11. Qirg’iz millati(吉尔克孜族) Qirg’iz millati 160 mingdan ziyod aholiga ega. Qirg’izlarning ham Xinjiong (新疆) da o’zlarining rayonlari joylashgan. Chorvachilik qirg’izlar hayotining ajralmas bo’lagidir. Qirg’iz millati adabiyotidan juda ko’p xalq qo’shiqlari, she’rlari va musiqalari o’rin olgan. Manasi ( 玛纳斯) she’ri Xitoydagi kam sonli millatlar tarixidagi eng mashhur uch she’rdan biridir. Qirg’izlarning tili, tarixi, geografiyasi, musiqasi, dini, xalq madaniyati o’zi bir enseklopediyadir. Bu xalqning eng sevgan rangi bu-qizil. Shuning uchun ham tarixdan bu xalqning kiyimlarida, san’at asarlarida qizil rahgi mujassam etgan. Qirg’iz tili uyg’ur va qozoq tillariga juda yaqin, ular bir turkumga mansub. Aholisining kattagina qismi islom diniga bo’ysunadi. Lekin ular orasida lamanizmga e’tiqod qiliuvchilarni ham uchratish mumkin. Bu xalq ham mehmonni juda yaxshi ko’radi. Ular asosiy bayramlari Qurbon hayiti, shu bilan birga yangi yilni ham keng nishonlaydilar. Bayramlarda ular bir-birlarnikiga mehmonga borishadi. Sayllar uyushtirib ot musobaqalari, qo’chqor urushtirishlarni tashkil etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |