8. Hui millati (回族) Kam sonli millatlar ichida aholisi jihatidan uchinchi o’rinda turadigan hui millati 9 mln ortiq aholiga ega. Ular butun mamlakat bo’ylab ko’p pravensiya va shaharlarga tarqalgan. Asosiysi Xitoyning shimoliy-g’arbiy qismida istiqomad qilishadi. Xitoydagi eng qadimgi huilar VII asrda arablar bilan birga kirib kelishgan. XIII asrda uyg’ur, mog’ul va hanlardan keyin hui millayi shakllana boshladi. Huilarda savdogarchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik o’ta rivojlangan. Han tilini ular millat tili qilib olishgan. Ular bilan hanlarning o’qtasida tafavut juda katta. Hui millatining erkaklari doimo oq do’ppi kiyib yurishadi. Hui millatining dini- Islom. Din ular hayotining ajralmas bo’lagidir va din ular yashash tarziga katta ta’sir o’tkazgan. Masalan, Cho’chqa go’shtini istemol qilish , tamaki chekish, aroq ichish ta’qiqlangan. Ularning asosiy bayramlari Qurbon va Ramazon hayot bayramlari. Qurbon Hayiti bayramida ular ertalab namoz o’qib keyin, qo’y, mo’llarni so’yib qurbonlik qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |