16. Tatar millati(塔塔尔族) 5 mingga yaqin aholiga ega bo’lgan millat asosan Shinjiong(新疆)da yashashadi. Tatarlar Xitoydagi yevropalashgan millatdir. Ularning har bir narsasida yevropa havosi urib turadi. Ular ovqatni qo’lda ham emas, kuaizi3 (筷子)da ham yeyishmaydi. Faqat qoshiqda. Tatarlarning tili, madaniyati uyg’ur qozoqlarga juda yaqin. Tarbiya ham rivoj topgan. Ziyolilar juda ko’p. Tatarlarning milliy musiqalari juda yoqimli. Ular to’ylarda milliy cholg’u asboblaridan ajoyib kuy chalib o’ynab kulishishadi. Ular ham islom diniga ishonishadi. Bayramlarini nishonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |