Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diagnostikasi. 
Feoxromotsitomani aniqlashda klinik ko’rinishi bilan bir 
qatorda siydikda katexolaminlar kontsentratsiyasi tekshirishga asosiy o’rin 
beriladi (sutkali yoki krizdan keyin qilingan). Siydikda ikkala gormonlar 
kontsentratsiyasining bir vaqtning o’zida oshishi o’smaning buyrak usti bezi 
ustida joylashuviga bir muncha hosdir. Noradrenalinning kontsentratsiyasi 
adrenalinga nisbatan yuqoriroq bo’lsa, o’sma buyrak usti bezidan tashqarida 
joylashuvi uchun hosdir. Amaliyotda siydikda adrenalin va noradrenalindan 
tashqari, vanilil-mindal kislota miqdori aniqlanadi. Bu kislota ikkala gormon 
metaboliti hisoblanadi va uning siydikdagi kontsentratsiyasi adrenalin va 
noradrenalin kontsentratsiyasidan bir necha o’n marta oshadi. O’smaning 
o’lchamlari katta bo’lganligidan ularni UTT va KT da osonlikcha topish 
mumkin (34a, b-rasm). 
a b 
34-rasm. Buyrak usti bezi feoxromotsitomasi. 
a) kompyuter tomogramma; b) makropreparat. 


130 
Feoxromotsitoma faqat xirurgik usul bilan davolanadi. Bemorlarga 
adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi – o’sma (feoxromotsitoma) buyrak usti 
bezi bilan birga olib tashlanadi. 
Buyrak usti bezlarining boshqa kasalliklari orasida endogen giperkortitsizm 
simptomokompleksini ko’rsatib o’tish lozim. Uning patogenezi bo’yicha har xil, 
biroq kasallikning klinik belgilari bo’yicha o’xshash bo’ladi. O’xshash klinik 
manzarasi glyukokortikoid gormonlar, avvalo kortizolning ortiqcha miqdorda 
ishlanishiga bog’liq. Itsenko-Kushing sindromi va Itsenko-Kushing kasalligi 
(o’smasiz turi) farq qilinadi. Itsengo-Kushing sindromi buyrak usti bezi qobig’i 
tutamli (dasta) sohasidan rivojlanadigan o’smadan vujudga keladi (xavfsiz 
o’sma – kortikosteroma, xavfli o’sma – kortikoblastoma). O’sma to’qimasi 
kortizol gormonini ortiqcha ishlab chiqaradi. Aksariyat hollarda 20-40 yoshdagi 
ayollar (deyarli 80%) kasallanadilar. Itsenko-Kushing sindromi va kasalligining 
klinik manzarasi etarli darajada tipik bo’ladi. Semizlik va arterial gipertenziya 
kasallikning doimiy simptomlaridan hisoblanadi. Tez charchab qolish va 
mushak bo’shashishi, mehnat qobiliyatining pasayishi, jinsiy faoliyatning 
pasayishi erta paydo bo’ladi. Kechroq bu belgilar qatoriga osteoporoz 
qo’shiladi. Semizlik somatotropinning yog’ safarbarlik ta’sirini tormozlovchi 
kortizol va AKTGning ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan bog’liq. Itsenko-
Kushing sindromida arterial gipertenziya krizsiz, barqaror kechadi, sistolik va 
diastolik bosimning mutanosib oshishi qayd etiladi, gipotenziv vositalarga 
ta’sirsiz bo’ladi. Bemorlarning tashqi ko’rinishi o’ziga xos – yuzi oysimon, yuz 
va ko’krak qafasining yuqori qismi rangi qip-qizil ko’kimtir, qorin, bel, ko’krak 
bezlari, sonlar terisida qip-qizil ko’kimtir yo’l-yo’l chiziqlar «qizil striyalar» 
bo’ladi. Terisi quruq bo’lib qoladi, oyoq-qo’llari terisi ko’kimtir-marmarsimon 
tus oladi. 
Diagnostika. Qonda va siydikda 17-kortikosteroidlar (17-KS) 
kontsentratsiyasi darajasini o’rganish, plazmada kortizol miqdorini aniqlash 
ahamiyatga ega. Kortikosteromada bu ko’rsatgich, ayniqsa o’sma xavfli tabiatga 


131 
ega bo’lganda, bir muncha oshadi. Tekshiruv usullar orasida UTT va KT keng 
ishlatiladi. 
Davolash: Itsenko-Kushing sindromi faqat xirurgik usul bilan davolanadi. 
Bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi – o’sma buyrak usti bezi 
bilan qo’shib olib tashlanandi.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish