513
kistaning kelib chiqish formalari ko’pligiga va ularning
rivojlanish darajasiga
bog’liq.
Psevdokistalarda drenaj qiladigan turli operatsiyalar qo’llaniladi. Bezning
dum qismida joylashgan me’da osti bezi kistalarida me’da orqali
tsistogastrostomiya qilish buyuriladi. Bu kista bilan me’da o’rtasida anastomoz
hosil qilishdan iborat. Me’da osti bezi boshchasida joylashgan unchalik katta
bo’lmagan kistalarda transduodenal tsistoduodenostomiya qilinadi,
bu kista
bilan o’n ikki barmoqli ichak o’rtasida anastomoz hosil qilishdan iborat. Bez
tanasi va boshchasida kelib chiqadigan yirik kistalarda kista bilan funktsiyasi
to’xtatib qo’yilgan och ichak qovuzlog’i o’rtasida anastomoz hosil qilinadi (115-
rasm).
115-rasm. Pankreatikoeyunostomiya turlari
а – Cattell bo’yicha; б – Catlell A.A.Shalimov modifikatsiyasida; в
– Puestow-I
bo’yicha; г -Puestow-II bo’yicha;
514
Peritonit bilan asoratlangan yorilgan kistalarda, kistaning yiringlashishi
bilan bog’liq septik holatda uning devorlari parietal
qorin pardasiga va teriga
tikib qo’yiladi. Operatsiya bilan davolashdan keyin 90-95% hollarda yaxshi
natijalar olingan.
TALOQ KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik xususiyatlari
Taloq – qorin bo’shlig’ining toq a’zolaridan hisoblanib, diafragmaning
chap tomonida qovurg’a osti sohasida joylashgan. Sog’lom odamda,
uning
og’irligi o’rta hisobda 150-250 grammga yaqin bo’ladi. Taloq yaxshi
rivojlangan boylam apparati: taloq-diaragmal, taloq-buyrak, taloq-yo’g’on ichak
va me’da-taloq boylamlari bilan mahkam o’rnashgan.
Taloq arterial qon ta’minotini truncus coeliacus (qorin o’zagi) tutamidan
chiqadigan taloq arteriyasi amalga oshiradi. Vena qon oqimi shu nomdagi vena
bo’ylab qopqa vena (v. portae) sistemasiga kelib tushadi. Vegetativ
innervatsiyani qorin chigalidan oladi. Qon tomirlar taloq to’qimasiga uning
darvozasi
sohasida kirib, biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan trabekulalar
yo’li bo’ylab boradi. Trabekulyar arteriyalar taloqning ham qizil, ham oq
limfatik follikulalaridan, shuningdek markaziy arteriyalarni o’rab
turadigan
malpigiy tanachalaridan hosil bo’lgan. Oq pulpaning ko’pchilik xujayra
elementlari limfotsitlar, plazmatik xujayralar va makrofaglardan tashkil topgan.
Qizil pulpa uning kataksimon strukturasini hosil qiladigan retikulyar xujayralar
trabekulalardan iborat. Trabekulalar orasida taloqning arterial va venoz
sistemasini bog’lab turadigan egri-bugri tomir sinuslari joylashgan.
Taloqning faoliyati turlicha bo’lib, eski eritrotsitlar va trombotsitlarning
emirilishida va fagotsitozida qatnashadi. Embrional rivojlanish va bolalik
yoshida eritropoez faoliyatida ishtirok etadi.
Taloq limfotsitlar, monotsitlar,
plazmatik xujayralar ishlab chiqaradi, uning bu qobiliyati odamda balog’at
515
yoshidan o’tganda ham ham saqlanib qoladi. Bundan tashqari, taloq
immunoglobulinlarning ayrim fraktsiyalari ishlanishida faol ishtirok etadi.
Taloqning retikuloendotelial xujayralari gemotsirkulyatsiyadagi
qondan vital
bo’yoqlar, kolloid metallar, infektsion kasalliklar quzg’atuvchilarini (ayniqsa
pnevmokokklar) ushlab qoladi.
Taloq shuningdek organizmda temir
almashinuvida va suyak ko’migi faoliyatining gumoral boshqarilishida
qatnashadi. Biroq bu gormonal idora qilishining nozik mexanizmlari hozircha
ochilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: