6. Evenke millati (鄂温克族) 30 mingdan ortiq aholiga ega bo’lgan Evenke millatini asosan Ichki Mog’uliston avtanom rayonida(内蒙古自治区)uchratamiz. Shu bilan birga ular Heilongjiang pravensiyasi (黑龙江省)da va Shinjiong (新疆)avtanom rayonida yashashadi. Evenke millati o’zini “tog’-u toshda o’rmonda yashovchilar” (住在大山林立的人们) odamlar deb ataydilar, Evenke millatida tarixdan rivojlanish ancha keyin boshlandi. XX asrning 50-yillarida bu xalq sekin-sekin dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullana boshladilar. 1965-yilda evenke millati o’zining qishlog’ini Ichki Mog’uliston avtanom rayonida ochdi. Ular Xitoyda eng oxirgilaridan bo’lib ovchilikni o’rgangan xalq hisoblanadi. Ulani ham o’zlarining tillari mavjud. Ularning ichida shomanizm lamanizm diniga e’tiqod qiluvchilarni uchratish mumkin. U xalqning ham bayramlari juda ko’p. Ulardan eng asosiysi, Chunjie Bahor bayrami. Hosil yig’ish paytida keng n ishonlanadigan Mikuole (米阔勒)bayrami uysuhtiriladi.