Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Feoxromotsitoma
– katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) ishlab 
beradigan xromofin to’qimadan neyroektodermal kelib chiqqan o’sma bo’lib, 
ko’proq buyrak usti bezi miya qatlamidan rivojlanadi (90% hollarda). 
Feoxromotsitomani (paraganglioma) 10% hollarda buyrak usti bezidan 
tashqarida (aksariyat simpatik paraaoratal gangliyalarda, qovuqda, orqa ko’ks 
oralig’ida) joylashgani aniqlanadi. Yolg’iz va ko’p sonli, xavfsiz va xavfli 
bo’lishi mumkin. Kasallik ko’pincha katta yoshdagi erkaklarda uchraydi. 
Feoxromotsitomaning oilaviy tabiati to’g’risida ham ma’lumotlar bor. 
Feoxromotsitomali bemorlarda kelib chiqadigan buzilishlar patogenezida 
katexolaminlar gipersekretsiyasi va ularning umumiy qon oqimiga vaqti-vaqti 
bilan ko’p mikdorda tushishi asosiy ahamiyatga ega. Kriz vaqtida 
katexolaminlar, xususan noradrenalin darajasi normadan bir necha o’n barobar 
oshadi, ularning ortiqcha miqdori alfa va betta adrenoretseptorlarining 
qo’zg’alishini chaqiradi, bu esa arteriolalar darajasida yaqqol spazmga, umumiy 
periferik qarshilikning keskin ortishiga olib keladi, buning natijasida sistolik 
bosim ham, diastolik AQB ham oshadi. 
Klinik manzarasi.
Feoxromotsitomaning asosiy simptomi arterial 
gipertenziya hisoblanandi. U uchta tipda – krizli (paroksizmal), barqaror va 
aralash kechishi mumkin va shunga ko’ra kasallik klinik kechishining tegishli 
tiplari farq qilinadi. Paroksizmal turida AQB 250-300 mm Hg gacha va bundan 
yuqoriga ko’tarilib, gipertonik krizlar qayd etiladi. To’satdan AQB oshishi, 
keskin bosh og’rishi, yurak urib ketishi, o’lim xavfi, et junjikishi, tana 
xaroratining oshishi, ko’p terlash bilan o’tadi. Aksariyat nafas qisishi, bel 
sohasida, qorinda, to’sh orqasida og’riq qayd etiladi. Ko’ngli behuzur bo’lishi va 
qusish kuzatilishi mumkin. Kriz davomiyligi bir necha minutdan bir necha 
soatgacha davom etadi. Katexolaminlar gipersekretsiyasi natijasida rivojlangan 
kriz uchun giperleykotsitoz, giperglikemiya va glyukozuriya xos. Kriz 
bo’lmaganda AQB me’yordan oshmaydi va bemorlarda shikoyatlar bo’lmaydi. 
Arterial gipertenziyaning barqaror turida krizsiz AQB ning barqaror oshishi 
qayd etiladi. Aralash turida katexolaminlik krizlar yuqori AQB fonida kuzatiladi 


129 
(160/100–180/120 mm Hg). Bartaraf etilmagan katexolaminlik kriz o’lim bilan 
tugashi mumkin, bunga o’tkir yurak etishmovchiligi, o’pka shishi, bosh miyaga 
qon quyilishi sabab bo’lishi mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish