Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diagnostika.
Surunkali abdominal ishemiya sindromi bo’lgan bemorlarda 
o’tkaziladigan diagnostik tadbirlar yig’indisini shartli ravishda uch bosqichga 
bo’lish mumkin:


171 
1. Umumiy klinik tekshiruvlar bosqichi: bemordan batafsil so’rab-
surishtirish va kasallik anemnezini yig’ish, bemorni ko’zdan kechirish, qorin 
aortasi va uning tarmoqlarini, shuningdek yuza joylashgan magistral 
arteriyalarni (uyqu, o’mrov osti, yonbosh, son arteriyalari kabi) palpator va 
auskultativ aniqlash, qorin aortasi va uning tarmoqlarini fonoangiografik 
tekshirish. 
2. Tekshiruvning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: funktsional diagnostika 
usullari, laboratoriyada tekshirish usullari, me’da-ichak yo’li rentgenoskopiyasi, 
gastroduodenoskopiya, kolonoskopiya, qorin aortografiyasi, selektiv tseliako- va 
mezenterikografiya. 
3. Tekshiruvning intraoperatsion bosqichi: qorin bo’shlig’i organlari, qorin 
aortasi va vistseral tarmoqlarini taftish qilish, vistseral arteriyalarni 
elektromanometriya va elektrofloumetriya qilish. 
Bemorlardan so’rab-surishtirishda va fizik tekshiruv usullarida surunkali 
abdominal ishemiya sindromi borligi to’g’risida taxmin qilishga asos bo’ladigan 
tayanch nuqtalar quyidagilardir: 
- ko’p martalab tekshirish va terapiyaning naf bermaganligi; 
- og’riq simptomokompleksi va ichak disfunktsiyasining ovqat eyish bilan 
aloqadorligi; 
- og’riq simptomokompleksi kuchi va davomliligining hazm organlarining 
funktsional jixatdan faolligiga – hazm tsikliga muvofiq kelishi; 
- boshqa arterial xavzalarda (braxeotsefal, buyrak, yonbosh, son kabi) qon 
aylanishi buzilishi belgilarining mavjudligi (39-rasm). 


172 
39-rasm. Qorin stvoli stenozi 
Surunkali abdominal ishemiya sindromini diagnostika qilish uchun qator 
funktsional sinamalar taklif etilgan, ulardan ko’p qismining mohiyati hazm 
yo’liga nagruzka tushirish yo’li bilan abdominal simptomokompleksni yuzaga 
keltirishdan iborat. Biroq, bu sinamalarning diagnostik qimmati yuqori emas, 
shuning uchun ular keng qo’lamda tan olinmadi va klinik amaliyotda 
qo’llanilmadi. 
Laborator tekshiruvlar.
 
Ichak absorbtsion va sekretor funktsiyasining holati 
to’g’risidagi axborotni bemor koprogrammalarini o’rganib olish mumkin. 
Badbo’y xidli, shilimshik, neytral yog’, muskul tolalar, biriktiruvchi to’qimaga 
boy, shakllanmagan suyuk, axlat hazm organlarining sekretor va absorbtsion 
funktsiyalari buzilganligidan dalolat beradi. 
Vitamin B
12
bilan o’tkaziladigan sinama (Shillenger testi) yo’g’on ichak 
distal bo’limining absorbtsiya holati to’g’risida ma’lumot beradi. Metod Co
56
bilan nishonlangan vitamin B
12
ning radioaktiv dozasi peroral qabul qilinganda 
24 soat ichida siydik bilan ajratilgan vitaminni aniqlashga asoslangan. Normal 
sharoitlarda qabul qilingan dozaning 10 dan 30 foizigacha chiqariladi. 
Absorbtsiya buzilganda siydik bilan ajratilgan vitamin miqdori kamayadi. 


173 
Me’da ichi pH-metriyasi usulida me’da sekretsiyasini tekshirishning 
muayyan ahamiyati bor. Rentgenoskopiya ichak motor funktsiyasining 
buzilganini, shuningdek qator destruktiv o’zgarishlarni aniqlashga yordam 
beradi. Diagnostikaning boshqa usullari bilan birga bu ma’lumotlar muayyan 
qimmatga ega bo’ladi. 
Endoskopik tekshirish usullari (gastroduodenoskopiya va kolonoskopiya) 
abdominal patologiyaning tomirlardan kelib chiqishinigina emas, balki me’da, 
o’n ikki barmok ichak va yo’g’on ichakda o’sma va boshqa organik kasalliklar 
bor-yo’qligini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
Qorin aortasi vistseral tarmoqlarining okklyuzion zararlanishlarini 
angiografik diagnostika qilish surunkali abdominal ishemiya sindromining 
asosiy diagnostika usuli hisoblanadi. Rentgen kontrast usulgina qorin aortasi 
vistseral tarmoqlarining zararlanganini aniq va abdominal patologiyaning tomirli 
genezini isbotlab berishga imkon yaratadi. Vistseral tarmoqlar Seldinger 
bo’yicha retrograd angiografiya usuli va Dos Santos bo’yicha translyumbal 
punktsion aortografiyada kontrastlanishi mumkin. Angiografiyaning u yoki bu 
usulini qo’llanish terminal aorta, yonbosh va son arteriyalari holatiga bog’liq. 
Ular ateroskleroz bilan zararlanganda Seldinger bo’yicha retrograd aortografiya 
qo’llanishi mumkin emas, chunki okklyuziyalovchi jarayon zond kiritilishiga 
to’sqinlik qiladi va eng muximi son arteriyasi trombozi yuz berish xavfini 
vujudga keltiradi. Shunday sharoitlarda yuqori translyumbal aortografiya 
qo’llanish lozim. Ikkita – oldingi, orqa va yon proektsiyalarda tekshirishda qorin 
aortasi vistseral tarmoqlarining xalati to’g’risida zarur ma’lumot olish mumkin. 
Aortogramma va selektiv angiogrammalarni taxlil qilishga asoslanib, 
quyidagi angiografik simptomlarni farq qilsa bo’ladi (40-rasm).


174 
40-rasm. Korin poyasi va yukori mezenteral arteriyasi stenozi. 
Bular biror magistral tarmoq zararlanganidan darak beradi: 
- qorin-ichak tutqich va ichak tutqicharo anastomozlar irmoqlari kollateral 
qon aylanish yo’llarining kengaishi; 
- okklyuziyalangan magistral tarmoqlar va stvollarining retrograd to’lishi; 
- qo’shni zararlanmagan magistralning kompensator kengayishi; 
- buyrak arteriyasi diametrining taloq arteriyasi diametridan oshganligi; 
- zararlangan magistral va uning tarmoqlarining birmuncha aniq 
kontrastlanishi; 
- kontrast moddaning zararlangan magistraldan aortaga qayta o’tmasligi. 
Surunkali abdominal ishemiya sindromini intraoperatsion diagnostika qilish 
vistseral tarmoqlarni taftish qilishdan iborat. Arteriya devorlarining qalin 
tortishi, aterosklerotik pilakchalar va boshqa o’zgarishlar borligi aniqlanadi. 
Arteriya ustida palpatsiyada aniqlanadigan titrash qon aylanishi buzilganini 
ko’rsatadigan belgi hisoblanadi. Zararlangan arteriyada stenozlangan 
uchastkadan distalrokda arterial bosimni aniqlash va uni aortadagi bosim bilan 
taqqoslash tsirkulyator buzilishlarning og’ir-engiligi to’g’risida tushuncha 
beradi. Zararlangan arteriya bo’ylab qon oqimi reduktsiyasi darajasini 
aniqlashga imkon beradigan elektromagnit floumetriya birmuncha faol 
ko’rsatkichlar beradi. 


175 
Surunkali abdominal ishemiya sindromi diagnozining to’g’riligiga shubxa 
tug’ilgan sharoitlarda qorin bo’shlig’i organlarini hazm yo’lidagi organik 
kasalliklarni aniqlash (yoki istisno qilish) maqsadida taftish o’tkazish lozim. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish