Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Lerish sindromi
«Lerish sindromi» atamasi klinik amaliyotda qorin aortasi bifurkatsiyasi va 
yonbosh arteriyalarning stenozlaydigan va okklyuziya qiladigan zararlanishlari 
natijasidagi buzilishlar yig’indisini ifodalashda ishlatiladi. Bu sindrom klinik 
manzarasini birinchi marta 1923 yilda frantsuz xirurgi Rene Lerish batafsil 
tasvirlagan. Bu kasallik patologik anatomik tekshirishlarda 0,14% xollarda 


146 
uchraydi (Felson, 1954). Bu kasallikda Germaniyada yiliga qariyb 30 ming, 
AQShda esa 37 ming rekonstruktiv tomir operatsiyalari bajariladi. Bemorlarning 
taxminan 25 foizida konservativ davolash ikkala oyoqni amputatsiya qilish bilan 
tugallanadi. Umr ko’rish va oyoq holati prognozi jiddiy: kasallikning dastlabki 
simptomlari paydo bo’lgandan 8 yil o’tgach, bemorlarning uchdan bir qismi 
nobud bo’ladi, bunda ularning yarmida gangrena sababli oyoqlari amputatsiya 
qilinadi, uchdan ikki qismidan amputatsiya birmuncha keyingi davrda qilinadi, 
qolgan uchdan bir qismida oyoq holati yomonlashib boradi (35-rasm) . 
35-rasm. Oyoqlar arteriyalarining aterosklerozda zararlanishini uchrashi. 
Etiologiyasi.
Qorin aortasi va yonbosh arteriyalarining stenozlaydigan 
zararlanishlari tug’ma va orttirilgan kasalliklardan yuz berishi mumkin. Tug’ma 
kasalliklarga aorta qorin bo’limi gipoplaziyasi yoki atreziyasini kiritish lozim. 
Kasallik ham yallig’lanish bo’lmaydigan, ham orttirilgan yallig’lanish 
kasalliklaridan kelib chiqishi extimol. Aortaning yallig’lanishga aloqador 
bo’lmagan kasalliklari orasida ateroskleroz ko’p uchraydi (70-85%). Aortaning 
yallig’lanish kasalliklari orasida uning stenoziga – zaxm aortiti, infektsion 
arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aorto-arteriit sabab bo’lishi 
mumkin. 


147 
Qorin aortasining okklyuziyalovchi kasalliklari klassifikatsiyasi 
jarayonning joylashuvi va turini hamda ishemiya manzarasining qandayligini 
hisobga olgan holda etiologik printsip bo’yicha tuziladi. Etiologiyasi bo’yicha 
qorin aortasi zararlanishi orttirilgan (ateroskleroz, nospetsifik aorto-arteriit, 
endarteriit, postembolik okklyuziya, shikast oqibatlari va b.) va tug’ma 
(gipoplaziya, aplaziya, fibroz-mushak displaziyasi) turlarga bo’linadi. Qorin 
aortasining stenotik zararlanishi yonbosh arteriyalarning bir yoki ikki 
tomonlama zararlanishi bilan o’tishi mumkin. So’nggi xili tipik Lerish sindromi 
hisoblanadi. Arteriyalarning zararlanish darajasi (stenoz yoki okklyuziya) va 
distal tomir o’zani holati, xususan son-taqim zonasida okklyuziya borligi va 
boldir arteriyalari okklyuziyalari borligini aniqlash muhim. Son arteriyalari 
okklyuziyasida asosiy kollateral sifatidagi son chuqur arteriyasining 
o’tkazuvchanligi muhim ahamiyatga ega. 
Ishemik sindromning yuzaga chiqqanligiga ko’ra kasallikning 4 bosqichi 
farq, qilinadi.
I bosqichda oyoqda og’riq, zo’r jismoniy harakatda, masalan, 1 kmdan ko’p 
masofa bosib o’tilganda paydo bo’ladi.
Ishemiyaning II bosqichida og’riq, kamroq yo’l yurilganda vujudga keladi. 
200 metrlik masofa shartli mezon qilib olingan. Agar bemor odatdagicha 
odimlab 200 m dan ortiq masofani og’riqsiz bosib o’tsa, uning holatini 
ishemiyaning II «A» bosqichi sifatida belgilaydilar. Agar normal odimlashda 
200 m yurilmasdan og’riq paydo bo’lsa, bu – ishemiyaning II «B» bosqichi 
hisoblanadi.
Tinch turilganda yoki 25 m dan kam yurilganda og’riq tursa, bu – 
ishemiyaning III bosqichi sifatida qaraladi.
Ishemiyaning IV bosqichi to’qimalarning yara-nekrotik o’zgarishlarga 
uchrashi bilan ta’riflanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish