14 - holat
Mehnatiga bir qator xususiyatlar xosdir. Ulardan asosiysi shundan iboratki, rahbar
o’ziga mehnat qilmaydi, uning faoliyati u rahbarlik qiladigan ishchilar jamoasi
mavjudligi bilan ma’noga egadir.
Bu boshqaruv muhitida band bo’lgan rahbar va mutaxassislardan ishchanlik
qobiliyatini muntazam o’sishini, berilgan ishga javobgarlikni, mehnatni to’g’ri tashkil
qilishni va undan samarali foydalanishni talab etadi.
Zamonaviy rahbar o’zida omilkorlikni (chuqur bilimga asoslangan) ishbilarmonlikni,
tashabbusli intizomlilikni va ishga ijodiy yondashuvni uzviy ravishda birlashtirishi
shart.
Rahbar ega bo’lishi kerak bo’lgan xususiyatlar to’g’risidagi savol tamomila
echilmagan bahslashuvlarga olib kelyapti, zero, boshqaruvchining ishi o’ziga xos
xususiyatlarni talab qiladi. Bu sifatlarni o’lchash, ularning tarkibini aniqlash va
boshqaruvning turli daraja va ob’ektlarining o’zaro bog’lanishiga tegishlidir. Ta’sirni
kuzatish qiyin, xususan, rahbarning u yoki bu xususiyatlarining miqdoriy alokasini,
uning jamoadagi munosabatlarida, ishning iqtisodiy ko’rsatkichlarida rivojlanish
darajasini ko’rsatish undan ham qiyin, lekin imkoni bor. Rahbar qanday
xususiyatlarga ega bo’lishi kerak? Bu savolga javob berish uchun shunday mezonlar
tizimini tanlash kerakki, u bilan rahbarning xususiyatlarini etarli ravishda ob’ektiv
baholash mumkin bulsin. Mezonlarning har biri maxsus ishlab chiqarilgan baholash
shkalasi bo’yicha miqdoriy ravishda baholanadi. Ekspert so’rashga va ekspert
natijalari asosida rahbarga zarur va etarli bo’lgan xususiyatlar ro’yxati tuziladi.
Boshqaruv bo’yicha adabiyotda nashr qilingan izlanishlar asosida rahbar va
mutaxassislar kerakli bo’lgan xususiyatlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga
bo’lish mumkin:
1. Uddaburonlik (tashabbuskorlik):
tavakkal qila bilish;
berilgan ishga shaxsiy javobgarlik hissi;
insonlarga g’amxo’rlik qilish;
bir fikrda turish;
tanqidga quloq sola bilish, o’z ishiga (xatti-harakatiga) tanqidiy qarash.
2. Intizom va mehnatga munosabat:
mehnatsevarlik;
intizom.
3. Kasb egasi ekanligi omilkorlilik (o’z kasbini chuqur egallaganligi, chuqur bilim egasi)
va bilim darajasi:
ma’muriy;
omilkorlik (chuqur bilimga ega bo’lish);
eruditsiya (bir yoki bir necha sohada keng va chuqur ma’lumotga ega bo’lish).
4. Tashkiliy va ma’muriy qobiliyat:
ishbilarmonlik;
tashabbuskorlik;
ish haqidagi fikrlarni qisqa va aniq bayon qila olish;
aniq bir maqsadga qaratilganlik;
ish bo’yicha bo’ladigan xatlarni, buyruqlarni, farmoyish va boshqalarni yoza bilish;
o’z vaqtida qaror qabul qila olish;
qarorning bajarilishi bo’yicha nazorat o’rnatish qobiliyati;
murakkab sharoitlarda o’z yo’nalishini tezda aniqlashni bilish;
yangilikdan qo’rqmaslik;
turli tashkilot rahbarlari bilan ishlashni bilish.
5. Jamoa muhitiga mos kelish:
mustaxkam birlashgan jamoani yarata olish;
bo’ysinuvchilar bilan ishlay olish;
nizoli holatlarni bartaraf qilish (yo’lga qo’yish);
qat’iyat;
jahli tezlik;
odamlar bilan kirishishlik;
vijdonlilik;
dilrabolik;
kamtarlik;
tashqi ko’rinish (ozodalik, pokizalik, tozalik);
6. Boshqa xususiyatlar:
sog’liq-salomatlik;
ish muddati;
yosh;
oilaviy holati.
Albatta, rahbar va mutaxassis bu hamma xususiyatlarga ega bo’la olmaydi.
Ekspert so’rovlar va ekspert natijalar yordamida rahbar yoki mutaxassisga kerakli va
etarli bo’lgan xususiyatlarning ro’yxatini tuzamiz.
15 - holtashqi ko’rinish (ozodalik, pokizalik, tozalik);
6. Boshqa xususiyatlar:
sog’liq-salomatlik;
ish muddati;
yosh;
oilaviy holati.
Albatta, rahbar va mutaxassis bu hamma xususiyatlarga ega bo’la olmaydi.
Ekspert so’rovlar va ekspert natijalar yordamida rahbar yoki mutaxassisga kerakli va
etarli bo’lgan xususiyatlarning ro’yxatini tuzamiz.
Javob
Rahbar õziga xos xususiyatlarga ega bõlishi kerak. Avvalambor mening fikrimcha rahbar õz ishiga mas'uliyatli bõlishi kerak. Ya'ni har bir õzi bajarayotgan ishni birovning zimmasiga yuklashdan oldin õzi õsha ishga mas'uliyatli bõlishi lozim. Ikkinchi bõlib tavakkalchi bõlishi kerak. Biz bilamizki, tadbirkorlikdan asosan foyda risklar orqali keladi. Rahbar birinchi navbatda tavakkalchi bõlsa korxona kõproq foyda kõradi. Uchinchidan, kelajakni kõra olish qobiliyatiga ega bõlishi kerak. Chunki har bir tavakkalni amalga oshirganda bu ishdan maksimal qancha foyda yoki zarar olishi mumkin. Minimal harajat qilgan holda, muvaffaqiyatga qanday erishsa bõladi, shuni kõra olishi kerak. Tõrtinchidan, rahbar õz kasbini mutaxassisi bõlishi kerak. Chunki rahbar õzi qanday ish qilayotganligini his qilishi, bilishi, bilim, malaka, kõnikmaga ega bõlishi kerak. Beshinchidan, rahbar tashabbuskor bõlishi kerak.
Yuqorida keltirilganlardan foydalanib rahbar quyidagi xususiyatlarga ega bõlishi kerak degan xulosaga kelamiz
1. Mas'uliyatli
2. Tavakkalchi
3. Kelajakni kõra olish
4. Kasbiy bilim
5. Tashabbuskor
Albatta bular rahbarni birlamchi xususiyatlari bõlib, õz ishida faoliyat yuritishi davomida rahbar õz shaxsini shakllantirib boradi. Har bir ishdan õziga xulosa chiqaradi va õzining "men"ini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |