Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Taloq o’smalari 
Taloq o’smalari xavsiz va xavfli bo’lishi mumkin. Xavfsiz o’smalarga: 
gemangiomalar, limangiomalar, endoteliomalar kiradi. Ular juda kam uchraydi 
va ularda xos klinik simpomlar deyarli bo’lmaydi. O’sma rivojlangan sayin
chap qovurg’a ostida og’riqlar paydo bo’lib, ular chap elkaga va elka ustiga 
irradiatsiya beradi. Xavfli o’smalar qatoriga sarkomalarning har xil turlari 
(fibrosarkoma, limfosarkoma va b.) kiradi. Xavfli o’smalarga xos xususiyatlar 
quyidagilar: kasallikning erta bosqichlarida klinik ko’rinishida belgilari kam 
bo’lgani holda, birmuncha jadal o’sish. O’sma kattalashgan sayin, intoksikatsiya 
simptomlari, kaxeksiya, astsit paydo bo’ladi. Taloq o’smalarini diagnostika 
qilishning asosiy tamoyillari – o’smaga aloqador bo’lmagan, yuqorida ko’rsatib 
o’tilgan zararlanishlardagi kabidir. Davolash xirurgik yo’l orqali. Xavfsiz 
o’smalarda splenektomiya sog’ayishga olib keladi, xavfli o’smalarda bu 


522 
operatsiyani, kasallikning ilk bosqichlaridagina qilinishi mumkin. O’smalar 
o’lchamlari katta bo’lgan hollarda, splenektomiya amaliyoti palliativ operatsiya 
hisoblanadi. 
Gipersplenizm 
Klinik amaliyotda “gipersplenizm” va “splenomegaliya” tushunchalarini 
farqlash talab etiladi. Splenomegaliya deganda taloq o’lchamlarining 
kattalashganligi tushuniladi. Gipersplenizm – taloqning qon hujayra 
elementlarini ortiqcha emirishidir. Bu klinik jihatdan, aylanib yuradigan qon 
tarkibidagi eritrotsitlar, leykotsitlar yoki trombotsitlar miqdorining pasayishi 
bilan namoyon bo’ladi. Splenomegaliya ko’pincha gipersplenizm bilan o’tadi, 
biroq hamsha ham bunday birga qo’shilib kelish kuzatilavermaydi. 
Gipersplenizm yaqqol ifodalangan splenomegaliyasiz ham paydo bo’lishi 
mumkin. Splenomegaliya taloq va inson organizmining boshqa a’zolari 
sistemalarining qator kasalliklari simptomi hisoblanadi va bunday sharoitlarda 
hamisha ham splenektomiya, davo tadbiri sifatida tanlanaverilmaydi. 
Gipersplenizm taloqning qon emiruvchi faoliyatida buzilishlarning bir 
ko’rinishi bo’lib, kasallikning kechishini bemorning jiddiy ravishda 
og’irlashuviga olib keladi, bu ko’pchilik hollarda taloqni olib tashlashni talab 
etadi. Uzoq muddat ichida taloqning ishchan gipertrofiyasini keltirib chiqargan 
splenomegaliya bilan bog’liq birlamchi gipersplenizmni, uning boshqa 
kasalliklarida (yallig’lanish, parazitar, autoimmun va b) paydo bo’ladigan 
ikkilamchi gipersplenizmdan farq qilish kerak bo’ladi. Birlamchi gipersplenizm 
tug’ma (gemotilik anemiya, talassemiya, gemoglobinoopatiya va b.) va 
ortirilgan (trombotsitopenik purpura, birlamchi neytropeniya) bo’lishi mumkin. 
Ikkilamchi gipersplenizm tif (terlama), sil (tuberkulyoz), Bek sarkoidozi, 
bezgak, jigar tsirrozi, qopqa yoki taloq venasi trombozi, retikulez (Goshe 
kasalligi), amiloidoz, limfogranulematoz va boshqa ko’pgina kasalliklarga 
bog’liq bo’lishi mumkin. 


523 
Diagnostikasi. Kattalashagan taloq paypaslaganda, ayniqsa o’ng yonbosh 
bilan yotilganda yaxshi aniqlanishi mumkin. UT tekshiruvida uning 
kattalashganini, tuzilishidagi o’zgarishlarni qayd etish mumkin. Qorin bo’shlig’i 
a’zolarining obzor rengenografiyasi ham qo’shni a’zolar (me’da, yo’g’on ichak) 
ning ezilishi hisobiga, splenomegaliyaning bilvosita belgilarini berishi mumkin. 
Tekshirishdan ko’proq ma’lumot olish uchun rentgenografiyani me’da va 
yo’g’on ichak bo’shlig’iga oldindan havo yuborib (insuflyatsiya qilib) keyin 
bajariladi. Radiologik tekshiruv usullari: taloqni radioaktiv texnetsiy yoki indiy 
bilan skanerlashdan keng foydalaniladi. Usul preparatning taloq 
retikuloendotelilal hujayralari tomonidan tanlab yutilishiga asoslangan. Cr
51
preparati bilan nishonlangan autogen eritrotsitlar bilan skanerlash uslubi ham 
qo’llaniladi. Tekshirishdan oldin eritrotsitlar 50

C gacha qizdiriladi, shundan 
so’ng ular sferik shaklga (normada ikki tomoni botiq shaklda) kiradi. Taloq bu 
eritrotsitlarni faol ushlab oladi va emiradi. Bunday hollarda skanerlash taloq 
o’lchamlarini aniqlashga imkon beradi. 
Gipersplenizmning funktsional belgilar qon shaklli elementlari miqdorining 
pasayishi bilan ifodalanadi, bu gemogrammani sinchiklab tekshirishda topilishi 
mumkin. Ba’zan gemogramma ko’rsatkichlari suyak ko’migining gemopoetik 
faoliyatini kuchayishi hisobiga patologik sharoitlarda 5-10 marta oshishi, ba’zan 
esa normaga yaqin bo’lishi mumkinligini yodda tutish lozim. Shuning uchun 
ham, ko’pincha suyak ko’migi bioptati yoki surtma preparatini tekshirishga 
kirishiladi. Bunda retikulotsitlar miqdoriga, qizil va oq kurtak elementlarining 
nisbatiga va boshqalarga ahamiyat beriladi. Ba’zi bir kasalliklarda periferik 
qonda anomal (sferotsitlar) eritrotsitlar, xujayra – nishonlarni aniqlash mumkin. 
Gemolitik anemiyalarda bilvosita billirubin miqdorining ortishiga, axlatda 
sterkobilin kontsentratsiyasining ko’payishiga e’tibor beriladi. Anomal 
eritrotsitlar, odatda funktsional jihatdan o’zgarmagan eritrotsitlarga qaraganda 
to’la qimmatli emas va barqarorligi kam bo’ladi. To’la qimmatli bo’lmagan 
eritrotsitlar uchun, ularda osmotik barqarorlikning pasayishi xosdir. 


524 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish