509
va oson hazm qilinadigan oqsillarni etarli miqdorda saqlagan bo’lishi kerak.
Hazm qilishni yaxshilash uchun bemorlarga me’da osti bezi fermentlarini o’zida
saqlagan (pankreatin, festal, panzinorm) preparatlarni berish tavsiya etiladi.
Surunkali pankreatitning har bir qo’zishini o’tkir pankreatit xuruji sifatida
ko’zdan kechirmoq lozim. Qo’zish davrida davolash xuddi o’tkir pankreatitni
davolash tamoyillari bo’yicha o’tkaziladi.
Asoratlanmagan surunkali pankreatitni davolashning asosiy usuli
konservativ usul hisoblanadi: 1) surunkali pankreatitni kasallik fazasiga ko’ra
davolash, 2) me’da osti bezi funktsional etishmovchiligini
bartaraf etish, 3)
bosqichga qarab davolash va profilaktikasi.
Qo’zish fazasida davolash: a) og’riqqa qarshi kurash, b) antiferment
muolaja.
Surunkali bosqichda davolash: 1) me’da
osti bezi sekretor
etishmovchiligini bartaraf qilish, 2) vitaminlar bilan davolash, 3) me’da osti bezi
inkretor etishmovchiligini bartaraf etish.
Surunkali pankreatitning aksariyat qo’shni a’zolar kasalliklari zamirida
paydo bo’lishini nazarda tutish lozim, shunga ko’ra qo’shni a’zolarni xirurgik
davolash surunkali pankreatit kechishini yaxshilaydi. Me’da, o’n ikki barmoqli
ichak, o’t yo’llarida patologiya bo’lmaganda me’da osti bezining o’zida
operatsiya o’tqazish masalasi paydo bo’lishi mumkin. Bu holda qo’yidagilar
operatsiyaga ko’rsatma bo’la oladi: bez yo’llarida
tosh borligi, bez yo’lidagi
chandiqli striktura, og’riq beradigan pankreatitning og’ir formalari. Xirurgik
davolashning asosiy maqsadi – pankreatik shiraning me’da-ichak yo’llariga oqib
tushishi uchun optimal sharoitlar yaratishdan iborat.
Operatsiya vaqtida me’da
osti bezi, o’t chiqaruvchi yo’llar va o’n ikki
barmoqli ichakni qunt bilan intraoperatsion taftish (reviziya) qilish zarur. Shu
maqsadda intraoperatsion xolegrafiya, exografiya va o’t pufagini tekshirish
amalga oshiriladi. Operatsiya vaqtida bez yo’liga duodenal so’rg’ich
orqali
kanyulya qo’yish yordamida retrograd pankretografiya yoki bez yo’lining
kengaygan distal qismini bez to’qimasi orqali punktsiya qilinadi.
510
Pankreatik yo’l oxirgi qismining unchalik katta bo’lmagan strikturalarida
transduodenal papillosfinkterotomiya bilan me’da osti bezi yo’lini transpapillyar
drenajlash tavsiya qilinadi. Pankreatik yo’lda katta strikturalar bo’lganda bunday
operatsiyani qilib bo’lmaydi, bunda bez bag’ri orqali uzunasiga kesilgan
pankreatik yo’l bilan Ru bo’yicha uzib qo’yilgan och ichak qovuzlog’i o’rtasida
anastomoz qo’yish – bo’ylama pankreatoeyunostomiya
operatsiyasi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Bez yo’li boshchasi va tanasi sohasi anchagina torayganda bezning distal
qismini rezektsiya qilish va uni Ru bo’yicha uzib qo’yilgan och ichakka yoki
me’da devoriga tikish lozim. Bunday operatsiyadan maqsad pankreatik shirani
retrograd yo’nalishda oqib ketishi uchun sharoit yaratib berishdan iborat.
Bezning katta qismidagi faoliyat ko’rsatib turgan parenxima patologik jarayon
oqibatida nekrozga uchraganda, bez yo’li sistemasida
diffuz sklerotik
o’zgarishlar yuzaga kelganda va surunkali pankreatitning asosiy simptomlari
keskin yuzaga chiqqan va konservativ davo usullari kor qilmaydigan hollarda
me’da osti bezi (dum qismi, tanasi va pankreattektomiya) rezektsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: