Mavzu:
XVI–XIX asrlar kulolchiligi
XIV–XVII asrlar kulolchiligida tantanalarga mo‘ljallangan buyumlar yetakchi o‘rinni egalaydi. Bezaklarda issiq tonlar-ranglar bo‘yoqlar o‘rniga nafis naqshlar oq zaminda ravshan ko‘k rangda ishlanadi. shuningdek, sirkor bezak sifatida koshin ishlatila boshlaydi. koshin yuzasiga gul, meva, qush, baliq tasvirlari ishlanadi. Arxeolog D. Mirzaahmedovning yozishiga qaraganda, XVII asr ikkinchi yarmi XVIII asr birinchi yarmida buxoroda ishlangan sopol buyumlarning sifati XV–XVI asr sopollaridan ancha ortga qoladi . Ularda biroz dag‘allik seziladi. XV–XVI asrlarda keng qo‘llanilgan koshin buyumlar kamayadi. Och qizil, jigarrang, sariq va oq rangli ayrim buyumlarda umuman ishlatilmaydi. buyumlar usti juda yupqa sirlangan. Ko‘pchilik buyumlarga umuman naqsh berilmaydi. Shuningdek, “bosma” naqshlar paydo bo‘ladi. unda turunj, aylanma harakatdagi gorizontal naqsh, islimi naqshlar qo‘llaniladi. keyinchalik esa tirnab naqsh chiqarish keng joriy qilindi. rangli naqshlar piyola, kosa ichki devorlarida qo‘llaniladi faqat qimmatbaho idishlarning tashqi tomoniga ishlov beriladi. XVIII–XX asrlarda iqtisodiy ahvolning biroz yaxshilanishi, siyosiy barqarorlik tufayli sopol buyumlarning sifati ham yaxshilanadi. XVII asr ikkinchi yarmi – XIX asr o‘rtalarida buxoro sopol buyumlarida yana koshin ishlatila boshlaydi. Och sariq, qizg‘ish pang, oqangob, och ko‘k, havo rang, yashil, sariq, och qizg‘ish, feruza va to‘q qizg‘ish ranglar, glazur ishlatiladi. Kosa-piyolalarning ham ichki, ham tashqi tomoniga naqshlar ishlangan. boshqa turdagi idishlarga esa faqat ichki bezak qo‘llangan. XVIII asrda to XX asr boshiga qadar sopol sifati ancha yaxshilanadi. naqshlar did bilan tanlangan nafis ranglarda ishlanadi. Olimlarning fikricha, XIX asr ikkinchi yarmida Rishton-Farg‘ona kulolchi-lik markazi O‘rta Osiyoda asosiy o‘rinni egallaydi. XIX asr o‘rtalarida rishton kulollari sopol badiiy bezagiga yangi yo‘nalish kiritadilar. Ular o‘z sopol buyumlarini Xitoy seladon chinnisiga o‘xshatib chiqara boshlaydilar. sopol buyumlarning feruza va oq rangda sirlangan yuzasiga ko‘k va to‘q-qizg‘ish ranglarda mayda mayda nafis naqshlar ishlanadi. rishton buyumlari tashqi devori bezagiga katta e'tibor beriladi. shuning uchun ham xalq rishton sopol bumlarini “tantanali” buyum na'munalari qatorida ko‘rishgan va to‘y-hashamlarda ulardan foydalanishgan. o‘sha paytda rishtonning chinnigaron ko‘chasida 130 ta kulolchilik ustaxonasi bo‘lgan. Shu ustaxonalarning mahsulotlari o‘rta osiyoning barcha shaharlarida sotilgan. Suv ichadigan idishlar. XX asr boshiga qadar piyola va kosadan tashqari sopolli maxsus dastali idishlardan foydalanilgan. dastali idish hozirgi krujkaga o‘xshab ketadi. toshkent vohasidan V-VIII asrlarga doir dastali idishlar topilgan. ular bokalga o‘xshab devorlari tik, doirasimon shaklda ko‘tarilgan. idish tubi tekis, yoysimon ko‘rinishda bo‘lgan. shuningdek, jo‘mrakli idishlar yasalgan.
Farg‘ona vodiysidan topib o‘rganilgan arxeologik materiallar ushbu tarixiy-etnografik hududda antik davrdayoq sopol idishlar yasash, ularga o‘ziga xos ishlov berish shakllanganligini ko‘rsatadi[1].
Bu jarayon XIX – XX asr boshlarida ancha rivoj topgan. Kulolchilik nafaqat shahar muhitida, balki vodiyning bir qator yirik qishloqlarida ham taraqqiy etgan. Chunonchi, vodiyning Rishton, G‘urumsaroy, Sang, Asaka, Chust, Chodak kabi qishloqlarida sopol buyumlar tayyorlash, Gul, Oqyer qishloqlarida tandir yasash rivojlangan. Bu jihatni davr manbalarini ma'lumotlar ham tasdiqlaydi.
Kulolchilik hunarmandchiligi – Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy hunarturlaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, bu haqda arxeologik topilmalar ashyoviy dalil sifatida guvohlik beradi. Jumladan, Katta Farg‘ona kanalini qazish paytida miloddan avvalgi I-mingchi yillikka oid xumlarning qoldiqlari V–VI asrlarga oid Quva shahridan uzunligi 1 m. 20 sm., diametri 26 sm bo‘lgan quvurlar topilgan. Bu quvurlar 4 km. uzunlikda ko‘milgan va bundan suv o‘tkazilganligi aniqlangan[2]. XVIII–XIX asrlarda aholining katta qismi kulolchilik mahsulotlaridan keng foydalanganligi bu sohani yanada rivojlanishiga turtki bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysining yirik kulolchilik markazi bo‘lgan Rishton qishlog‘ida yasalgan yuqori sifatli buyumlar butun O‘rta Osiyoda mashhur bo‘lib ketgan edi. Jumladan, 1899-yilda Parijda ish boshlagan butunjahon ko‘rgazmasi uchun O‘rta Osiyodan Rishton buyumlarini tanlab olinishi bu fikrimizni tasdiqlaydi. Tadqiqotchi ye. Golovin bu yerda ustalarning ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash evaziga, buyumlarni hatto yevropa bozoriga ham chiqarish mumkinligini haqida yozgan edi[3].
Rishton kulollari avlodlarining boshlanishi XVI asrlarga borib taqaladi. Hunarmandlar Bahovuddin Naqshbandni o‘zlarining piri va hunarmandchilikni bu yerda boshlanishiga sababchi deb bilar edilar. Asrlar davomida Rishtonda hunarini rivojlanishi bu yerda birqancha mohir kulollarni yetishtirdi. Chunonchi, Rishton kulollaridan usta Abdullo, usta Bobo Niyozmatovlarning asarlari mashhur va yuqori baholangan. Usto Uzoqboy Shermatov, usto Muso Ismoilovlar tayyorlagan mahsulotlar esa o‘zining rangi, jozibadorligi, Chunonchi, 1897- yilda Qo‘qon uyezdida 109 ta, Namangan uyezdida 78 ta, Andijon uyezdida 55 ta jami viloyatda 259 ta kulolchilik do‘koni mavjud bo‘lgan[4]. Vodiydagi asosiy kulolchilik markazi Rishton bo‘lib, ye. M. Pesherevaning bergan ma'lumotiga ko‘ra, XIX asr oxirida Rishtonda 10 ta kulolchilik do‘koni bo‘lgan. Shuningdek, Maxallei dikchiyon va Maxallei kuloloni bolo mahallalarida ham birqancha kulolchilik oilalari istiqomat qilgan[5].
O‘rganilayotgan davrda Rishtonlik ustalardan O‘lmas Ortiboev, usta Abdulla, usta To‘xtayev, usta Xo‘jaboy Bog‘ayev, Boysalim Ko‘zagar, usta Matyoqub, Mulla G‘oziyev, usta Mirraimov, usta Hikmatullayevlar o‘z davrining mashhur ustalaridan edi.
Mazkur qishloqlarda kulolchilikni taraqqiy etishiga,ko‘p asrlik an'analar, a'lo darajadagi sifatli mahalliy xom-ashyo manbai va kulolchilik mahsulotlariga talabning kattaligi kabi omillar sabab bo‘lgan.
O‘rganilayotgan davrda vodiydagi kulolchilik rivojlangan Rishtonda kulollar do‘koni o‘z hovlilarida bo‘lib, buyumni yoki o‘zlari bozorda sotish uchun, yoki bozorda idish-tovoq sotuvchi “oyoqchi” va “ko‘zachi”larning buyurtmasiga muvofiq tayyorlar edilar. Lekin kulolchilik G‘urumsaroy, Chodak, Sang kabi qishloqlarda mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, asosan buyurtmaga mahsulot tayyorlanar edi. Kulollar qish paytida masalan, Sangda asosan to‘qimachilik bilan shug‘ullanganlar.
Farg‘ona vodiysida kulolchilik asosan o‘troq o‘zbek, tekislik tojiklari, tog‘li tojiklar xo‘jaligida ravnaq topgan. Kulolchilikda xom-ashyo manbai muhim o‘rin tutib, har bir kulolchilik markazi aynan anashunday tuproq manbai yaqinida yuzaga kelganligi ma'lum. Xususan, Rishtonliklar qishloqni o‘zidan, G‘urumsaroyda adirlarda seldan keyingi tuproq oqqan joylardan, Chodakda Xokdom nomli joydan, Sangda Sirdaryo bo‘yidagi Kulol mahalladan, Asakada Xonariqni bo‘yidan, Andijonda Tuproqxona nomli mahalladan olingan soz tuproq kulolchilik uchun yaroqli hisoblangan. Rishtonliklar idishga naqsh sir berishda foydalanadigan gilbo‘tani Isfaradan, oqtosh (kvars) va ishqorni qirg‘izlardan sotib olganlar. Qirg‘izlar tog‘da qirqbo‘g‘inni yoqib ishqor eritganlar. Mag‘l, Jo‘ja Isfara yaqinidagi Chorku qishlog‘idan kelgan. Mis o‘rnida Qo‘qonlik misgarlar chiqindilaridan foydalanganlar. G‘urumsaroyda oqtosh Chorkesardan, ishqor tog‘laridan olingan. Buning uchun G‘urumsaroylik ustalar tut daraxti novdalari ustiga qirqbo‘g‘inni qo‘yib yoqqanlar. Chunki bu ikki o‘simlik kuli bir-biriga qo‘shilmaydi. Ishqor olingach, u xumdonda oq tosh bilan eritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |