II. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar
18. Elektr energiyasi iste’molchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda
yashovchi iste’molchilar elektr qurilmalarining Yangi va qo‘shimcha quvvatlari-ni hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ishga tushirish vaqtida, elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.
Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarining elektr ta’minotini
loyihalashtirish, uskunalarni montaj qilish va ularni hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Ulanish uchun texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
19. Kuchlanishi 1000 Volt va undan Yuqori bo‘lgan transformatorlar yoki
dvigatellarning Yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini ulash, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoq transformatorlariga ulanadigan past kuchlanishli qurilmalarning Yangi quvvatini ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar iste’molchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olingandan sung bir oy muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, belgilangan tartibda beriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar
tadbirkorlik sub’ektlarining buyurtmalari bo‘yicha tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda beriladi.
Barcha iste’molchilar uchun texnik shartlar, shu jumladan qo‘shimcha shartlar to‘lov undirmasdan beriladi.
20. Texnik shartlarni olish bo‘yicha buyurtmanomada iste’molchi
loyihalashtirilayotgan ob’ektni tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlarni qisqacha shaklda ko‘rsatadi: yuklama miqdori, iste’molchining elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha toifasi, o‘rnashgan joyi (aholi punkti bilan bog‘liq kartografiya materiali), ob’ektni loyihalashtirish va qurish muddatlari, ob’ektga xizmat ko‘rsatuvchi elektr qurilmalarining balans bo‘yicha mansubliligi. Quvvati 10 kVt gacha bo‘lgan elektr qurilmalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun texnik shartlar olish yuzasidan buyurtmanomalar tegishli elektr ta’minoti korxonalariga, 10 kVt va undan Yuqori quvvatli bo‘lganda esa — hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuboriladi.
21. Elektr qurilmalarining, iste’mol qilinadigan quvvat oshirishiga sabab bo‘lmaydigan, elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha toifasi o‘zgargan yoki iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasi o‘zgargan taqdirda, iste’molchi buning uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan qo‘shimcha texnik shartlar olishga majburdir.
22. Elektr qurilmalari iste’molchilarning elektr tarmoqlaridan quvvat
oladigan subiste’molchilar texnik shartlarni, hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining ruxsati bilan, iste’molchilardan oladilar va loyiha hujjatlarini iste’molchi bilan kelishadilar.
Agar subiste’molchining yuklamasi ortishi sababli iste’molchining tashqi
elektr ta’minoti sxemasini o‘zgartirish yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan transformatorlar va Yuqori voltli dvigatellar quvvatini ko‘paytirish talab etilsa, iste’molchi yuklamani ko‘paytirishga texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan oladi.
23. Ob’ektni hududiy elektr tarmoqlariga ulashning texnik shartlarida
quyidagilar ko‘rsatiladi:
ulanish nuqtasi (podstansiya, elektr stansiyasi yoki elektr energiyasi uzatish liniyasi), ob’ektni ta’minlovchi havo va kabel liniyalari bajarilishi kerak bo‘lgan kuchlanish, alohida holatlarda tashqi elektr energiyasi ta’minoti sxemasi variantlarini ishlab chiqish zaruriyati ko‘rsatiladi;
Yangi iste’molchi ulanishi tufayli mavjud tarmoqni kuchaytirish bo‘yicha
asoslangan talablar (simlar kesimlarini oshirish, transformatorlar quvvatini almashtirish yoki ko‘paytirish, zaxira yacheykalari barpo etish va shu kabilar);
qisqa tutashish toklarining hisoblangan miqdori, releli himoya, avtomatika, aloqa, izolyatsiya va o‘ta kuchlanishdan himoyaga qo‘yiladigan talablar;
reaktiv quvvat o‘rnini to‘ldirishga qo‘yiladigan talablar;
elektr energiyasini hisobga olishga qo‘yiladigan talablar;
davlat standartlariga muvofiq tok qabul qilgichlar yonida barqarorlashti-ruvchi qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qiluvchi priborlarning o‘rnatilishiga qo‘yiladigan talablar;
iste’molchi yuklamasining sutkalik jadvalini tartibga solish bo‘yicha talablar;
elektr qurilmalarining namunaviy loyihalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar;
hududiy elektr tarmoqlarining ta’minlovchi liniyalariga ulanadigan
iste’molchilar elektr qurilmalariga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar (zaxira energiya manbaining, kuchlanish beriladigan joylarni avtomatik himoya qilishning zarurligi,
ta’minlovchi liniyalarning parallel ishlashiga yo‘l qo‘yilishi, yagona elektr energetika tizimida quvvat tanqisligi paydo bo‘lganda bunday tok qabul qilgichlarning elektr ta’minotini saqlash maqsadida ayrim zaxiralanuvchi ta’minlovchi liniyalarga mas’ul yuklamalarni ajratish va shu kabilar);
korxona, bino, inshootlar loyihasida (ishchi loyihasida) elektr qurilmalari-ni ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha loyiha echimlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi talablar;
iste’molchi tarmog‘iga ulanadigan subiste’molchilar ro‘yxati (ularning
yuklamalari va elektr energiyasi iste’moli to‘g‘risidagi asosiy istiqbol
ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda);
texnik shartlarning, ishlarni loyihalash va bajarishning amaldagi me’yorlarini hisobga olgan holda belgilangan amal qilish muddati.
24. Korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab
chiqarishlarning texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan elektr ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalari) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va «O‘zdavenergonazorat» DI bilan kelishilishi kerak, iste’molchilarni 10 kVt gacha quvvatli elektr ta’minoti loyihalari bundan mustasno.
25. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog‘liq Yangi elektr
qurilmalarini va elektr tarmog‘i xo‘jaligining ob’ektlarini loyihalash va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruktsiya qilish iste’molchilarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
26. Iste’molchi, unda texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabi bo‘yicha o‘z elektr tarmoqlariga boshqa elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarini ulashi shart.
III. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ijozat olish va kuchlanishni iste’molchilarga uzatish tartibi
27. Iste’molchilarning (oldindan foydalanilayotgan uy-joylarda
ulanayotganlaridan tashqari) barcha Yangidan ulanayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan elektr qurilmalarining Elektr qurilmalarini tuzilishi qoidalariga, shahar qurilishi me’yorlari va qoidalariga, berilgan texnik shartlarga muvofiq bajarilishi va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari hamda texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
28. «O‘zdavenergonazorat» DI o‘z nazoratidagi ob’ektlarda ishlab chiqarish
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xorijiy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyati to‘g‘risida belgilangan tartibda ekspert xulosasi beradi.
29. Yangidan montaj va rekonstruktsiya qilingan elektr qurilmalarini mazkur
Qoidalarga muvofiq, ularni montaj qilish tugatilishi, ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilishidan sung, iste’molchida elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs va tegishli elektrotexnik xodimlar mavjud bo‘lganda, elektr qurilmalari Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish Qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi Qoidalariga muvofiq xavf-sizlik texnikasi va yong‘in o‘chirish bo‘yicha himoya vositalari bilan
butlanganda hamda belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilgan hisobga olish priborlari o‘rnatilganda, shuningdek elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganda ekspluatatsiya qilishga topshirish mumkin bo‘ladi.
30. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin iste’molchi
montaj tashkilotidan ularni dalolatnoma bo‘yicha qabul qilishi va ularning majburiy sertifikatlari mavjud bo‘lganda «O‘zdavenergonazorat» DIga loyiha, ekspluatatsiya, texnik qabul qilish-topshirish hujjatlarini, hamda ishga tushirish mumkinligini aniqlash uchun elektr qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishga taqdim etishi kerak.
Iste’molchilarning rekonstruktsiya qilinayotgan elektr qurilmalari ham
ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin, ko‘rikdan o‘tkazish uchun «O‘zdavenergonazorat» DI inspektoriga ko‘rsatilishi kerak.
Elektr qurilmalari ekspluatatsiyasiga ijozat berish tartibi
subiste’molchilarning Yangidan montaj va rekonstruktsiya qilingan elektr qurilmalariga tatbiq etiladi.
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini montaj qilishda kamchiliklar, ulash uchun berilgan texnik shartlardan chekinishlar aniqlanganda, shuningdek texnik hujjatlar va elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘rgan xodimlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularga ijozat berish taqiqlanadi.
31. Yangi yoki rekonstruktsiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish,
hisobga olish priborlari qiyoslashdan o‘tkazilishi va o‘rnatilishidan keyin ularni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish to‘g‘risida «O‘zdavenergonazorat» DIning dalolatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganidan keyin amalga oshiriladi.
Bunda, iste’molchilarning quvvati 10 kVt gacha bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyati
sub’ektlari, shu jumladan kichik biznes sub’ektlari uchun esa quvvati 50 kVt va undan past bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash qonun hujjatlariga muvofiq soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 apreldagi 103-sonli qaroritahririda — O‘R QHT, 2011 y., 14-son, 139-modda).
32. «O‘zdavenergonazorat» DI elektr qurilmani texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ekspluatatsiya qilishga ijozat berish yuzasidan javob beradi.
Iste’molchining ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmalarini texnik
ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi o‘rnatilgan tartibda «O‘zdavenergonazorat» DI tomonidan belgilanadi.
33. Ishlari mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan iste’molchilar har yili, elektr
qurilmalarini ishga tushirishdan oldin ularning ko‘rikdan o‘tkazilishi va ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi uchun «O‘zdavenergonazorat» DI yoki uning hududiy bo‘limiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |