Xitoy Xalq Respublikasi Reja



Download 0,82 Mb.
bet3/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#758329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasi

Iqlimi va ichki suvlari. Xitoy hududining bepoyonligi, geografik o‘rni bo‘yicha Yevrosiyo materigi va Tinch okeani bilan tutashganligi, relye­fining murakkabligi tufayli uning iqlim sharoiti xilma-xil. Mamlakat mo‘­tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Xitoyning shar­qiy qismi mussonli iqlim, yoz faslida Hind va Tinch okeanidan keladigan havo oqimlari ko‘p miqdorda yog‘in keltiradi, 1 yilda 2000 mm gacha. Yoz bu yerda hamma joyda issiq, qish esa shimolda sovuq, janubda - qishki sovuq mussonlari ta’sirida salqin bo‘ladi.
Faqat mamlakatning eng chekka janubida qish yumshoq, iliq va yoz bilan qishki harorat o‘rtasidagi farq katta emas. Xitoyning janubi-sharqida tez-tez tayfunlar bo‘lib turadi.
Mamlakat g‘arbida keskin kontinental iqlim kuzatiladi. Markaziy qismida joylashgan tog‘ tizmalari mussonlarga to‘sqinlik qilib turadi. Qish bu yerda juda sovuq, ko‘pincha qorsiz. Yanvarning harorati -280S, yoz esa havzalarda iliq va baland tog‘li rayonlarda salqin bo‘ladi. 1 sutka mobay­nida bo‘ladigan havo haroratining tebranishi juda katta. Yog‘in kam (1y.da 250 mm), ayniqsa uning shimoli-g‘arbida.
Tibet tog‘ining balandligi juda katta bo‘lganligi uchun uning iqlimi Arktika iqlimiga o‘xshab ketadi. Xitoyning sharqiy qismida iqlim sharoiti dehqonchilik qilish uchun qulaylik tug‘diradi. G‘arbiy qismida esa faqat vohalarda dehqonchilik qilish mumkin.
Xitoy suv resurslariga juda boy, lekin hududi bo‘yicha va yil fasllari davomida notekis taqsimlangan. Mussonlarga ro‘para qismida suv resurs­lari juda katta, bunga qarama - qarshi suv tanqis maydonlar ham bor. Mam­lakatning janubiy va janubi-sharqiy qismi suv resurslariga boy, shimoli-g‘arbda esa daryo tarmoqlari juda siyrak, borlari ham qumlar orasida yo‘qolib ketadi. Xitoyning asosiy daryo tarmoqlari - Yanszi, Xuanxe va Sinszyan daryolarining havzasidir.
Yanszi Xitoyning eng katta va eng uzun daryosi bo‘lib (5980 km), u Tinch okeani havzasiga tegishli. O‘ng tomondagi irmoqlardan bu daryoga yil mobaynida nisbatan bir maromda suv kelib qo‘shilishi tufayli Yanszi daryosi yilning hamma vaqtida sersuv. Uzunligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydigan Xuanxe daryosining suvi juda loyqa, u o‘z o‘zanini bir necha marta o‘zgartirgan. Yozgi mussonlar va tog‘lardagi qor, muzliklarning erishining ayni bir vaqtda sodir bo‘lishi sababli Xitoy daryolari sathining ko‘tarilishiga va suv toshqinlariga sabab bo‘ladi.
Yanszi, Xuanxe, Sinszyan, Sungari, Amur, Yalutszyan daryolarning quyi oqimida va janubi-sharqdagi bir qator kichik daryolarda kemalar qat­naydi. Deyarli hamma daryolarning suvi sug‘orishga ishlatiladi.
Gidroenergiya resurslari bo‘yicha Xitoy dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi, ammo ularning asosiy qismi mamlakatning janubi-g‘arbida to‘plangan. Ulardan foydalanish ancha murakkab.
Xitoy o‘simlik va hayvonot dunyosi. Xitoy o‘simlik xususiyatiga ko‘ra g‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘linadi.
Sharqiy qismi florasi turli-tumanligi va boyligi bilan farq qiladi. Bota­nik­lar bu yerda 25mingdan ortiq o‘simliklar turlarini xisobga olishgan, ular­ning ko‘pchiligi relikt turlardir. Aslida esa bu hududlar qadimdan o‘zlash­tirilgan bo‘lib, zamonaviy o‘simliklar qoplami egallagan. Bu yerda o‘rmonlar faqat kichik maydonlardagina, asosan tog‘larda saqlanib qolgan. Pasttekis­liklar deyarli butunlay o‘zlashtirilgan. Mamlakatning bu qismida shimoldan janubga tomon bir qator o‘simliklar mintaqasi aniq hosil bo‘ladi. Shimolda Amur havzasida chimli-podzol tuproqli tayga hukumronlik qiladi, bu yerlarga daur tilog‘ochi, kareys kedri va boshqa ignabarglilar, shuningdek kengbargli turlar xosdir. Taygadan janubga Amurdan to Sinlin tizmasigacha tarqalgan bargi to‘kiladigan o‘rmonlar almashinadi. Bu o‘rmonlar asosan kengbargli (emanning bir necha turi, jo‘ka daraxti, klen, yong‘oq) va aralash o‘rmonlar bo‘lib, kengbargli turlardan tashqari igna bargli turlar ham uchraydi. Sinlin tizmasidan janubroqda subtropik o‘rmonlar mintaqasi kelib, ular lavrning bir necha turi, kameliya, magnoliya, shuningdek qarag‘aylardan tashkil topgan. Subtropik o‘rmonlar tarkibida, asosan tog‘larda ma’lum balandliklardan boshlab bargi to‘kiladigan daraxt turlari ko‘p. Eng chekka janubda, Yunkanni g‘arbini ham olganda qizil va qizg‘ish-sariq ferralitli tuproqlarda tropik o‘rmon­lar o‘sadi va savannalar tarqalgan.
Xitoyning g‘arbiy qismidagi o‘simliklar qoplami bir hil va asosan kserofitlardan tashkil topgan. Bu yerlarda namlik miqdori juda kam bo‘lib, o‘simliklar sho‘rxok tuproqlarda o‘sadi. Bu yerning asosiy o‘simligi ko‘p yillik qurg‘oqchilikka chidamli butalar va butachalar hisoblanadi.
O‘simliklar birmuncha boy g‘arbiy Xingon oldida donli va turli xil o‘t o‘simliklari o‘suvchi dashtlar hukumronlik qiladi. G‘arbga tomon yog‘in­larning kamayishi bilan baland bo‘yli o‘tloq dashtlar o‘simliklarga kam­bag‘al quruq dashtlar bilan, piyoz va shuvoq o‘sadigan cho‘lli dashtlar va oxiri cho‘l tuproqlari va o‘simliklari xos bo‘lgan haqiqiy cho‘llar bilan almashinadi. Xitoyning bu qismidagi keng maydonlarni(Go‘bi, Alashan, Takla-Makon cho‘llari) ko‘chuvchi qumli va toshloq cho‘llar egallaydi, bu yerlar o‘simliklarga kambag‘al yoki butunlay o‘simliklardan maxrum. Alashan cho‘lidan Jung‘or botig‘igacha bo‘lgan keng maydonlarda qumlar orasidagi quyi yerlarni egallovchi yoki daryo vodiylaridagi birmuncha yirik to‘qayzorlar tipidagi lentasimon yerlarda har xil bargli terakzorlar, cho‘l qayrag‘ochi uchraydi. O‘rmonli hududlarni tog‘li Sharqiy Tyan-Shan va Kunlunda uchratish mumkin(qora qarag‘ay, archa).
Tibet tog‘ligini katta qismida baland tog‘sovuq cho‘llarida juda kam turdagi o‘simliklar hukumronlik qiladi. Ular past haroratga, tuproq kamli­gini yetishmasligiga, kuchli shamollar va kuchli quyosh radiatsiyasiga mos­lashgan. Tog‘larning iqlimi yumshoq va namlik ko‘p bo‘lgan faqat sharqiy qismida tog‘ yaylovlari, dashtlar, Braxmaputra vodiysida esa ignabargli o‘rmonlar tarqalgan.
Mamlakatning sharqiy qismini dehqonchilik maqsadida o‘zlashtirilishi natijasida o‘rmonlarning kesib yuborilishi hayvonot dunyosiga katta talofat keltirdi. Yirik va xo‘jalik ahamiyatidagi ancha qimmatli hayvonlar faqat yurish qiyin bo‘lgan tog‘li Shimoli-Sharqiy, Shimoli-G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy Xitoyda saqlanib qolgan.
Shimoli-Sharqiy Xitoyda yirik hayvonlardan bo‘rilar, tulkilar, yenot­simon itlar, ayiqlar, yo‘lbarslar, sulovsinlar yashaydi. Xitoyning bu rayonida XIX asr oxiri XX asr boshida sobol xo‘jaligi rivojlangan edi. Ularni ko‘plab qirib yuborilishi natijasida 1953-yilda ularni ovlash taqiq­landi Rassamaxa(suvsar oilasiga mansub yirtqich), oq sichqon, ariq sichqo­ni­ning xo‘jalikdagi ahamiyati nisbatan kichik. Quyon, kolonka(suvsarlar oilasiga mansub kichik yirtqich kemiruvchi), olmaxon, burunduq, sug‘ur­larni ovlash katta ahamiyatga ega.
Shimoli-G‘arbiy Xitoyda cho‘l va chala-cho‘llarga moslashgan hay­von­lar yashaydi. Kemiruvchilar juda ko‘p: qo‘shoyoq, hamicho‘k (og‘ma­xon), qumsichqon, yumronqoziq, sug‘ur va boshqalar. Tuyoqlilardan dasht­larda eng ko‘p tarqalgani - dzerenlar, cho‘llarda – jayron. Yovvoyi otlar noyob turlardan hisoblanadi. Prejevalsk otlari va qulon. Quruq dasht­larda ko‘p uchraydigan yirtqichlardan – bo‘ri, cho‘l va chala­cho‘llarda esa – ko‘rsak. Asosiy ovlanadigan hayvonlar tuyoqlilar va kemiruvchi­lar (quyon, sug‘ur, letyaga – olmaxonga o‘xshash kemiruvchi).
Tibet tog‘ligida baland tog‘ hayvonlari(kiyik – orongo, qo‘y, yovvoyi echki, kukuyaman, kiang), kemiruvchilar(quyon, kulrang hamichok), Tibet sug‘uri va ba`zi yirtqichlar(Tibet ayig‘i, sulovsin, bo‘ri, qizilbo‘ri) yashaydi.
Janubi-G‘arbiy Xitoyning o‘ziga xos hayvoni, dunyoning boshqa yerida uchramaydigan katta va kichik panda hisoblanadi. Bu hayvonlar qadimda ko‘plab qirib yuborilgan, xozirgi vaqtda qonun bilan himoyaga olingan. Bu yerlarda, shuningdek maymun, qoplon, ilvirs(tog‘ qoploni)lar uchraydi.
Xitoyning eng chekka janubida tropik hayvonlar keng tarqalgan – gibbonlar, ulkan olmaxon, uchar itlar, lari(maymun turi), malay palma suvsari(muzang) kabilar uchraydi.
Xitoy sohillarini yuvib turuvchi dengizlarda hayvonlarni yashashi uchun sharoit qulay. Haroratlar sharoiti sohilbo‘yi suvlarida ko‘plab issiqsevar dengiz fauna va florasi yashashi uchun qulayligi bilan ajralib turadi.
Xitoy sohilini yuvib turuvchi dengizlar fito va zooplanktonlarga boy. Shuningdek Xitoy sohillarida ikkita – janubiy iliq va shimoliy sovuq dengiz oqimlarining aralashishi muhim. Baliqchilik mamlakatning materik sohilbo‘yi qismida va ko‘plab orollar atrofida rivojlangan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish