Xitoy Xalq Respublikasi Reja


Xitoyning ma`muriy-hududiy bo‘linishi xaritasi



Download 0,82 Mb.
bet5/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#758329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasi

Xitoyning ma`muriy-hududiy bo‘linishi xaritasi.
Xitoy Xalq Respublikasi aholisi va mehnat resurslari.
Xitoy ko‘p millatli mamlakat, uning hududida 56 ta turli millat vakillari yashaydi. Biroq aholining 91%ini xitoyliklar tashkil etadi. Xitoyliklar mamlakatning sharqiy qismida to‘p­langan. Xitoy millatiga mansub bo‘lmagan xalqlar asosan og‘ir tabiiy sha­roitli qishloq joylarda yashaydilar. Ulardan - chjuanlar (asosan Guansi-Chjuan avtonom rayonida yashaydilar), xuey (Ninsya-Xuey avtonom rayoni), uyg‘urlar (Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni), tibetliklar (Tibet avtonom rayoni) mo‘g‘ullar (Ichki Mo‘g‘iliston avtonom rayoni), biroq ko‘pchilik avtanom rayonlarda xanlar ustun turadi. Shimoli-sharqda koreyslar, manjurlar, tog‘li rayonlarda - itszular, myao, yao, tutszya, bui, dunlar va boshqalar yashaydi. Turli millat vakillarining ko‘pchiligi Xitoy­ning janubi-g‘arbida, asosan Yunnan provinsiyasida yashaydi.
Xitoy aholisini dindor deyish qiyin, lekin shunga qaramay har bir xitoylikning hayoti uchta asosiy dinlar - konfutsionizm, daosizm va buddizm manbalarida yotuvchi ruhan-etnik meyorlarga bo‘ysunadi. Konfutsionizm xalqning qon-qoniga singib ketgan, xitoyliklar hayotini qaysi tomoniga qaramang uning ta’siri seziladi. Shuningdek Xitoyda xueylar, uyg‘urlar, qozoqlar, qirqizlar va ba`zi Pomirning etnik guruhlarida islom dini tarqalgan.
Xitoy dunyoda aholisining soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Butun Yer shari aholisining 1/5 qismdan ortig‘i to‘plangan.
Qadimgi Xitoyda an’anaviy tug‘ilishning yuqoriligiga qaramay (34 - 40 %), o‘lim sur’atining yuqoriligi hisobiga (25 - 30%) aholisi juda sekin o‘sgan, alohida davrlarda tabiiy ofatlar yoki harbiy harakatlar natijasida xattoki aholi kamaygan. Masalan, Taypeyni uyg‘onish davrida (1851-1869) 50 mln. kishi nobud bo‘lgan. 1850 - yilda 430 mln. kishi deb hisoblangan, XX asr boshida xuddi shuncha aholi bo‘lgan. O‘rtacha umr ko‘rish yoshi 30 yoshdan kam bo‘lgan.
XXR tashkil topgandan so‘ng, 50-yillarda tug‘ilish yuqoriligicha saqlanib qoldi. Shu bilan birga tibbiy xizmatning yaxshilanishi, aholining sanitar madaniyatining ko‘tarilishi, epidemiyalar bilan kurash, aholining turmush darajasining ko‘tarilishi natijasida o‘lim sur’ati keskin qisqardi. Aholi tez sur’atlar bilan o‘sa boshladi. Bu esa demografik siyosatni o‘tkazishni taqozo qildi.
Tug‘ilishni kamaytirishga qaratilgan demografik siyosatga 70-yillar oxiri 80-yillar boshida kirishildi. Oilani rejalashtirish siyosati turli xil imtiyozlar berdi: birinchi navbatda uy olish huquqi, yaxshi bolalar bog‘chasida bolani bepul ta’minlash, oliy o‘quv yurtlari va ishga qabul qilish imkoniyati, shuningdek oylik nafaqa to‘lovi. Oilada 2-farzand tug‘ilishi bunday imtiyozlardan mahrum etadi. Bunday oilalar turar joyiga va maoshiga bog‘liq holda bir necha 100 dan bir necha 1000 yuangacha jarima to‘lashga majbur bo‘lgan. (10-20 ta o‘rtacha maoshgacha).
Umuman Xitoydagi demografik siyosat asosan shaharda XX asr oxirlariga kelib tug‘ilishining 15,2 ‰ gacha pasayishiga olib keldi. O‘lim 6,5‰ bo‘lib, tabiiy o‘sish - 8,7 ‰ ni tashkil etdi, ya`ni Xitoy demografik siyosatni keyingi bosqichiga o‘tdi, tug‘ilishning pastligi, o‘limning past darajasi va tabiiy o‘sishning past ko‘rsatkichiga erishdi.
Xitoy aholisining jinsiy tarkibida erkaklar ko‘pchilikni tashkil etadi, bu esa erkaklarni yuqori mavqega egaligi bilan va ayollarni og‘ir sharoitda yashashi bilan bog‘liq.
Xitoy aholisi nisbatan yosh (15 yoshgacha bo‘lganlar 26 % atrofida), biroq oilani rejalashtirish siyosati aholini asta - sekin qarishiga olib kelmoqda.
Xitoy dunyoda o‘zining ko‘p sonli mehnat resurslari bilan ajralib turadi, ular mamlakat aholisining deyarli yarmini tashkil etadi. Aholisining asosiy qismi (3/4) qishloq xo‘jaligida band. Sanoatda band aholi soni ham ortib bormoqda, biroq xizmat ko‘rsatish sohasida bandlik haligacha pastligicha qolmoqda. Davlat sektorida ishchi kuchining faqat 15% igina band, bu ko‘rsatkich doimo qisqarib bormoqda. 1986 yildan boshlab yangi ishchi va xizmatchilarni ishga 3-5 yilgacha shartnoma asosida qabul qilinmoqda.
XIX asrning 2-yarmi va I - Jahon urishidan oldin Xitoyda tashqi migratsiya kuchaydi. Plantatsiya xo‘jaliklarini va tog‘ ruda sanoatini tez rivojlanishi arzon va bardoshli Xitoy ishchi kuchiga talabning oshishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda dunyoda Xitoy emigrantlarining soni 45 mln. kishini tashkil etadi. Ularning katta qismi Janubi-Sharqiy Osiyoda yashaydi. Xitoy tashqi bozorda ishchi kuchini eksportyori sifatida ishtirok etmoqda. Shuningdek Xitoy olimlari AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketmoqdalar.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish