikni boshlashgan. Uyg’ur xalqida hunarmandchilik juda rivojlangan. Ularda turli naqshlarga ega bo’lgan gilamlar, ko’rpalar , do’ppilar bor. Ular pichoqchalar va musiqa asboblarini yasashadi. Uyg’ur xalqining o’z tili, yozuvi, madaniyatiga egadir. Uyg’urlar qo’y va mol go’shtidan tayyorlanadigan taomlarni juda yaxshi ko’rishadi. Ularning milliy kiyimlari turli-tuman. Erkaklarga chopon kiyib yurish yoqsa, ayollarga uzun kiyimlarni xush ko’rishadi. Uyg’urlarning yoshu-qarisi, ayolu-erkaki boshiga do’ppi kiyishni juda yaxshi ko’rishadi. Bu xalq juda mehmondo’stdir.Uyg’urlar islom diniga e’tiqod qilishadi va isloiy bayramalar, hayitlarni keng ko’lamda o’tkazishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |