Qurbon hayiti arab tilida Iydu-l-Azho deb ataladi. "Iyd" bayram demakdir. Bizdagi hayit so‘zi ham aslida ushbu "Iyd" so‘zining o‘zbekchalashgan ko‘rinishi



Download 368,56 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2023
Hajmi368,56 Kb.
#906480
  1   2
Bog'liq
Qurbon hayiti

Qurbon hayiti arab tilida Iydu-l-Azho deb ataladi. “Iyd” bayram demakdir. Bizdagi hayit so‘zi ham aslida ushbu “Iyd” so‘zining o‘zbekchalashgan ko‘rinishi. Iyd so‘zining ilk harfi halqum harflaridan bo‘lmish ’ayn harfi bo‘lganligi bois uni o‘zbekchada o‘zidek talaffuz qilish biroz qiyin. Shu bois bizning tilda bu so‘z “hayit” o‘laroq ommalashgan. Endi, “iyd”so‘zining kelib chiqishiga kelsak, bu so‘z arabcha “qaytmoq, qaytarmoq, foyda yoki zararni olib kelmoq” ma’nolariga dalolat qiluvchi "عاد" (’aada)fe’liga borib taqaladi. «Al-bahrur-roiq sharhu kanzid-daqoiq" kitobining muallifi mashhur hanafiy faqih Zayniddin ibn Nujaym shunday deydilar: "Iyd so‘zi bilan uning o‘zagi bo‘lgan "qaytib kelish" so‘zi orasida munosabat borligi sir emas. U shuning uchun ham shunday nomlandiki, u kunda Alloh taolodan bandalarga lutfu-inoyat, in’omu-ehsonlar qaytadi; Yoki bunday nomlanishiga sabab, u kun takror-takror keladi, qayta-qayta nishonlanib, bayram qilinadi; Yoxud u odamlarga shodlik olib kelgani uchun shunday nomlangan; Yo esa, xuddi karvonni yaxshi niyat bilan "qofila" ya’ni "qaytib keluvchi" deb nomlaganlari singari, bu kunga ham qayta yetishish nasib bo‘lishiga umid bog‘lab, nekbinlik yuzasidan «iyd» nomi berilgan". 


Ozod, sog‘lom, oqil va bolig‘ bo‘lgan erkak musulmon kishiga iyd namoziga hozir bo‘lish vojibdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam iyd namozini muntazam ravishda qoim qilganlar, hech qachon tark qilmaganlar. 
Iydul-Azho kunida rioya qilish mustahab sanalgan va behad ajru savobli bo‘lgan ma’lum ishlar va odoblar bor. Quyida ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 

1. Hayit namoziga chiqishdan oldin g‘usl qilish, bisotidagi liboslarning eng yaxshisini kiyish va hushbo‘ylanish. Negaki, bu shunday ulug‘ bayram va shodiyonaki, u kunda musulmonlarning hay’atida ham bayramona kayfiyat ko‘rinib turishi kerak. Boz ustiga, hayit namoziga ketayotgan odam albatta izdihomga ro‘baro‘ bo‘ladi. Shu bois ham undan hushbo‘y hidlar taralib turishi maqsadga muvofiqdir. Yangi kiyimi bo‘lmasa, kiyimlari ichidan eng yaxshisini tanlab, yuvib-dazmollangan holda kiyishi mustahabdir. Nabiy alayhissalom har hayitda Yamandan keltirilgan qizg‘ish rangli to‘nlarini kiyganlari rivoyat qilingan. 

2. Iydul-Azho kuni Iydul-Fitr kunidan farqli o‘laroq, hayit namoziga hech qanday yegulikdan totinmagan holda chiqib ketib, namozdan qaytgach, so‘ygan yoki o‘ziga hadya etilgan qurbonlikning go‘shtidan yeyish mustahabdir. Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni narsa yemaguncha namozga chiqmas edilar, Azho kuni esa hayit namozini o‘qib bo‘lmaguncha narsa yemas edilar” (Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbon rivoyatlari). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Azho kuni namozdan oldin taom yeyishdan tiyilishlarining hikmati haqida Mullo Ali Qoriy (r.h.) bunday deydilar: “Buning sababi o‘sha kunda birinchi bo‘lib yeydigan narsasi o‘z qurbonligining go‘shtidan bo‘lmog‘i uchundir. Zero, Alloh taolo aytadi: "Bas, undan (ya’ni so‘ygan qurbonligingizning go‘shtidan) yenglar va bechora-kambag‘allarga ham yediringlar!" Shu bois ham, Allohning amriga bo‘ysunish yuzasidan u kuni eng birinchi yeyiladigan narsa qurbonlik go‘shti bo‘ladi” (“Mirqotul-mafotih”: 3/544). 

3. Hayit namozi o‘qiladigan joyga mumkin qadar ertaroq borish, yuzida xursandchilik alomatlari zohir bo‘lib turishi, mumkin qadar ko‘proq sadaqa va xayru ehsonlar qilmoq. 

4. Hayit namoziga piyoda yurib borish hamda namozgohga bir yo‘ldan borgan bo‘lsa, qaytishda u yo‘lni o‘zgartirib, boshqa yo‘ldan piyoda qaytish ham mustahabdir. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilganlar. Buning hikmati borasida ulamolar turli xil fikrlarni bildirganlar. Jumladan, shuni aytish mumkinki, hayit namoziga piyoda borilsa,bayramona kayfiyat nafaqat odamlarning ichlarida, balki hammayoqda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bayramning tabarruk nafasi hamda musulmonlarning muborak qadamlari va yaxshiliklaridan barcha ko‘chalar va yo‘llar ham bahramand bo‘ladi. Olamda bahoriy nasimdek hushbo‘y kayfiyat hukmron bo‘ladi. Buni ko‘chalarni to‘ldirib, yuzlarida shodon ifoda bilan uylariga qaytayotgan orasta kiyingan odamlarda, namoz o‘qib bo‘linishi bilan hamma yerda yoyib tashlangan turfa xil yeguliklar, nozu ne’matlar va sovg‘ayu salomlardan o‘z ahli oilasiga olib borish uchun xarid qilayotgan oila boshliqlarida, ota, amaki va akalarining yonlarida quvonchlari bir olam bo‘lib, turfa xil o‘yinchoqlarni o‘ynab kelayotgan bolalarning baxtiyor qiyofalarida ham ko‘rish mumkin. Boz ustiga, hayit namoziga bir yo‘ldan borib, boshqa yo‘ldan qaytilganda inson yana ham ko‘proq odamlarni ko‘radi, anchadan beri ko‘rmayotgan tanish-bilishlari bilan diydor ko‘rishadi va ularni shodiyona bilan tabriklash fursatiga ega bo‘ladi. Ayrim ulamolarning qayd qilishlaricha, inson hayit namoziga bir yo‘ldan borib, boshqa yo‘ldan qaytsa, yurgan har bir yo‘li hamda o‘sha yo‘llarga qo‘yilgan har bir farishta ham qiyomat kunida uning foydasiga guvohlikka o‘tar ekan. 

5. Arafa kuni bomdod namozi o‘qilgandan boshlab, to tashriq kunlarining oxirgi kuni quyosh botgunga qadar har farz namoz ketidan takbiri tashriq aytiladi. Bu sunnat. Uning ko‘rinishi mana bunday: “Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar, va lillaahil-hamd”. 
Hanafiy mazhabida tashriq kunlari hayit kunidan keyingi uch kun hisoblanadi. Demak, takbiri tashriq arafa kuni bomdod namozining farzidan so‘ng aytish boshlanadi va hayitning to‘rtinchi kuni asr namozida oxirgi takbiri tashriq aytiladi. Shu bilan tugaydi. Shunda besh kun davomida umumiy 23 ta namozdan so‘ng takbiri tashriq aytilgan bo‘ladi. Bu Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadlarning qavllari bo‘lib, mazhabimizda shu ixtiyor qilingan. Ammo, Imom Abu Hanifarahmatullohi alayhiga ko‘ra takbiri tashriq Arafa kuni bomdod namozining ketidan boshlanib, hayitning birinchi kuni asr namozi o‘qib bo‘lingach oxirgisi aytiladi. Bu qavlga ko‘ra sakkizta namozdan so‘ng tashriq takbirlari aytiladi. Ammo, amalda bo‘lgan qavl avval keltirganimiz imomaynning so‘zlaridir. 
Bu kunlarning tashriq kunlari deyilishiga sabab shuki, "tashriq" so‘zi arab tilida biron narsani oftobga yoyib, qoqi qilish degan ma’noni anglatadi. Odamlar bu kunlarda kelgusiga g‘amlab qo‘yishga mo‘ljallangan qurbonlik go‘shtlarini buzilib qolishidan saqlash uchun oftob nuriga yoyib, quritar edilar. Shuning uchun, bu kunlar tashriq kunlari deb ataldi. Shu bois, bu kunlarda aytiladigan takbir ham "tashriq takbiri" deb yuritildi. Alloh taolo marhamat qiladiki: 
Download 368,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish