Davolash.
Vistseral qon aylanishining surunkali buzilishi – xirurgik
muammodir. Normal qon oqimini faqat operatsiya yo’li bilan tiklash mumkin.
Surunkali
abdominal
ishemiyaning
subkompensatsiyalangan
va
dekompensatsiyalangan bosqichi operatsiya qilishga ko’rsatma hisoblanadi.
Okklyuziya jarayoni (kompensatsiya bosqichi) asimptom kechganda vistseral
qon oqimi quyidagi hollardagina korrektsiya qilinadi:
- qorin aortasi va uning boshqa tarmoqlari zararlanganligi tufayli
o’tkazilayotgan operatsiya gemodinamika sharoitlarini o’zgartirib, buzilgan
vistseral qon aylanishini yanada og’irlashtirishi va kompensatsiya holatidagi
izdan chiqqan vistseral qon oqimini battar buzishi mumkin;
- vistseral tarmoqlar qorin aortasining o’z patologiyasi tufayli
bajarilayotgan operatsiya aralashuvi zonasida bo’lib qoladi.
Birga qo’shilib kelgan zararlanishlarning turli xil variantlari bo’lganda
xirurgik taktika va operatsion aralashuv to’g’risidagi masalani xal qilishda
umuman patologiya xarakteridan kelib chiqish lozim. Klinik amaliyotda
quyidagi birga keladigan zararlanishlar uchraydi: bir necha vistseral tarmoqlar
varianti; vistseral va buyrak arteriyalari varianti; vistseral tarmoqlar va qorin
aortasi, vistseral va buyraklar va qorin aortasi tarmoqlari varianti.
Qorin stvoli va yuqori ichak tutqich arteriyasi zararlanganda ikkala
arteriyadagi buzilgan qon aylanishini bir vaqtning o’zida korrektsiya qilishga
xarakat qilish zarur. Proksimal vistseral tarmoqlar va buyrak arteriyalarining
qo’shilib kelgan zararlanishlarida abdominal qon oqimini korrektsiya qilish
kerak. Vistseral tarmoqlar va qorin aortasining qo’shilib kelgan zararlanishlarida
ham qon oqimini bir vaqtning o’zida korrektsiyalashga xarakat qilish kerak.
Pastki ichak tutqich arteriyasining revaskulyarizatsiyasi to’g’risidagi masala
muxim, terminal aorta rekonstruktsiyasida va yonbosh-son shuntlashda ishemik
buzilishlar yo’g’on ichakning chap yarmida paydo bo’ladi. Bu o’rinda protez
176
bilan aortaning proksimal anastomozi darajasi ahamiyatga ega. Uni pastki ichak
tutqich arteriyasi chiqadigan joydan yuqorida qo’yilganda ichak ishemiyasi
rivojlanishi uchun sharoitlar vujudga keladi, chunki asosiy qon oqimi shunt
bo’ylab yo’naladi, pastki ichak tutqich arteriyasidan qon oqimi esa
reduktsiyalanadi. Shuning uchun aorta-son shuntlashda proksimal anastomoz
pastki ichak tutqich arteriyasi satxiga qo’yiladi. Qorin aortasi vistseral
tarmoqlaridagi qon oqimini korrektsiya qilishda operatsiya qorin aortasiga va
uning tarmoqlariga yaxshi yo’l ochibgina qolmay, balki xirurgning ilgari
mo’ljallab qo’ygan operatsiya rejasiga o’zgartirish kiritishga imkon berishi
kerak.
IX
qovurg’alararo
orqali
o’tiladigan
chap
tomonlama
torakofrenolyumbotomik yo’l afzal deb hisoblanadi.
Xirurgik korrektsiya usulini tanlash okklyuziyalovchi jarayon tabiatiga va
xarakteriga bog’liq. Qorin stvoli ekstravazal kompressiyasida adekvat qon
oqimini tiklash ko’p hollarda arteriyani bosib turadigan omillardan ozod
qilishning o’zi kifoya qiladi.
Operatsiyalarning rekonstruktiv usullari:
- transaortal va transarterial trombendarterektomiya;
- arteriyalarni rezektsiya qilish va protezlash;
- replantatsiya operatsiyasi;
- arteriyalararo shuntlash operatsiyalari.
Arteriya proksimal segmentida etarlicha diametrdagi chegaralangan
zararlanish bo’lishi trombendarterektomiyaga ko’rsatma hisoblanadi.
Endarterektomiyani transarterial va transaortal usullar bilan amalga oshirish
mumkin. Transarterial endarterektomiyaning moxiyati zararlangan arteriya
segmenti ustidan o’tkazilgan arteriotomik kesma orqali o’zgargan intima va
pilakchalarni olib tashlashdan iborat. Arteriyani rezektsiya qilish va protezlash
qorin aortasi vistseral tarmoqlarini rekonstruktsiya qilishning asosiy usullaridan
biri sanaladi. Arteriyada hosil bo’lgan nuqson o’rnini to’ldirish uchun diametri
8-10 mm bo’lgan lavsan-ftorlon to’qima protezlaridan va autoven-plastikadan
foydalaniladi. Vistseral tarmoqdarni protezlashga ko’rsatma bo’lib, zararlanish
177
etiologiyasidan qatiy nazar zararlanishning prolongatsiyali formalari
hisoblanadi. Replantatsiya operatsiyasining moxiyati zararlangan segmentni
rezektsiya qilish va uni aortaning o’zgarmagan qismiga qayta tikishdan iborat.
Replantatsiya to’g’risidagi masalani asosiy stvoli etarlicha uzun bo’lgan ichak
tutqich arteriyalari zararlangan takdirdagina o’rtaga qo’yish mumkin.
Shuntlash operatsiyalari
.
Bu operatsiyalarning moxiyati zararlangan
segmentni chetlab o’tib qon oqimini tiklashdan iborat. Operatsiyalarning turli xil
metodikalari ishlab chiqilgan, ularni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin:
aorta-arterial shuntlash va arteriyalararo anastomoz operatsiyalari. Shuntlashda
qon oqimi zararlangan arteriya bilan qon oqimi manbai o’rtasiga qo’shimcha
kiritma (allo- yoki automaterialdan) qo’yish yo’li bilan tiklanadi. Qon shu
kiritma bo’ylab okklyuziyalangan magistral xavzasiga yo’naladi.
Shartli rekonstruktiv (dekompressiyalaydigan) operatsiyalar. Qorin stvoli
ekstravazal kompressiyasida bajariladi va uni bosib turgan omillardan ozod
qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Dekompressiyalaydigan operatsiyalarga: diafragmaning o’rta fibroz
boylamini qirqish, diafragma medial oyoqchasini qirqish – krurotomiya,
gangliyalarni olib tashlash va quyosh chigali nerv tolalarini qirqish, arteriyalarni
o’rab turgan fibroz to’qimalardan ozod qilish – arterioliz kiradi.
Shunday qilib, vistseral qon aylanishi buzilishini xirurgik yo’l bilangina
korrektsiya qilishga erishish mumkin.
Asoratlari.
Operatsiya bajarish jarayonida va operatsiyadan keyingi davrda
yuz berishi mumkin bo’lgan asoratlar bu xavfli sharoitlarni profilaktika qilishni,
bular paydo bo’lganda esa bartaraf etish choralarini ko’rishni talab etadi. Yurak-
tomirlar, nafas va o’tkir buyrak etishmovchiligi, ichak infarkti va peritonit
aksariyat o’lim bilan yakunlanadi. Rekonstruktiv segment trombozlari, qon
oqishlar, operatsion jaroxat yiringlashi, qorin bo’shlig’i organlari eventratsiyasi
xirurgik davolashning etarlicha og’ir oqibatlari hisoblanadi va organni, ba’zan
esa bemor xayotini ham qutqarib qolish maqsadida shoshilinch tadbirlar
ko’rishni talab etadi.
178
Do'stlaringiz bilan baham: |