Xitoy Xalq Respublikasi Reja



Download 0,82 Mb.
bet8/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#758329
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasi

Xitoy Xalq Respublikasi sanoati.
Xitoyda yirik ko‘p tarmoqli sanoat tashkil qilingan. An’anaviy rivojlangan tarmoqlar bilan birgalikda (to‘qimachilik, ko‘mir, qora metallur­giya) neft qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, kimyo, aviatsiya, kosmik, elek­tron kabi yangi tarmoqlar ham paydo bo‘ldi. Sanoat korxonalarining umumiy soni, unda band aholi soni bo‘yicha Xitoy dunyoda 1-o‘rinni egal­laydi. Hozirgi vaqtda og‘ir sanoatda barcha mehnat resurslarining 3/5 qismi ishlamoqda, ular sanoat mahsulotlarini yarmini ishlab chiqarmoqda.
Energetika resurslari. Xitoy asosiy energiya resurslari bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri. Biroq elektroenergiya kamomadi iqtisodini rivojlantirishda asosiy to‘sqinlik qiluvchi omillardan biridir.
Energobalansida ko‘mirga ¾qism energiya, neftga 1/5 qism to‘g‘ri keladi, gidroenergiya va gazni hissasi kam. Birlamchi energiyani 4/5 qismi sanoatga, asosan og‘ir sanoatga sarflanadi. Qolgan qismi sanoatning boshqa tarmoqlariga sarflanadi va eksport qilinadi (neft va ko‘mir).
Xitoy energetikasini o‘ziga xos jihati arzon yoqilg‘i turlarini juda ko‘p miqdorda ishlatishidir. (Qishloq xo‘jalik chiqindilari, yog‘och, qamish).
90-yildan boshlab atom energetikasi rivojlanib, yadro energetikasidan keng foydalanmoqda.
Xitoy ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Xitoyda ko‘mir konlarini 100 ga yaqin yirik markazlari va 11.000dan ortiq kichik va mayda ko‘mir shaxtalari bo‘lib, barcha ko‘mirni yarmiga yaqinini beradi. Yirik konlari Xuaynan, Xegandan 15-17 mln.t.­gacha, Kayluan, Datun, Fushun, Fusindan 25-30 mln.t.gacha qazib olinadi.
Hozirgi vaqtda 80%dan ortiqi yopiq shaxtalardan, ichki Mo‘g‘iliston va Shansi provinsiyasining shimolidan ochiq usulda qazib olinadi. Qazib chiqarilayotgan ko‘mirni 40-50 % ini kokslanuvchi ko‘mir tashkil etadi. Deyarli 40 % ko‘mir past sifatli va u mahalliy ahamiyatdagi korxonalarda ishlatiladi.
Mamlakatda ko‘mirni asosiy iste’molchi - sanoat (3/4 qismi atrofida) bo‘lib, yengil va oziq -ovqat sanoatida og‘ir sanoatga nisbatan ko‘proq sarflanadi. Elektroenergiya olishda ko‘mirdan juda kam foydalaniladi (1/5 qism).
Eng yirik ko‘mir qazib chiqaruvchi provinsiyalar Shansi (1/5 qismi), Xebey, Shandun, Xeylunszyan, Lyaonin.
Xitoy neftni yirik ishlab chiqaruvchisi: qazib chiqarish 160 mln.t. (dunyoda 6-o‘rinda). Neft sanoati yosh. 125dan ortiq konlari bor. Dengiz shelfidan ham qazib olinmoqda (Boxay va Lyaodun ko‘rfazlari, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari). Umuman, mamlakatning sharqiy qismiga barcha neftning 4/5 qismi to‘qri keladi. Eng yirik koni - Datsindan barcha neftning ⅓ qismi olinmoqda.
Xitoyda neftni qayta ishlovchi yirik sanoat shakllandi (130 mln.t.) va Sharqiy Osiyoda Yaponiyadan keyin 2-o‘rinda turadi. Yirik NQIZlar (5-10 mln.t.) bilan birga ko‘plab mayda (0,5 mln.t.gacha) korxonalar bor. NQIZlarni ⅓ qismi konlar yaqinida, ⅔ qismi esa neft mahsulotlari iste’molchi markazlarida, asosan sohil bo‘yida yirik shaharlarda joylashgan.
Xitoy neft eksport qiluvchi (Yaponiya, KXDRga), biroq ichki ehtiyojni ortishi natijasida eksport tezlik bilan kamaymoqda. Xitoy neft importiga o‘tmoqda.
Tabiiy gaz qazib chiqarish 18 mlrd m3, uning yarmi Sichuan provinsiyasiga to‘g‘ri keladi.
Xitoy qishloq xo‘jalik chiqindilaridan va yog‘ochdan biometan ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Elektroenergetika. Elektroenergetika ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda 2-o‘ringa chiqib oldi. (1,2 trl. kVt/s - 1999 y.). Elektrostan­siyalarning quvvati 217 ming MVt. Elektrenergiyaning 80%i IESlarda ishlab chiqiladi, ularning asosiy qismi ko‘mirda (¾ qismi) ishlaydi. Yirik IESlar mamlakatni sanoatlashgan shimoli-sharqida to‘plangan. Xitoyda eng yirik IES Szyansu provinsiyasidagi "Szyanbi" (1625 MVt).
Gidroenergetika ham rivojlanmoqda (ishlab chiqariladigan elektrenergiyani 1/5 qismi, 2015 y.gacha uning hissasini 35-40 % gacha oshirish ko‘zda tutilgan). Yirik GES- "Gech jouba" (2,7 ming MVt) Yanszi daryosida qurilgan. Daryoning yuqori qismlarida quvvati 10 000 MVt bo‘lgan GESlar kaskadi qurilishi davom etmoqda. 1995 yil o‘rta oqimida "Sansya" gidrouzeli qurilishi boshlandi. Quvvati 17,7 ming MVt bo‘lib dunyoda eng yirigi bo‘ladi. Bu GES 2009 yilda tok berishi kerak. Xuanxe daryosida ham GESlar kaskadi rejalashtirilmoqda. Zamonaviy gidroener­getikani o‘ziga xos jihati qishloq uyezdlarida dehqonlarni elektrenergiya bilan ta’minlash maqsadida ko‘p miqdorda kichik ( 500 kVt gacha ) va mayda ( 25 kVt gacha ) GESlarni mavjudligidir.
Xitoyda 10 dan ortiq kichik suv qalqishi elektr stansiyalari bor.
90 – yildan boshlab Xitoyda atom energetikasini rivojlantirish bosh­landi va 2 ta AES ishga tushirildi. Ular uchun jihozlar Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiyadan keltirildi. Chjenszyan provinsiyasidagi Sinshan (300 MVt) va Guandun provinsiyasidagi Dayavan (har biri 900 MVt bo‘lgan 2 ta energoblok) AES lari ishlamoqda. Lyaonin provinsiyasida (Rossiya bilan hamkorlikda) 2 ta AES qurilishi rejalashtirilgan. 2000 yil AES larni umumiy quvvati 10 ming MVt ga yetdi.
Metallurgiya. Qora metallurgiya o‘zini temir ruda zahiralari, katta qismi legirlovchi metallar, kokslanuvchi ko‘mir asosida shakllanmoqda. Xitoy dunyoda temir ruda zahirasi va qazib chiqarish bo‘yicha ajralib turadi (118 mln. t.), biroq ehtiyojini to‘liq qondira olmaydi. Eng yirik havza Anshan, Manshan, Bayan – Obo, Daye.
Mamlakat volfram, molibden, marganesni yirik zahiralariga ega. Xitoy dunyo volfram ishlab chiqarishni ¼ qismini va eksportning yarmini ta’minlaydi. Nikel, xrom, kobalt qazib chiqarish qora metallurgiya uchun yetarli emas, ular import asosida qondiriladi.
Qora metallurgiyani rivoji bo‘yicha Xitoy dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Po‘lat va cho‘yan eritish bo‘yicha (124 mln. t.) dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi, quvurlar ishlab chiqarish bo‘yicha AQSHga yetib oldi. Biroq mamlakat prokat, temir rudasi, yuqori sifatli po‘lat, legirlovchi metallarning katta qismini import qiladi. Tarmoqlarning past texnik darajasi qo‘shimcha xom ashyo, material, yoqilg‘i, energiya sarfiga olib keladi.
Xitoyda hammasi bo‘lib 1000 dan ortiq metallurgiya korxonalari bor, biroq mahsulotni asosiy qismini 11 ta yirik va 20 ta o‘rta korxonalar beradi. Yarim mahsulot sexlari va xom ashyo bazasi bilan to‘liq quvvatli kombinati (Bensi, Pekin), o‘zini xususiy xom ashyosi bilan to‘liq ta’min­lanmagan to‘liq quvvatli (Anshan, Baotau Uxan va boshqalar), keltirilgan xom ashyodan foydalanuvchi to‘liq quvvatli kombinatlar katta ahamiyatga ega. Bu kombinatlarga cho‘yan eritishning deyarli ⅔ qismi, po‘latning ¾ qismi, prokat ishlab chiqarishning ½ qismi to‘g‘ri keladi.
Rangli metallurgiyani rivojlantirish uchun xom ashyoni yirik zaxira­lari bor. Alyuminiy xom ashyosi, mis rudasi, qalay rudasi, simob, surma, yerda kam uchraydigan elementlar, oltin va kumush konlari bor. Ko‘p­chi­lik rangli metallarni ishlab chiqarish tezlik bilan o‘smoqda, lekin alyumi­niy, mis, qo‘rg‘oshin, ruxga bo‘lgan ehtiyoj ularni ishlab chiqarishdan ort­moq­da va ular import qilinmoqda. Shu bilan birga ½ dan ⅔ qismigacha simob, surma, qalay eksportga ketmoqda.
Mashinasozlik. Mashinasozlik va metalni qayta ishlash muhim rivojga ega bo‘ldi va keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. 80-90-yillardagi iqtisodiy islohotlar keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tezlik bilan o‘sishga sharoit yaratadi: soatlar, radiopriyomniklar, televizorlar, kir yuvish mashinalari va boshqalar. Qishloq xo‘jaligida “Oilaviy pudrat” tuzishga o‘tish motobloklar va kichik quvvatli traktorni ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. Transport mashinasozligi ishlab chiqarishda chet el kapitalini faol ishtiroki avtomobillar, shuningdek boshqa transport vositalari ishlab chiqarishini o‘sishni belgilab berdi. Natijada mashinasozlik struk­turasida elektronika va elektrotexnika, traktor va avtomobil qurilishi hissasi o‘sdi, to‘qimachilik sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish yuqori sur’ati saqlanib qoldi, aviakosmik sanoati muhim rol o‘ynay boshladi.
Og‘ir mashinasozlik eng rivojlangan tarmoqlardan biri. Energetika, neft sanoati uchun, metallurgiya, tog‘-kon sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish shakllangan bir qator yirik korxonalar shimoli-sharqiy Xitoyda – Xarbin, Shenyanga joylashgan.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish