Xitoyning iqtisodiy xaritasi.
Stanoksozlik asosiy tarmoqlardan biri. Xitoy dunyoda stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi mamlakatlardan biridir. Biroq turli stanoklar bilan o‘zini ta’minlashning yuqori darajasiga qaramay Xitoy birmuncha murakkab va zamonaviy stanoklarni AQSH, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan import qiladi. Stanoksozlikning yirik shaharlari – Shenyan, Sisikar, Dalyan, Shanxay, Nankin, Usi, Chanchjou, Pekin.
Transport mashinasozligida temir yo‘l vositalari va suv transporti ishlab chiqarish rivojlangan. Avtomobillar ishlab chiqarish jadallashdi. Passajir samolyotlari ishlab chiqarishning yetishmasligi natijasida ular to‘liq import qilinadi. Temir yo‘l mashinasozligi mahsulotlari ishlab chiqarishda Shenyan, Dalyan, Datun, Pekin, Sindao, Uxan ajralib turadi. Kemasozlik bo‘yicha Xitoy dunyoni birinchi o‘ntalik mamlakatlari qatoriga kiradi: daryo va dengiz kemalari, turli tonnajli maxsus kemalar, tankerlar, konteyner tashuvchi, yog‘och tashuvchi, quruq yuklar uchun kemalar, refrijeratorlar ishlab chiqaradi. Yirik markazlari: Shanxay, Dalyan, Guanchjou, daryo kemasozligi markazi – Uxan.
Avtomobillar ishlab chiqarish juda yuqori sur’atlar bilan o‘smoqda (1999 yil – 1,85 mln. ta). Qo‘shma korxonalarda avtomobillar ishlab chiqarish kengaymoqda (Shanxay, Pekin, Shiyan). Yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi yirik markaz – Chanchun. Xitoy velosipedlar ishlab chiqarishda dunyoda 1 – o‘rinni egallaydi. Muhim markazi – Shanxay, Tyanszin.
Elektrotexnika sanoati ishlab chiqarishni uch guruhini o‘z ichiga oladi: elektrostansiyalar uchun jihozlar va elektrenergiya uzatish, sanoat va qishloq xo‘jalik uchun elektrapparaturalar; uy-ro‘zg‘or elektrapparaturalari. Ventilyator, kir yuvish mashinalari, xolodilniklar ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoning yirik ishlab chiqaruvchilari qatoriga kiradi.
Elektron, priborsozlik sanoati mahsulotlariga bo‘lgan talabni tez o‘sishi radiopriyomniklar va televizorlar (ishlab chiqarishda 1-o‘rinda), magnitofonlar, videomagnitofonlar, steofonik jihozlar, soatlar ishlab chiqarishni keskin oshishiga olib keldi. EHM larni yangi aloqa vositalari, elektron kontrol o‘lchov priborlari yaratilishi Xitoyda kosmik texnika asosan raketasozlikning rivojlanishiga sharoit yaratdi. Ilmiy tekshirish markazlari uchun pribor va o‘lchov apparatlari ishlab chiqarish o‘sdi. Mamlakatda yarim o‘tkazgichlar, integral sistemalar, rangli kinoskoplar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Mamlakatda ishlab chiqilgan elektronika va priborsozlik mahsulotlarning katta qismi eksportga ketadi. Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari ichida to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj tarmoqlari uchun jihozlar ishlab chiqarish yetarli darajada rivojlangan. Tikuv mashinalari ishlab chiqarishda Xitoy dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jalik mashinasozligida yirik traktor va kombaynlar ishlab chiqarish qisqarib kichik traktorlar ishlab chiqarish tez o‘smoqda.
Kimyo sanoati: Tarmoqning xom ashyo bazasi yirik tog‘ kimyo sanoati bilan ta’minlangan. (Osh tuzi, fosforit, pirit) Neft - kimyo o‘smoqda.
Kimyo sanoatini tez o‘sishiga qaramasdan u mamlakatni to‘liq ehtiyojini qondira olmaydi. Mamlakatda polimer materiallari, mineral o‘g‘itlar (ehtiyojini ⅓) o‘simliklarni himoya vositalarini importi katta. Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda Xitoy dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi (32,5 mln tonna. 2002 yil). 4/5 qismi azotli o‘g‘itlar, 1/5 qismi fosfat o‘g‘itlari, kaliy o‘g‘itlari 1% dan kam. Azot o‘g‘itlari ishlab chiqarishini asosiy qismi dehqonchilik uyezdlarida to‘plangan.
Xitoy dunyoda oltingugurt kislotasi va kalsiy karbidi ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Polimer materiallari sanoati Xitoy uchun nisbatan yangi tarmoq. Polimer plastmassalar va sintetik tola ishlab chiqarish yuqori darajada. Plastmassa va sintetik smola ishlab chiqarish faqat 50-yillardan rivojlandi. (5 mln tonna-dunyoda to‘rtinchi o‘rinda). Plastmassa sanoati neft kimyo kombinatlari yaqinida joylashgan. (Pekin, Shanxay, Szilin, Lanchjou, Tyanszin). Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish (6 mln tonna. Dunyoda 1 - o‘rinda) alohida ahamiyatga ega. Mamlakatni yirik masshtabdagi to‘qimachilik sanoatini hom ashyo bilan ta’minlaydi.
Xitoy dunyoda sintetik (dunyoda 6 - o‘rinda) va tabiiy kauchuk ishlab chiqarishda yirik davlatlardan biri. Shunga qaramay import tabiiy kauchuk mamlakatda olinadigan kauchukdan ancha ko‘p.
Xitoyda to‘qimachilik va yengil sanoatni boshqa tarmoqlari uchun sintetik bo‘yoqlar ishlab chiqarish ajralib turadi. Farmasevtika sanoati yuqori o‘sishga erishdi. Xitoy dorilarni yirik eksportiyorlaridan biri.
Medikomentlar chiqaruvchi bosh markaz - Shanxay. Neft, kimyo (Lanchjou, Shenli, Suchjou, Lyaoyan), gaz kimyo (Chunsin), ko‘mir kimyo (Anshan, Bensin, Uxan), slanets kimyo (Fushun, Maomin), karbit ishlab chiqarish (Szimin, Sipin) ixtisoslashgan markazdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |