5. Davor millati (达斡尔族)Davorlar 130 mingdan ortiq aholiga ega. Ularni nisbatan Ichki Mog’uliston avtanom rayonida (内蒙古自治区) va Heilongjiang pravensiyasi (黑龙江省)da ko’proq uchratish mumkin. Shinjiong (新疆)avtanom rayonining Tachen(塔城)shahrida ham ozroq ko’rish mumkin. Xitoyning shimoliy qismida yashovchi Davorlar millatining asosiy mehnati chorvachilik va baliqchilik tashkil etadi. Biroq bular baliqchilikda ko’proq yutuqqa ega bo’lishmadi. Ular asosan choqvachilikka ko’p e’tibor qaratib, shu sohani rivojlantirishga. Ularni “Yaylovda parvoz qiluvchilar” (草上飞) deb atashadi. Davorlarni huddi, Heji kabi o’zlarning so’zlashuv tili mavjud-u lekin, harfi yo’q. Ho’zirda ko’plari Han tilida so’zlashishadi. Lekin davorlar orasida mog’ul, uyg’ur va qozoq tillarida suhbatlashadiganlarini toppish mumkin. Davorlarning asosiy dini shomanizm sanaladi. Biroq ular orasida lamanizm diniga e’tiqod qiluvchilarni uchratish mumkin.