Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Taloq kistalari 
Taloq kistalari noparazitar va parazitar bo’lishi mumkin. Noparazitar 
kistalar haqiqiy (ichki tomoni endoteliy bilan qoplangan) yoki soxta (endotelial 
to’qimasiz) bo’lishi mumkin. Haqiqiy kistalar tug’ma bo’ladi va 
embriogenezning buzilishi natijasida paydo bo’ladi. Soxta kistalar – orttirilgan 
bo’lib, aksariyat jarohatlar, infektsion kasalliklardan so’ng va boshdan 
kechirilgan taloq infarkti oqibatida paydo bo’ladi. Kistalar yolg’iz yoki ko’p 
sonli bo’lishi mumkin. Ularning hajmi millimetrning bir necha ulushlaridan to 5 
l va bundan ko’proq sig’imga ega bo’lishi mumkin. Kista ichidagi suyuqlik, 
odatda seroz yoki gemorragik tabiatga ega bo’ladi. Noparazitar kistalarning 
klinik belgilari turli-tuman bo’lib, bemorlar chap qovurg’alari ostida chap elkaga 


520 
yoki elka ustiga beriladigan doimiy simillagan og’riqlarni qayd qiladilar. 
Kistalar katta o’lchamda bo’lganida og’riqlar kuchayishi mumkin, qorin 
bo’shlig’i qo’shni a’zolarining (me’da, yo’g’on ichak) ezilishi yoki to’silish 
simptomlari paydo bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Bemorni tekshirishda chap 
qovurg’alar ostida bo’rtmani, qorin assimetriyasini, paypaslaganda esa 
kattalashagan, og’riqsiz taloqni aniqlash mumkin. Kista taloqning quyi qutbida 
joylashganida, flyuktuatsiya simptomi aniqlanadi. 
Taloq kistalari diagnostikasida taloq abstsessida qo’llaniladigan barcha 
usullardan, shuningdek ultratovush yordamida tekshiruv, KT, taloq tomirlarini 
rentgen-kontrast tekshiruvi – tseliakografiyasidan foydalaniladi (117-rasm).
117-rasm. Taloqning yolg’iz noparazitar kistasi (UT tekshiruvi). 
Angiografiyada taloq sohasida, intraorgan qon tomirlarini qisib qo’ygan 
tomirsiz soha aniqlanishi mumkin. Davolash: xirurgik yo’l orqali 
(splenektomiya) amalga oshiriladi. 
Taloqning parazitar kistalaridan ko’proq uchraydigani exinokokk kistasi 
bo’lib, birmuncha kamroq tsistotserk va nihoyatda kam hollarda alveokokk 


521 
kuzatiladi. Parazitning taloqqa kirish yo’llari: asosan gematogen, kamroq – 
limfogen. Kasallikning rivojlanish jarayoni (davomiyligi) bir necha yildan 15 
yilgacha va undan ko’proqqa borishi mumkin. Parazit rivojlangan sayin qorin 
bo’shlig’i qo’shni a’zolarini ezib qo’yishi va taloq to’qimasining atrofiyasi 
kuzatiladi. Taloq parazitar kistalarining klinik belgilari noparazitar kistalaridagi 
belgilardan deyarli farqlanmaydi. Taloq abstsessining klinik belgilari 
rivojlanganda boshlanadigan yiringlanish, taloq exinokokkozining asorati 
bo’lishi mumkin. Taloqning parazitar kistalari diagnostikasida, yuqorida 
ko’rsatib o’tilgan usullardan tashqari, Katsoni reaktsiyasi va lateks-
aglyutinatsiya testi qo’llaniladi. 
Davolash: xirurgik yo’l orqali (splenektomiya). 
Keyingi yillarda yurtimizning bir qator xirurgik klinikalarida amaliy 
jarrohlikka yangi texnologiyalarning joriy etilishi tufayli, taloqda yuzaki 
joylashgan exinokokklarda laparoskopik usullar orqali kistalarni olib tashlash 
amaliyotlari qo’llanilmoqda. Albatta, bu usul uchun ko’rsatmalar izchillik bilan, 
tekshiruvlar natijalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish