Xirurgik kasalliklar


Klinikasi va diagnostikasi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinikasi va diagnostikasi. 
Me’da osti bezi kistalarining 
simptomatologiyasi kista etiologiyasiga, uning o’lchamlariga, joylashuviga va 
qancha vaqtdan buyon mavjudligiga bog’liq. Kista o’lchami kattalashmasdan 
ilgari u og’riq sezgilarini qo’zg’atmasligi mumkin va bemorni tekshirganda 
mezogastriyadagi sharsimon o’sma ko’rinishida topiladi. Me’da osti bezi 
o’smalari ko’pincha to’sh osti sohasida og’riq paydo qiladi, og’riq orqaga yoki 
belning chap yarmiga o’tadi (90% gacha bemorlarda), bu ko’pincha travmatik 
yoki yallig’lanishga aloqador psevdokistalarida uchraydi. 


512 
Kista me’da osti bezi boshchasida joylashganda umumiy o’t yo’li bosilishi 
va sariqlik paydo bo’lishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, bemorni tekshirishda 
to’sh osti sohasida yoki mezogastriyda deyarli og’rimaydigan, konsistentsiyasi 
elastik, paypaslab ko’rilganda va nafas olganda kam siljiydigan sharsimon 
o’sma aniqlanadi. 
Kista asta-sekin avj olib kechishi va birmuncha o’tkir kechishi mumkin. 
Keyingi xolda kista qisqa vaqt ichida kattalashib ketadi, boshqa a’zolarda og’ir 
funktsional buzilishlar keltirib chiqaradi va asoratlar bilan o’tadi. 
Me’da osti bezining eng ko’p uchraydigan asoratlaridan kista bo’shlig’iga 
qon quyilishi, yiringlanish, yorilib peritonit rivojlanishi, tashqi va ichki oqmalar, 
qo’shni a’zolar bosishidan kelib chiqadigan buzilishlarni ko’rsatib o’tish 
mumkin. 
Diagnostikasi. 
Klinik simptomlarni hisobga olishdan tashqari, me’da osti 
bezi kistasining diagnozi maxsus tekshirish usuli ma’lumotlariga asoslanadi. 
Siydik va qonda me’da osti bezi fermentlarining biroz oshishidan tashqari, 
ba’zan ularning o’n ikki barmoqli ichak suyuqligida kamayib ketishi qayd 
qilinadi. 
Rentgenologik tekshirishda me’da, ko’ndalang chambar ichakning odatdagi 
vaziyatidan oldinga va yuqoriga yoki pastga surilganligi aniqlanadi. Kompyuter 
tomografiyasi va ultratovush bilan skanirlash me’da osti bezi bilan bog’liq 
bo’lgan tuzilmaning suyuqlik bilan to’lganligini aniqlashga yordam beradi. 
Me’da osti bezi kistalarini differentsial diagnostika qilishda me’da osti bezi 
o’smalari, aorta anevrizmasi, qorin pardasi orqasidagi limfatik tugunlar o’smasi, 
jigar o’smalari va kistalari, gidronefroz va buyrak o’smalari, chambar ichak 
tutqichi kistalarini istisno qilish zarur. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish