150
Punktsion polyarografiya odatda to’qimalarda kislorodning anchagina
pasayishini aniqlaydi. Biroq bu usullarning hammasi oyoqdagi qon aylanishini
mikdoriga qaraganda ko’proq sifat holatini xarakterlaydi. Mushakdagi qon
oqimini izotop usulida mikdoriy aniqlash –
oyoqdagi qon aylanishini
xarakterlaydi. Birok tinch turilganda mushakdagi qon oqimi ko’rsatkichi kam
ma’lumot beradi, ishemiya darajasi xarakat vaqtida aniqlaydi.
Radioizotop angiografiya aortani ko’ribgina qolmay, balki undagi qon
oqimi buzilishini qayd qilishga imkon beradi, biroq qorin aortasi zararlanishi
topik diagnostikasining asosiy usuli rentgen kontrast aortografiyasi bo’lib
qoladi. Uni xirurgik davolash taxmin qilinganda utkazish lozim. Translyumbal
aortografiya tanlanadigan usul hisoblanadi. Qorin
aortasi zararlanishining
angiografik manzarasi juda xilma-xil, qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh
arteriyalarning stenotik o’zgarishlari eng ko’p uchraydi.
Aterosklerotik jarayonlar uchun chekka to’lish nuksonlari, aorta va arteriya
konturlarining stenoz uchastkalari bilan tekislanib qolganligi xos. Travmatik
shikastlar uchun okklyuziyadan proksimalroqda aortaning normal ko’rinishi va
zararlanishining segmentar xarakteri tipikdir. Postembolik okklyuziyada bu
joydan yuqoridagi
aorta devorlari tekis, ateroskleroz belgilari yo’q. Yonbosh
arteriyasining tug’ma gipoplaziyasida uning bo’shligi bir tekis toraygan
kontrastlanish nuqsoni yo’q. Yonbosh arteriyasining fibroz-mushak displaziyasi
ko’p sonli torayish zonalari bilan xarakterlanadi, bunda arteriya cho’tkalar
ko’rinishiga ega bo’ladi.
Ishemik belgilar xarakteri jarayonga distal tomir o’zani tortilishiga bog’liq.
Katta kollaterallar (pastki
ichak tutqich, ichki yonbosh, bel, dumgaza
arteriyalari va b.) arteriya tarmoqlari va oyoq arteriyalari o’rtasida katta
anastomoz bog’lanishlar hosil qiladi.
Oyog’ida og’riq borligidan shikoyat qilayotgan
bemorda loaqal bitta son
arteriyasida pulsatsiya bo’lmasa va agar qorin aortasi, yonbosh va son
arteriyalari ustida sistolik shovqin eshitilsa, Lerish
sindromiga osonlikcha
diagnoz qo’yish mumkin. Instrumental tekshirish usullari bilan oyoqlardagi qon
151
aylanishi buzilishlari aniqlanadi. Agar operatsiya bilan davolash to’g’risidagi
masala xal qilinayotgan bo’lsa, bemorni aortografiya qilish kerak.
Differentsial diagnostika qilishda obliteratsiyalovchi endarteriit – 20-30
yoshdagi erkaklar kasalligi to’g’risida unutmaslik kerak, bunda boldir tomirlari
zararlanadi. Bunday bemorlarda son, ko’pincha esa taqim osti arteriyasi yaxshi
pulsatsiya qiladi, sistolik shovqin bo’lmaydi. Endarteriitli bemorlarda
aortografiyada odatda aorta, yonbosh va son arteriyasi o’tkazuvchanligining
sonning uchdan bir pastki qismigacha normal bo’lishi qayd qilinadi. Arteriyalar
konturlari tekis, silliq. Takim osti arteriyasi va boldir arteriyalari odatda
okklyuziyalangan va boldirda shtoporsimon
kollaterallarning mayda
tarmoqdagina ko’rinib turadi.
Aorta okklyuziyalarida dumbada sonning orqa yuzasi bo’ylab paydo
bo’ladigan og’riq ba’zan kuymich nervi yallig’lashi diagnozi qo’yilishiga sabab
bo’ladi. Periferik arteriyalar spazmga uchraganligi va oyoq panjasida pulsatsiya
aniqlanmasligi, oyoqlarning esa muzdayligi bu spazmni yanada oshiradi. Biroq
kuymich nervi yallig’lashida og’riq, jismoniy harakatga bog’liq bo’lmaydi, ular
tinch turganda yo’qolmaydi va tunda qo’zishga moyil bo’ladi. Bunday
bemorlarda tomir shovqini bo’lmay, balki kuymich nervi yallig’lanishining
butun nevrologik simptomatikasi aniqlanadi.
Operatsiya qilib davo qilinmasa, kasallik prognozi jiddiy, chunki buzilishlar
tobora avj olib boradi. Ko’pchilik bemorlar simptomlar paydo bo’lgandan 1-2
yil o’tgach mexnatga layokatsiz bo’lib qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: