Xitoy Xalq Respublikasi Reja


Xitoy Xalq Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 0,82 Mb.
bet12/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#758329
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasi

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar.
Xitoy o‘zini konfutsilik an’analari bilan uzoq vaqt dunyodan ajralib qolgan. XVIII asrgacha Xitoy tashqi savdoda ijobiy saldoga erishgan: Yevropa Xitoy tovarlariga ko‘proq muhtoj bo‘lgan. Yevropa tovarlariga qaraganda Xitoy ipaklari, chinnilari dunyoda qadrlangan. XIX asrning 2-yarmidan “opium urushi”dan so‘ng Xitoy chet el kapitali uchun ochildi. Tashqi savdo jadallashdi.
XXP tashkil topgunga qadar tashqi savdoni tuzulishi iqtisodiy ahvolni o‘zida aks ettirgan. Asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari (soya, o‘simlik yog‘i, ipak xom ashyosi, paxta, choy, qoramol) va tog‘-kon sanoati mahsu­lotlari (ko‘mir, temir rudasi, rangli metallar) eksport qilingan. Importni ⅓ qismini oziq-ovqat tashkil etgan (sholi, bug‘doy, un, baliq). Qadimiy Xitoy qishloq xo‘jaligi ehtiyojini ta’minlay olmagan. Sanoat mahsulotlarining ko‘pchilik turlarini keltirishga Xitoy juda yuqori darajada qaram bo‘lgan. Mashina va jixozlar, metallar, neft mahsulotlari, o‘rmon materiallari, paxta va boshqalar.
XXP tashkil topgandan so‘ng 50-yillarda SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengaydi. 60-70 yillarda tashqi savdo aloqalari uncha keng emas edi, lekin 80-yillardan boshlab tez o‘sa boshladi. Tashqi savdo aloqalarini turli formalarini tez rivojlanishiga Xitoyda 80-90-yillarda “ochiq iqtisodiyotni” shakllanishiga sharoit yaratdi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tizimida tashqi savdo markaziy o‘rinni egallaydi. Uning hajmi 360 mlrd. dollar (1999), ya’ni dunyo tashqi tovar aylanmasining 3 % ini tshkil etadi. Isloxotlar davrida (1978 y.) o‘rtacha yillik tashqi savdo aylanmasini o‘sish tezligidan 2 marta yuqoridir. Biror, Xitoy tashqi savdo aylanmasini jon boshiga to‘g‘ri keladigan hisobi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlardan juda orqada qolmoqda.
Tashqi savdoni tezlik bilan rivojlanishi avvalo uni markazlashganligi bilan bog‘liqligidir. Agar u isloxotlargacha butunlay davlat tomonidan monopollashgan bo‘lsa (eksport va importni 12 ta davlat kompaniyalari amalga oshirgan), 90-yillar o‘rtalariga kelib tashqi savdoni 3600 dan ortiq kompaniyalar olib bormoqda.
Eksport tuzimini o‘zgarishida tayyor mahsulotlarni ortishi va xom ashyo mahsulotlari hissasini qisqarishi asosiy jihati hisoblanadi. Tayyor sanoat mahsulotlariga butun eksport hajmini 1997 yil 87 % i to‘g‘ri kelgan (70 - yillar oxiri 20 %), birlamchi ishlov berilgan mahsulotlarga 13 % (70 - yillar oxiri 80 %) to‘g‘ri kelgan.
Eksportda kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlari yetakchi o‘rinni egallaydi (barcha qiymatning 30 %i).
Xitoy eksportida keng iste’mol tovarlari ajralib turadi: o‘yinchoqlar, poyafzallar, galanteriya buyumlari, sport va turistlar tovarlari. Eksport hajmida 2-o‘rinni “Mashina-texnik” jihozlari egallaydi (qiyatni 25 %i) Dunyo bozorida elektron sanoati mahsulotlari mashhur: magnitofonlar, videomagnitofonlar va boshqalar.
Xitoy importida o‘sayotgan iqtisodiy ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lgan mashina-texnik, elektron mahsulotlar, transport vositalari (barcha qiymatni yarmi) ajralib turadi. Xitoy avtomobillar, samolyotlar, to‘qimachilik jihozlari, metalni qayta ishlovchi stanoklarni faol sotib olmoqda.
Mamlakatdan sanoat xom ashyolarini, yarim fabrikatlar, qora metallar prokati, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi chiqarish o‘smoqda. Import­da qishloq xo‘jalik o‘g‘itlari va pestisidlar tashkil etadi.
Xitoy 180 dan ortiq mamlakatlar bilan savdo qiladi, tashqi savdo aylanmasini yarmi 3 ta hamkorlarga Yaponiya (20 %), alohida ma’muriy rayon Syangan (16 %) va AQSHga (14 %) to‘g‘ri keladi. Umuman islo­xotlar davrida Xitoyda ma’lum savdo hamkorlari shakllandi. Bular Ya­poniya, Syangan, Tayvan, Koreya Respublikasi, Singapur, AQSH, YH mamlakatlari (asosan GFR) va Rossiya.
Xitoyni yirik savdo hamkori Yaponiya bo‘lib, mamlakatga yapon mahsulotlari olib kirish Xitoydan olib chiqishga nisbatan ko‘proq. Yaponiyadan prokat va po‘lat, mashina va jihozlar olib kiriladi.
Importda xo‘jalik elektronikasi, avtomobillar, elektronikani roli katta. Xitoyni Yaponiyaga asosiy eksportini yoqilg‘i (neft, ko‘mir), oziq-ovqat mahsulotlari, gazlama, kiyim-kechak tashkil etadi.
Syangan bilan savdo balansi 1952 yildan boshlanib, har doim ijobiy saldoga ega bo‘lgan. Xitoy u yerga to‘qimachilik va kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi chiqaradi. Mashina va transport jihozlari, elektronika va aloqa vositalari keltiriladi. Syangan Xitoyning eksport bazasi.
Xitoy tashqi savdosida Rossiya asosiy o‘rinni egallaydi. So‘nggi 10 yilliklarda tez sur`atlar bilan o‘smoqda. Rossiya Xitoy hamkorlari ichida 7-o‘rinni egallaydi, bir vaqtni o‘zida Xitoy Rossiyani GFR dan keyin 2-savdo hamkori hisoblanadi. Xitoy eksportida to‘qimachilik buyumlari, kiyim-kechak va oziq-ovqat, importda mashinalar, yog‘och va metall ustun turadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning eng dinamik ko‘rinishi 90-yillar boshidan chet el investitsiyalarini jalb etish hisoblanadi. Uning hajmi bo‘yicha (40 mlrd.dollar) Xitoy rivojlanayotgan davlatlar ichida 1-o‘rinni egallaydi. 1996-yil boshlarida mamlakatda deyarli 200 ta chet el kapitali ishtirokida korxonalar hisobga olindi.
Kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi 390 mlrd. dollar atrofida tashkil etdi. 50 ming qo‘shma korxonalar bo‘lib, ularda 5 mln. kishi band va 135 mlrd. dollar mablag‘i bor. Qo‘shma korxonalar tashqi savdoda muhim rol o‘ynaydi: ularga eksportni 30 %i va importni 40 %i dan ortig‘i tog‘ri keladi, biroq sanoat ishlab chiqarishida ularni hissasi katta emas. (Faqat 1995 y. 12 %). Qo‘shma korxonalar iqtisodni turli sohalarida tashkil etilmoqda: material ishlab chiqarishda infrastrukturada, savdo, mehmon­xona xo‘jaligi va boshqalar.
Dunyoni 117 mamlakatlari va regionlari investorlari ichida Syangan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini yarmidan ortig‘i), Tayvan (10 % atrofida), Yaponiya, AQSH va Singapur yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Investitsiyalarni asosiy qismi mamlakatni dengiz bo‘yi rayonlarida - 80 % dan ortig‘i to‘plangan, uning asosiy qismi Guandun provinsiyasiga, markazga bo‘ysinuvchi Shanxay, Pekin shaharlariga to‘g‘ri keladi.
90-yillarni o‘rtalarida Xitoy chet mamlakatlarni investitsiya bilan ta’minlashi faollashdi. Xitoyni birinchi transmilliy koorporatsiyasi dunyoni 15 ta mamlakatida filiallariga ega bo‘lgan metallurgiya kombinati “Shougan” bo‘ldi. Hammasi bo‘lib rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha chet ellarda Xitoy kapitallari ishtirokida 5000 atrofida korxonalar hisobga olingan.
Xitoy iqtisodi uchun sayyoxlik xizmatlari bozori katta ahamiyatga ega. Pekin va Siani, Shanxay va Guanchjouni diqqatga sazovor joylari, Buyuk Xitoy devori, bir qator tarixiy yodgorliklar, zamonaviy Xitoyni yetarli darajada g‘ayri oddiy hayoti - bularning hammasi chet ellik sayyohlar oqimini oshishiga olib kelmoqda.
Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish