505
Koprologik tekshirishlar ko’p miqdorda hazm bo’lmagan mushak tolalari
(kreatoreya) va neytral yog’ tomchilari (steatoreya) borligini ko’rsatadi.
Maxsus tekshirish usullari. Rentgenologik tekshirishlar.
Rentgenologik
usul surunkali pankreatitli bemorlarni tekshirishda
asosiy usullardan biri
hisoblanadi. Nahorga o’tqaziladigan rentgenologik tekshirish uchun maxsus
tayyorgarlikning hojati yo’q. Tekshirish qorin bo’shlirini ikki proektsiyada
obzor rentgenografiya qilishdan boshlanadi. Bu bez parenximasidagi ohaklanish
yoki uning yo’llaridagi konkrementlarni aniqlash uchun zarur, ular
rentgenogrammalarda topiladi. Me’da osti bezida
kaltsifikatsiya topilishi
surunkali pankreatitning ishonchli rentgenolo-gik simptomi hisoblanadi.
Surunkali pankreatitda ultratovush bilan tekshirish va kompyuter
tomografiya butun bezning yoki faqat boshchasining kattalashganini (soxta
tumoroz pankreatit), bez bag’ridagi kistoz o’zgarishlarni topishga imkon beradi.
Birmuncha hollarda umurtqa pog’onasidan o’ng va chap tomonda II-III bel
umurtqalari sathida joylashgan, bez yo’li bo’shlig’ida toshlar yoki bez bag’ri
parenximasida kaltsinatlar borligiga bog’liq zich
exostrukturalar aniqlanadi
(110, 111, 112, 113, 114-rasmlar).
110-rasm. Kompyuter tomogramma. Oshqozon osti bezi kaltsifikatlari.
507
113-rasm. UTT. Oshqozon osti bezi kaltsifikatlari.
114 rasm. UTT. Oshqozon osti bezi surunkali pankreatitda.
Bez radioizotop skanerlanganda surunkali pankreatitning eng tipik
belgilariga yallig’lanishning ilk bosqichlarida stsintigrafik tasvirning kuchayishi,
izotop yig’ilishi nuqsonlari kiradi, bular me’da osti bezining kistali o’zgarishlari
yoki parenximasining ohaqlanganidan dalolat beradi.
Surunkali pankreatit diagnostikasida o’t chiqaruv sistemasini retrograd
kontrastlash imkoniyati ham katta ahamiyatga ega.
Bu usul ikkilamchi
pankreatitga sabab bo’lgan o’t yo’llaridagi
toshlarni aniqlashga, shuningdek
508
birlamchi pankreatitda umumiy o’t yo’lining tubulyar stenozini diagnostika
qilishga imkon beradi.
Ezofagogastroduodenofibroskopiya surunkali pankreatitning bilvosita
belgilarini aniqlashda va uni me’da osti bezi o’smalaridan farq qilishda ko’p
axborot beradi. Ayni vaqtda u shikast etkazmaydi va etarli darajada xavfsiz.
Biroq, o’t va pankreatik yo’llarni retrograd kontrastlash o’tkir
pankreatit va
xolangit xurujlari tutishiga, pankreanekroz rivojlanishiga, bosh pankreatik
yo’lning yopilishiga va boshqa asoratlarning paydo bo’lishi
imkoniyatini
oshiradi.
Klinik pankreatitning ilk bosqichlarida angiografik tekshirishlar (tseliako-
va mezenterikografiya) gipervaskulyarizatsiya zahirasini, so’ngi bosqichlarda
esa tomir rasmining tarqoq fibrozodiffuz qashshoqlanishi, arxitektonikasining
o’zgarishi, jigar kistalari rivojlanayotganda tomirlarining so’rilishi yoki
qisilishini ko’rsatadi.
Differentsial diagnostikasi. Faqat
umum klinik va laboratoriya
tekshiruvining o’ziga asoslanib, me’da osti bezi zararlanishini aniqlash va
surunkali pankreatit diagnozini ishonch bilan qo’yish mumkin emas. Shuning
uchun qorin bo’shlig’ining har xil kasalliklari bilan
differentsial diagnostika
o’tkazish zarur:
1) kalkulyoz xoletsistit va xoledolitiaz,
2) me’da osti bezi turli bo’limlari, periampulyar soha, me’da, yo’g’on ichak
o’smalari,
3) penetratsiyalovchi gastroduodenal yaralar,
4) aorta anevrizmasi,
5) qorin stvoli va yuqori ichak tutqich arteriyaning aterosklerotik
zararlanishlari,
6) toj arteriyalarning stenokardiya xodisalari bo’lgan aterosklerozi va
boshqa.
Do'stlaringiz bilan baham: