Xirurgik kasalliklar


Taloq rivojlanishidagi nuqsonlar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Taloq rivojlanishidagi nuqsonlar 
Taloqning rivojlanish jarayonida tug’ma nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin, 
bularga: taloqning umuman bo’lmasligi, uning qo’shaloq holda uchrashi yoki 
ko’shimcha taloqlarning bo’lishi kiradi. Qo’shimcha taloqlar, rivojlanish 
jarayonida eng ko’p uchraydigan tug’ma nuqsonlardan hisoblanadi, hamda ular 
odatda taloq darvozasi sohasida, taloqning bog’lamlarida yoki katta charvida 
joylashadi. Taloq darvozasi sohasida joylashgan xos qon tomirlar tutami uning 
oyoqchasi deya atalib, uning uzayishi hisobiga serharakat bo’lgan, “adashgan” 
taloq nomini olgan holat ham rivojlanish nuqsoni qatoriga kirishi mumkin. Bu 
holat, postnatal rivojlanish davrida taloq kattalashishi natijasida ham ro’y berishi 
mumkin. 
Taloq jarohatlari 
Ochiq va yopiq jarohatlar tafovut qilinadi. Ochiq jarohatlar transabdominal 
va transtorakal, jarohatlovchi vositaning turi bo’yicha – o’q tekkan, sanchilgan-
kesilgan va boshqacha tabiatga ega bo’lishi mumkin. Bunda ko’pchilik 
bemorlarda qorin yoki ko’krak bo’shlig’i ko’shni a’zolaridan: me’da, yo’g’on 
ichak, me’da osti bezi, buyraklar, diafragma, chap o’pkaning jarohatilari qayd 
qilinishi mumkin. Taloq ochiq jarohatining klinik ko’rinishi yoki manzarasi 
taloq va ko’shni a’zolar jarohatining xarakteriga bog’liq. Bunday hollarda ichga 
qon ketishi va shok belgilari birinchi o’ringa chiqadi (teri qoplamining oqarishi, 
rangparligi, taxikardiya, AQB ning pasayishi, gemoglobin va gematokrit 


516 
miqdorining kamayishi va b.). Qorin bo’shlig’iga qon quyilib borgan sayin, 
qorin pardasining ta’sirlanish simptomlari, transtorakal yaralanishlarda esa
gemotoraks simptomlari qo’shiladi. Diafragma osti bo’shlig’ida qon yig’ilganda 
aksariyat “yotolmaslik” belgisi kuzatiladi, bunda bemor diafragmal qorin 
pardasi nerv retseptorlarining qattiq ta’sirlanishi oqibatida, majburiy yarim 
o’tirgan holatini egallaydi. Qorin bo’shlig’iga talaygina qon ketganda, uni 
perkutor aniqlash mumkin. Oldingi qorin devori mushaklarining taranglashishi, 
Shyotkin-Blyumberg simptomini musbat bo’lishi, qorinning shu sohasidagi 
og’riqni palpatsiya (paypaslash) orqali aniqlasa bo’ladi. Taloq jarohatlarining, 
ko’krak va qorin bo’shlig’ining boshqa a’zolari jarohatlari bilan ko’pincha 
qo’shilib kelishi, kasallikning klinik manzarasini o’zgarishiga, qo’shimcha 
simptomlarning yuzaga kelishiga olib keladi: ichga qon ketishi, kovak 
a’zolarning teshilishi yoki yorilishi, tarqalgan peritonit rivojlanishi, qorindagi 
parda orti gematoma, shok, gemopnevmotoraks va o’pka etishmovchiligi 
ustunlik qilishi mumkin. 
Taloqning yakka o’zi jarohatlanib kuchli qon oqish holati bo’lganda, uni 
diagnostika qilishda anchagina qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Bunday 
hollarda shoshilinch laparoskopiya tekshiruv usulini qo’llash, uni texnik 
sabablarga ko’ra bajarish imkoni bo’lmaganda esa, qorin bo’shlig’iga “izlovchi” 
kateter kirtilib laparotsentez qilish g’oyat muhim axborot beriadi. Kateter 
bo’ylab qon chiqsa, taloq jarohati xaqida o’ylash mumkin. 
Davolash: bemorga zudlik bilan operatsiya qilib, gemostaz va qorin 
bo’shlig’iga infektsiya tushishining oldini olishdir. Ko’pincha splenektomiya 
bajariladi. Taloqning ko’p sonli muhim faoliyati to’g’risidagi zamonaviy 
tasavvurlar splenektomiya o’tkazishga ko’rsatmalarni birmuncha kamaytiradi. 
Unchalik katta bo’lmagan jarohatlarda, ayniqsa u qutblaridan biri sohasida 
bo’lganda, yuzaki shikastlanishlarda chokning sitilib ketmasligi uchun katta 
charvidan yoki sintetik materialdan foydalanib taloqqa chok qo’yish yoki 
qutblardan birini rezektsiya qilib, taloq ateriyasini bog’lash mumkin. 
Mamlakatimizning yaxshi jihozlangan ayrim klinikalarida bunday operatsiyalar 


517 
laparoskopik usulda, endoxirurgik asbob-uskunalardan foydalangan holda 
o’tkaziladi. 
Taloqning yopiq jarohatlari qorinning to’mtoq jarohatida, aksari hollarda 
balandlikdan yiqilganda paydo bo’ladi. Ba’zan taloqning o’z-o’zidan (spontan) 
yirtilish hollari ham kuzatilgan. O’z-o’zidan yirtilishlar aksariyat taloqning 
kattalashishi va strukturasining o’zgarishi bilan o’tadigan turli xil kasalliklarda 
(bezgak, infektsion mononukleoz) ko’proq kuzatiladi. Taloqda, qorinning yuqori 
qismi a’zolarida bajarilayotgan operatsiyalar (qorin a’zolari taftishi, 
gastrektomiya, me’da yoki me’da osti bezi rezektsiyasi va b.) vaqtida tasodifan, 
yatrogen jarohatlarning ro’y berishi, alohida ahamiyatga ega bo’ladi. 
Qorinning to’mtoq jarohatida taloqning bir yoki ikki bosqichli yorilishlari 
farqlanadi. Bir bosqichli yorilishda, avvaliga taloq kapsulasida nuqson paydo 
bo’ladi, bunda ko’p yoki kam miqdorda ichki qon ketish simptomlari birinchi 
o’ringa chiqadi. Ikki bosqichli yorilishda, avvaliga kapsula butunligi buzilmagan 
holda kapsula osti gematomasi hosil bo’ladi va ma’lum fursat o’tgach (bir necha 
kundan bir necha haftagacha), arzimagan jismoniy xarakat ta’siri ostida ham 
taloq kapsulasi yirtilib, gematoma qorin bo’shlig’iga bo’shaladi va ichki qon 
ketish boshlanadi. Taloq yopiq jarohatida taloqning bunday yorilishi deyarli 
15% jarohatlarda kuzatiladi. Bu holda diagnozni aniqlash ma’lum qiyinchiliklar 
tug’diradi. Qorin yopiq jarohati sababini surishtirib qunt bilan yig’ilgan 
anamnezning ahamiyati muhimdir. 
Taloq jarohatlanganda qorinning tumtoq jarohatida klinik manzara uning 
ochiq jarohatidagi kabi, qorin bo’shlig’idagi boshqa a’zolarning qo’shma 
jarohatlariga bog’liq. Taloq yirtilishi va ichki qon ketishining o’ziga xos 
rentgenologik belgilari kuyidagilar: me’da gaz pufagining medial surilishi, 
diafragma chap gumbazining baland turishi, gaz bilan to’lgan ichak qovuzloqlari 
orasida erkin suyuqlik borligi. Taxminan 25-27% bemorlarda pastki 
qovurg’alarning chap tomonlama sinishlari kuzatiladi. Laparoskopiya va 
“izlovchi” kateterdan foydalanib laparotsentez qilish, diagnostika jihatidan 
tekshirishning eng qimmatli usullari hisoblanadi. Taloqning yopiq shikastlarini 


518 
davolash faqat xirurgik yo’l bilan amalga oshiriladi. Operatsiyaning turi uning 
ochiq jarohatlaridagi singaridir. Taloqning ikki bosqichli yorilishlarida 
splenektomiya, tanlov operatsiyasi hisoblanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish