各省,自治区,直辖市少数民族人口
Hudud nomi
|
Kam sonli millatlar aholi soni
|
Kam sonli millatlarni aholisi hududda foiz (%) da
|
Hudud nomi
|
Kam sonli millatlar aholi soni
|
Kam sonli millatlarni aholisi hududda foiz (%) da
|
Guansi (广西)
|
17210000 kishi
|
38.34%
|
Heilongjiang (黑龙江)
|
1850000 kishi
|
5.02%
|
Yunnan (云南)
|
14330000 kishi
|
33.41%
|
Hainan (海南)
|
1360000 kishi
|
17.29%
|
Guijou( 贵州)
|
13340000 kishi
|
37.85%
|
Guandong (广东)
|
1230000 kishi
|
1.42%
|
Shinjiong (新疆)
|
11430000 kishi
|
59.39%
|
Henan( 河南)
|
1130000 kishi
|
1.22%
|
Liaonin (辽宁)
|
6780000 kishi
|
16.02%
|
Shandong (山东)
|
620000 kishi
|
0.68%
|
Hunan (湖南)
|
6580000 kishi
|
10.21%
|
Pekin (北京)
|
590000 kishi
|
4.26%
|
Ichki Mog’uliston (内蒙古)
|
4930000 kishi
|
20.76%
|
Fujian (福建)
|
580000 kishi
|
1.67%
|
Sichuan(四川)
|
4150000 kishi
|
4.98%
|
Jejian (浙江)
|
400000 kishi
|
0.85%
|
Hebei (河北)
|
2910000 kishi
|
4.31%
|
Anvei( 安微)
|
380000 kishi
|
0.63%
|
Hubei (湖北)
|
2620000 kishi
|
4.34%
|
Tianjin( 天津)
|
260000 kishi
|
2.64%
|
Jilin (吉林)
|
2460000 kishi
|
9.03%
|
Jiangsu( 江苏)
|
250000 kishi
|
0.33%
|
Tibet (西藏)
|
2460000 kishi
|
94.07%
|
Jiasi (陕西)
|
180000 kishi
|
0.49%
|
Chinhai( 青海)
|
2360000 kishi
|
45.51%
|
Jiangsi (江西)
|
110000 kishi
|
0.27%
|
Gansu (甘肃)
|
2230000 kishi
|
8.69%
|
Shansi (山西)
|
100000 kishi
|
0.29%
|
Jongchin (重庆)
|
1980000 kishi
|
6.42%
|
Shanghai (上海)
|
100000 kishi
|
0.60%
|
Ninsia (宁夏)
|
1940000 kishi
|
34.53%
|
|
|
|
Xitoydagi 55 ta kam sonli millatlar va Han millati haqida ma’lumotlar.
1. Mog’ul millati (蒙古族) Mog’ul millati Xitoyning asosan, shimoliy qismida hayot kechirishadi. Bu xalq 5 mlndan ortiq aholiga ega. XIII asrga kelib bu millat Xitoy hududiga kelib joylashishgan. 1279-yili mog’ullar Xitoy ustidan nazorat o’rnatadilar.1368-yili Yuan sulolasi, ularni quvib chiqaradilar. 1947-yiliga kelib Mog’uliston ikkiga bo’linib, Ichki Mog’uliston avtanom rayoni tashkil topdi. Shuning uchun, mogullarning asosiy qismi, shu hududda yashashadi. Mog’ullar o’zining milliyliga ega, ularning o’zining tili, yozuvi mavjud. Mog’ullarda tabobat juda rivoj topgan. Bu millat milliy changpao (长袍)1 va etik kiyib yurishga odatlanishgan. Bayram kunlari bu millat yashaydigan hududlarga sayyohlar kelishi juda ko’payadi. Bayram kunlari sigir, qo’y go’shtlaridan tayyorlanadigan taomlarni iste’mol qilishadi. Sut, Sut-choy ichishadi. Chunjie (春节)2dan tashqari har yilning iyul-avgust oylari o’rtalarida katta sayl uyushtishadi. Bu saylda ot musobaqalari tashkil etilib, o’ynab, musiqa kuylashadi.
2. Man millati (满族) Man millati 10 mlndan ortiq aholiga ega, Kam sonli millatlar orasida aholi jihatidan ikkinchi o’rinni egallaydi. Ular asosan, Xitoyning shimoliy-sharqiy hududida istiqomat qilshadi. Bu millat vakillarini Xitoyning Lioanin (辽宁)provensiyasida ko’p uchratish mumkin.Man millati 1644-yilda Qing sulolasi(清朝) davrida butun mamlakatga hukmronligini o’tkazishadi. Tarixadan Manliklar qishloq xo’jaligi va baliqsozlik juda rivoj topgan.Man millati Han millati madaniyatiga katta ta’sir o’tkaza olgan. Bu millat vakilaridan juda ko’p mashhur yozuvchilar, xattotlar, kino-teatr artistlari yetishib chiqqan, Misol uchun qilib, “红楼梦””Qizil bino orzusi” yozuvchisi, 曹雪芹 Saosuechin zamonaviy yozuvchilardan 老舍 Laoshe ni ko’rsatishimiz mumkin, Man millati aslida o’zining yozuvi va tiliga egadir. Hozirgi kunda han tildan ko’proq foydalanishadi. Juda kam insonlar man tilini ishlatishadi.Man millatining asosoiy istiqomad qiladigan dini bu shomanizmdir. Dinning manliklar hayotida o’z o’rniga ega. Man xalqining o’zining bayramlari juda ko’p, shu bilan birga han millati nishonlaydigan bayramlarni ham nishonlashadi.
22. Koreys millati (朝鲜族) Koreys millati Xitoy hududida 1mlndan oshiq aholiga ega. Asoson koreyslar Xitoyning shimoliy sharqidagi Jilin(吉林), Liaonin (辽宁), Heilongjiang (黑龙江) provensiyalarida uchratish mumkin. Jilin provensiyasida koreyslarning o’zlarining rayonlarini joylashgan. Koreyslar XVII asrlardan boshlab, Xitoy hududiga kelib joylashishadi. O’sha paytlarda koreyslarning asosiy mehnati dehqonchilik edi. Koreys tili va madaniyati kam sonli millatlar orasida ajralib turadi. Tarixdan koreys ta’lim-tarbiyasi alohida o’rin tutadi. 1949-yilda barpo etilgan Minzu universiteti (民族大学)da Koreyslar ta’lim –tarbiya bo’yicha butun mamlakat ichida eng yuqori o’rinni egallaganlar. Koreys millatining milliy bayramlari juda ko’p, ayniqsa ular qariyalarni juda ardoqlaydilar. Har yilning 15-avgustida ular qariyalar bayramini (老人节) nishonlaydilar. Juda ko’p joylarda qariyalar uchun bayramlar, sayllar uyushtiradilar. Koreyslar ayollari juda chiroyli raqsga tushishadi, yoqimli kuylashadi. Erkaklari esa futbol o’ynashni juda yaxshi ko’rishadi. Koreyslar mehmonga tashrif buyurishganda, u-bu yerga borganda oq rangli kiyim kiyishni odat qilishgan. Koreyslarning asosiy taomlari guruchdan tayyorlanadigan taomlardir. Koreyslarning xuddi Han millati kabi oilada uch muhim bayrami bor. Bular: Farzandning tug’ilganda, yoshi 60ga yetganda va uchinchisi turmush qurganiga 60 yil to’lganida.
Do'stlaringiz bilan baham: |