Xirurgik kasalliklar


Surunkali abdominal ishemiya sindromi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Surunkali abdominal ishemiya sindromi
Qorin aortasi vistseral tarmoqlarining surunkali okklyuzion zararlanishlari 
bilan o’tadigan simptomlar kompleksi adabiyotda turli nomlar ostida yuritiladi. 
«Qorin anginasi» atamasi eng ko’p tarqalgan va ko’pchilik uni qabul qilgan. 
Kasallikning uchta simptomi bor: ovqat eyilgandan keyin hazm jarayoni 
cho’qqisida qorinda anginoz xurujsimon og’riq paydo bo’lishi, ichak 
disfunktsiyasi, tobora oriqlab ketish. 
A.V. Pokrovskiy muallifdoshlari bilan «surunkali abdominal ishemiya 
sindromi» degan atama birmuncha asosli deb hisoblaydilar, u patologik jarayon 
xarakterini, uning moxiyatini – ishemiya va abdominal lokalizatsiyasini aniq 


167 
ta’kidlaydi. Surunkali abdominal ishemiya sindromi ostida qorin aortasi vistseral 
tarmoqlarining surunkali zararlanishlari sababli hazm organlaridagi qon 
aylanishi etishmovchiligi va klinik jixatdan qorinda og’riqlar, ichaklar 
disfunktsiyasi tushuniladi. Bu odatda ovqat eyilgandan keyin hazm 
organlarining funktsional aktivligi cho’qqisiga chiqqanda paydo bo’ladi, qisman 
bemorlarda tobora oriqlab ketish kuzatiladi. 
Qorin aortasi vistseral tarmoqlarining surunkali okklyuzion 
zararlanishlarini 1843 yildan boshlab o’rganilgan. Bu davrda nemis 
patologoanatomi Tademan murdani yorib ko’rayotganida yuqori ichak tutqich 
arteriyasi stvolida okklyuziyani aniqlagan. Amaliyotga tekshirishning rentgen 
kontrast usullarining joriy qilinishi vistseral qon aylanishining surunkali 
buzilishlarini o’rganishda ikkinchi bosqich hisoblanadi. 1958 yilga kelib, 
Mikkelson va Zaro angiografiya yordamida yuqori ichak tutqich arteriyasi 
stenozini aniqladilar va birinchi marta qorin anginasining inson xayotligidagi 
diagnozni qo’ydilar. Kasallikning nechog’lik uchrashi hanuzgacha aniq ma’lum 
emas, bu operatsiyadan oldingi diagnostikaning qiyinligi bilan tushuntiriladi. 
Patologoanatomik ma’lumotlarga ko’ra, qorin arteriyasi zararlanishi 20-45%, 
yuqori ichak tutqich arteriyasining zararlanishi o’rta hisobda 30% hollarda 
kuzatiladi. S.M. Kurbongaleev bilan muallifdoshlari ma’lumotlariga ko’ra 
(1974) 134 ta o’lgan odamlardan qorin stvoli zararlanishi 19,4%, yuqori ichak 
tutqich arteriyasi – 31,3% va pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanishi 49,2% 
xollarda kuzatilgan. 
Angiografik tekshirishda vistseral arteriyalar zararlanishi ham turlicha 
aniqlanadi va 4 dan 54% gacha hollar o’rtasida bo’ladi. Surunkali abdominal 
ishemiya sindromi turli sabablardan kelib chiqishi mumkin. Bu sabablar ikkita 
asosiy guruhga bo’linadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish