152
arteriyasining to’liq tutilib qolganligi operatsiyaga qarshi ko’rsatma bo’lib
xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda Lerish sindromini operatsiya usuli bilan davolash
tomir xirurgiyasining yaxshi ishlab chiqilgan bo’limi hisoblanadi.
Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalari normal
o’tkazuvchanligini tiklash uchun rekonstruktiv operatsiyalarning xar uchala turi:
rezektsiya qilib protezlash, alloshuntlash va endarterektomiyadan foydalaniladi.
Qorin aortasi okklyuziyasida rezektsiya bilan (aortani kesib tashlamay)
protezlash o’tkaziladi.
Agar qorin aortasining stenozlovchi zararlanishida (yoki yonbosh
arteriyalari o’tkazuvchanligi saqlanib qolgan bo’lsa,
bifurkatsion aorta-son
alloshuntlashni amalga oshirgan yaxshi.
Bemorning og’ir somatik holatida oyoqlarda qon aylanishini tiklash uchun
«yuza» yonbosh-son yoki chatishma son-son va chatishma yonboshson
shuntlash metodlaridan foydalanish mumkin.
Oyoqning xatto III va IV darajali ishemiyasida 70% bemorlarda
rekonstruktiv operatsiya qilish va oyoqni saqlab qolish mumkin. Ko’pchilik
bemorlarda tomirlarning ikki tomonlama zararlanishi uchraydi. Klinikasi bir
tomonda ifodalangan bo’lishiga qaramay, tomirlar
rekonstruktsiyasini ikkala
tomondan bajarish zarur. Qorin aortasidagi operatsiyalarda o’lim 2 dan 10%
gacha o’zgarib turadi. Ko’pchilik bemorlarda xirurgik davolash natijalari yaxshi.
83% bemorlarda yaxshi natija saqlanib qoladi. Operatsiya qilingan 10-15%
bemorlarda ateroskleroz jarayoni avj olishi yoki distal anastomozlar soxasida
yangi intima o’sib qalinlashuvi sababli rekonstruktsiyalangan segment trombozi
tufayli simptomlar yana paydo bo’lish extimoli bor. Tomir protezlari odatda
asoratlar bermaydi. Oyoq distal tomir o’zani o’tkazuvchanligi saqlanib qolganda
(son chukur arteriyasi va loaqal bitta boldir arteriyasida) bemorda takror
operatsiya o’tkazish mumkin, u 75% bemorlarda yaxshi chiqadi va oyoqda qon
aylanishi qayta tiklanadi.
Rekonstruktiv operatsiyalar natijasi ko’p jixatdan qon tomir o’zani holatiga
bog’liq. Oyog’ida gangrenalari bo’lgan bemorlar
guruxida rekonstruktiv
153
operatsiyadan 5 yil o’tgach yaxshi natijalar va amputatsiyaga mahkum bo’lgan
bemorlarda oyoqning saqlanib qolish 58% hollarda qayd qilingan. Lerish
sindromida rekonstruktiv operatsiyalar ko’pchilik bemorlarda simptomlarni
bartaraf etadi va normal xayotga qaytish imkonini beradi.
Rentgenendovaskulyar dilatatsiya
.
So’nggi
vaqtlarda angiografiya va
rentgenendovaskulyar xirurgiyaning jadal rivojlanishi munosabati bilan yangi
istiqbolli yo’nalish – zararlangan arteriyalarning translyumbal angioplastikasi
bilan bir vaqtda nitinol spiral yordamida endoprotezlash vujudga keldi (I.X.
Rabkin va b.). Yonbosh va son arteriyalarining rentgenendovaskulyar
dilatatsiyasi rekonstruktiv operatsiyalar
hajmini kamaytirishga, o’limni
kamaytirishga va keyingi natijalarni yaxshilashga imkoniyat yaratdi .
Konservativ davolash.
Qorin aortasi bifurkatsiyasi va yonbosh arteriyalari
zararlanib, ishemiyaning I-IIA darajasi bo’lgan bemorlarda 1-2 oygacha
konservativ davo qilinadi. Bunday davoni yiliga 2-3 marta rekonstruktiv tomir
operatsiyalaridan keyin o’tkazish maqsadga muvofiq. Quyidagi preparatlar
guruxlari ishlatiladi:
1. Ganglioblokatorlar: bupatol, midokalm, vaskulat.
2. Me’da osti bezlari preparatlari: andekalin, dilminal, angiotrofin, padutin,
depo-padutin, depo-kallikrein, priskol, vazolastin.
3. Tomirlarni kengaytiradigan preparatlar: papaverin, noshpa, nikoshpan,
kamplamin, galidor.
4. Antikoagulyantlar: fenilin, pelentan, neodikumarin, sinkumar va b. O’tkir
trombozda geparin, streptaza, streptokinaza va urokinaza ishlatiladi.
5. Qon reologik xossalarini yaxshilash hamda
dezagregatsiya maqsadida
aspirin, kurantil, anginin va prodektin qo’llanish maqsadga muvofiq.
Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash uchun reopoliglyukin (5-10 infuziya)
tayinlanadi.
6. Baroterapiya, diodinamik toklar (Bernar toklari), massaj, vodorod sulfidli
vannalar.
154
Rekonstruktiv operatsiyalardan keyin bemorlarga 0,5 g dan kuniga 3 marta
aspirin, 1 tabletkadan kuniga 3 marta kurantil, yiliga 2-3 marta 1-2 oylik
komplamin bilan davolash kurslari va fizioterapevtik davo tayinlanadi. Davolash
fizkulturasi zarur.
Tomirlar operatsiyalaridan keyin bemorlar 1-3
oygacha mexnatga
layokatsiz bo’ladilar. Ishemiya simptomlari barham topgandan keyin bemorlar
o’z ixtisosligi bo’yicha ishlay oladilar: yiliga 2 marta ambulatoriyada profilaktik
davo kurslari oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: