Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diagnostikasi. 
Surunkali pankreatit diagnostikasi kasallikning sub’ektiv 
klinik simptomlari, laboratoriya tahlillari ma’lumotlari va maxsus tekshirish 
usullari natijalari asosida o’tkaziladi. 
Jarayon avj olgan davrda laboratoriya tekshirishlaridan fermentlar – 
amilaza, tripsin, lipaza, transaminaza ko’rsatkichining oshishiga ahamiyat 
beriladi. Xurujlararo davrda u normal bo’ladi. 


505 
Koprologik tekshirishlar ko’p miqdorda hazm bo’lmagan mushak tolalari 
(kreatoreya) va neytral yog’ tomchilari (steatoreya) borligini ko’rsatadi. 
Maxsus tekshirish usullari. Rentgenologik tekshirishlar. 
Rentgenologik 
usul surunkali pankreatitli bemorlarni tekshirishda asosiy usullardan biri 
hisoblanadi. Nahorga o’tqaziladigan rentgenologik tekshirish uchun maxsus 
tayyorgarlikning hojati yo’q. Tekshirish qorin bo’shlirini ikki proektsiyada 
obzor rentgenografiya qilishdan boshlanadi. Bu bez parenximasidagi ohaklanish 
yoki uning yo’llaridagi konkrementlarni aniqlash uchun zarur, ular 
rentgenogrammalarda topiladi. Me’da osti bezida kaltsifikatsiya topilishi 
surunkali pankreatitning ishonchli rentgenolo-gik simptomi hisoblanadi. 
Surunkali pankreatitda ultratovush bilan tekshirish va kompyuter 
tomografiya butun bezning yoki faqat boshchasining kattalashganini (soxta 
tumoroz pankreatit), bez bag’ridagi kistoz o’zgarishlarni topishga imkon beradi. 
Birmuncha hollarda umurtqa pog’onasidan o’ng va chap tomonda II-III bel 
umurtqalari sathida joylashgan, bez yo’li bo’shlig’ida toshlar yoki bez bag’ri 
parenximasida kaltsinatlar borligiga bog’liq zich exostrukturalar aniqlanadi 
(110, 111, 112, 113, 114-rasmlar). 
110-rasm. Kompyuter tomogramma. Oshqozon osti bezi kaltsifikatlari. 


506 
111-rasm. Kompyuter tomogramma. Oshqozon osti bezi kistasi. 
112-rasm. UTT. Oshqozon osti bezi soxta kistasi. 


507 
113-rasm. UTT. Oshqozon osti bezi kaltsifikatlari. 
114 rasm. UTT. Oshqozon osti bezi surunkali pankreatitda.
 
Bez radioizotop skanerlanganda surunkali pankreatitning eng tipik 
belgilariga yallig’lanishning ilk bosqichlarida stsintigrafik tasvirning kuchayishi, 
izotop yig’ilishi nuqsonlari kiradi, bular me’da osti bezining kistali o’zgarishlari 
yoki parenximasining ohaqlanganidan dalolat beradi. 
Surunkali pankreatit diagnostikasida o’t chiqaruv sistemasini retrograd 
kontrastlash imkoniyati ham katta ahamiyatga ega.
 
Bu usul ikkilamchi 
pankreatitga sabab bo’lgan o’t yo’llaridagi toshlarni aniqlashga, shuningdek 


508 
birlamchi pankreatitda umumiy o’t yo’lining tubulyar stenozini diagnostika 
qilishga imkon beradi. 
Ezofagogastroduodenofibroskopiya surunkali pankreatitning bilvosita 
belgilarini aniqlashda va uni me’da osti bezi o’smalaridan farq qilishda ko’p 
axborot beradi. Ayni vaqtda u shikast etkazmaydi va etarli darajada xavfsiz. 
Biroq, o’t va pankreatik yo’llarni retrograd kontrastlash o’tkir pankreatit va 
xolangit xurujlari tutishiga, pankreanekroz rivojlanishiga, bosh pankreatik 
yo’lning yopilishiga va boshqa asoratlarning paydo bo’lishi imkoniyatini 
oshiradi. 
Klinik pankreatitning ilk bosqichlarida angiografik tekshirishlar (tseliako- 
va mezenterikografiya) gipervaskulyarizatsiya zahirasini, so’ngi bosqichlarda 
esa tomir rasmining tarqoq fibrozodiffuz qashshoqlanishi, arxitektonikasining 
o’zgarishi, jigar kistalari rivojlanayotganda tomirlarining so’rilishi yoki 
qisilishini ko’rsatadi.
Differentsial diagnostikasi. Faqat umum klinik va laboratoriya 
tekshiruvining o’ziga asoslanib, me’da osti bezi zararlanishini aniqlash va 
surunkali pankreatit diagnozini ishonch bilan qo’yish mumkin emas. Shuning 
uchun qorin bo’shlig’ining har xil kasalliklari bilan differentsial diagnostika 
o’tkazish zarur:
1) kalkulyoz xoletsistit va xoledolitiaz,
2) me’da osti bezi turli bo’limlari, periampulyar soha, me’da, yo’g’on ichak 
o’smalari,
3) penetratsiyalovchi gastroduodenal yaralar,
4) aorta anevrizmasi,
5) qorin stvoli va yuqori ichak tutqich arteriyaning aterosklerotik 
zararlanishlari,
6) toj arteriyalarning stenokardiya xodisalari bo’lgan aterosklerozi va 
boshqa. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish